Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash

Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash

Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash

Mundarija скрыть
Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash
DO`STLARGA ULASHING:
Qon guruhi haqidagi ta’limot XIX asr oxirida yuzaga kelgan. U umumiy immunologiyaning muhim qismidir. Qon guruhi haqidagi ilmlar tibbiyotning deyarli hamma sohalarida keng miqyosda amaliy qo‘llaniladi. Qon guruhini o‘rganish izoantigen A ning bir xil belgiga ega emasligini ko‘rsatdi. Izoantigen B izoantigen A ga nisbatan ko‘proq bir xil belgiga egaligi bilan farq qiladi. Undan tashqari, ba’zi odamlar eritrotsitida H va 0 kabi spetsifik antigenlar topildi. AVO sistemasida o‘z mohiyatiga ko‘ra izoantigenlardan so‘ng tibbiyot amaliyotida qon guruhining Rh sistemasi (Rhezus— rezus) rezus-faktor ikkinchi o‘rinda turadi, u qon guruhining eng murakkab sistemalaridan bo‘lib, 20 dan ortiq izoantigendan tashkil topgan, 25 % odamlar eritrotsitlarida Rh sistema antigeni Rh — faktor mavjudligi, 15 % odamlarda uning bo‘lmasligi aniqlangan. Ana shu faktorning bor yo yo‘qligiga qarab odamlar shartli ravishda ikki guruhga — rezus-musbat va rezus-manfiy guruhga bo‘linadi. Qonida Rh-faktori bo‘lmagan ona organizmida rivojlanayotgan homila rezus-faktori musbat otadan o‘tgan antigen ta’sirida unga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi, bu antitelolar, o‘z navbatida, homila eritrotsitlariga ta’sir etib, ularning gemolizi (erishi)ga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, gemolitik anemiya ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ba’zan o‘limga olib keladigan rezus-konfikt (ziddiyat) kelib chiqadi. Qonni rezus-manfiy odamlarga rezus-musbat qon qayta quyilganda ham rezus-konflikt kelib chiqishi mumkin.

DO`STLARGA ULASHING:

Qon guruhlari — bu qonning nasldan naslga o‘tadigan belgilari. Ana shu belgilar asosida barcha odamlar qoni (irqi, yoshi va jinsidan qat’i nazar) guruhlarga bo‘linadi. Odamning u yoki bu qon guruhiga mansubligi uning individual biologik xususiyati bo‘lib (ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi, keyingi butun hayoti davomida o‘zgarmaydi).
maxresdefault 3
Eritrotsitlar (qizil qon hujayralari) tarkibidagi izoantigenlar — izoantigen A va izoantigen B, shuningdek, me’yorda ba’zi odam- larning qon zardobida bo‘ladigan izoantitelolar—izoantitelo a va izoantitelo в ko‘p amaliy ahamiyatga ega omillar hisoblanadi. Odam qonida faqat turli xil izoantigenlar va izoantitelolar (masalan, А+в va B+a) bo‘ladi, chunki bir xil belgidagi izoantigenlar va izoantitelolar uchrashsa (masalan, A va a) eritrotsitlar bir-biriga yopishib, odam o‘lib qoladi.
Odamlar qonida A va B izoantigenlar, shuningdek, a va в izoantitelolar bo‘lishiga qarab, ularni shartli ravishda harflar hamda raqamlar bilan ifodalab, to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
  • 0 a в (I) — faqat, a, в izoantitelolari bor qon guruhi;
  • А в (II)—tarkibida A izoantigeni va в izoantitelosi bor qon guruhi;
  • B a (III) — tarkibida B izoantigeni va a izoantitelolari bor qon guruhi.
  • AB0 (IV) — tarkibida faqat A va B izoantigenlar bor qon guruhi.
Qon guruhi haqidagi ta’limot XIX asr oxirida yuzaga kelgan. U umumiy immunologiyaning muhim qismidir. Qon guruhi haqidagi ilmlar tibbiyotning deyarli hamma sohalarida keng miqyosda amaliy qo‘llaniladi. Qon guruhini o‘rganish izoantigen A ning bir xil belgiga ega emasligini ko‘rsatdi. Izoantigen B izoantigen A ga nisbatan ko‘proq bir xil belgiga egaligi bilan farq qiladi. Undan tashqari, ba’zi odamlar eritrotsitida H va 0 kabi spetsifik antigenlar topildi. AVO sistemasida o‘z mohiyatiga ko‘ra izoantigenlardan so‘ng tibbiyot amaliyotida qon guruhining Rh sistemasi (Rhezus— rezus) rezus-faktor ikkinchi o‘rinda turadi, u qon guruhining eng murakkab sistemalaridan bo‘lib, 20 dan ortiq izoantigendan tashkil topgan, 25 % odamlar eritrotsitlarida Rh sistema antigeni Rh — faktor mavjudligi, 15 % odamlarda uning bo‘lmasligi aniqlangan. Ana shu faktorning bor yo yo‘qligiga qarab odamlar shartli ravishda ikki guruhga — rezus-musbat va rezus-manfiy guruhga bo‘linadi. Qonida Rh-faktori bo‘lmagan ona organizmida rivojlanayotgan homila rezus-faktori musbat otadan o‘tgan antigen ta’sirida unga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi, bu antitelolar, o‘z navbatida, homila eritrotsitlariga ta’sir etib, ularning gemolizi (erishi)ga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, gemolitik anemiya ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ba’zan o‘limga olib keladigan rezus-konfikt (ziddiyat) kelib chiqadi. Qonni rezus-manfiy odamlarga rezus-musbat qon qayta quyilganda ham rezus-konflikt kelib chiqishi mumkin.
Eritrotsitlardagi izoantigenlardan tashqari, qonning boshqa tarkibiy elementlarida ham faqat ularga xos izoantigenlar borligi aniqlanadi. Shu tariqa leykotsitlarning 40 dan ortiq antigenlarini birlashtiruvchi leykotsitar guruhlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Odam qonining boshqa sistemalariga oid izoantigenlar AB0 va Rh sistemalariga qaraganda kamroq amaliy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, sud tibbiyoti, genetika, antropologiya sohalari uchun ahamiyati katta.
Qon guruhiga xos belgilar irsiy faktorlar bilan belgilanadi, ya’ni bolalar qonining antigen xususiyatlari ota-onaning qon guruhiga bog‘liq. Bu sud tibbiyotida bolaning ota-onasini aniqlab berishdek murakkab masalalarni hal qilishga imkon beradi.
Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari xona harorati 15—20°C da aniqlanadi. Qon guruhini aniqlash uchun uch guruhning tekshirilgan har qaysi guruhdan ikkitadan har xil seriya qilib olingan yangi qon zardobi kerak. Toza oq chinni likopcha olinib, uning chetlariga uch dastlabki guruh belgilari 0(I), A(II), B(III) deb maxsus qalam bilan yozib qo‘yiladi. Ikkita har xil turkumdagi tegishli guruh zardoblari shu belgilarga yonma-yon qilib, likopchaga ikki tomchidan tushiriladi. Tomchilar tushirilganidan keyin har bir tomizg‘ich zardobli flakonning qaysisidan olingan bo‘lsa, yana o‘shanisiga solib qo‘yiladi. Guruhi aniqlanishi kerak bo‘lgan qonning uchta kichik tomchisi alohida shisha tayoqchalar bilan zardobga tushiriladi (zardob bilan qon nisbati 10:1 yoki 15:1 bo‘ladi).
Likopchani tinmay tebratib turib, yaxshilab aralashtiriladi va 4 minut davomida kuzatib boriladi. So‘ngra agglutinatsiya ro‘y bergan aralashma tomchilariga 1 tomchidan fiziologik eritma tomiziladi (soxta agglutinatsiyani bartaraf etish uchun), uni aralashtiriladi- da, qaraladi: tekshirilayotgan qon 0(I) guruh bo‘lsa, bironta tomchida ham agglutinatsiya bo‘lmaydi; qon A(II) guruhga mansub bo‘lsa, bir nomli guruh zardoblari bilan agglutinatsiya bo‘lmay, 0(I) va B(III) guruh zardoblari bilan agglutinatsiya ro‘y beradi. B(III) guruh qoni bir nomli guruh bilan agglutinatsiya bermasdan, balki 0(I) va A(II) guruh zardoblari bilan agglutinatsiya beradi.
Bordi-yu tekshirilayotgan qon AB(IV) guruhga mansub bo‘lsa, qon guruhini aniqlash uchun olingan hamma zardoblar bilan agglutinatsiya ro‘y beradi. Bu AB(IV) guruhga mansub standart zardob bilan qo‘shimcha nazorat tekshirish zarur bo‘ladi. Mana shu zardob bilan agglutinatsiya ro‘y bermasligi tekshirilayotgan qonning AB(IV) guruhga mansub deb hisoblashga imkon beradi.

Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash