Qon guruhiga qarab insonlar tavsifi

Qon guruhiga qarab insonlar tavsifi

Ovulyatsiya kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar tuxum hujayrani kutib turadi;

Qon guruhiga qarab harakteringizni bilib oling

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson xohish-istagiga bog’liq ham emas. Shuning uchun bolaning dunyoga kelishi mo’jizadir.

Shunday bo’lsa ham tug’ilajak farzandning o’g’il jinsida bo’lish ehtimolini oshiruvchi bir qator usullar bor, ular xalq tabobatida ham zamonaviy tibbiyotda ham o’z aksini topgan. Tug’ilajak farzand jinsi bir necha omillarga bog’​liq:

Yuqorida sanab o’tilgan omillarning birinchi 4 tasi haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz. EKO usuli esa farzand jinsini belgilashning eng ishonarli usuli hisoblansada, bir qator kamchiliklari bor, masalan:

Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish uchun kuchli istak va psixologik kayfiyat ham katta ahamiyatga ega. Inson farzand ko’rishni rejalashtirishdan oldin ko’proq o’g’​il bolalar rasmini ko’rishi, hayolida o’g’il farzandli bo’lganini tasavvur etishi, ichida niyat qilishi tug’ilajak farzand o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlashi mumkin.

Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli

Bu usul bilan tug’ilajak farzandning o’g’il bola bo’lishida, maktab darsliklarida o’qigan biologiyani eslaymiz, yaʼni ayol genotipi XX xromosomalardan, erkak genotipi esa XY xromosomalar bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda o’g’il bola bo’lishi uchun erkaklik xromosomasi, yaʼni Y xromosoma kerak bo’ladi.

Ayol kishi faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.

Farzand o’g’il bo’lishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirishi kerak. Bunga erishish uchun quyidagi holatlarni eʼtiborga olish lozim:

Tuxum hujayra urug’lanishga har oyda bir marta tayyor bo’ladi. Bu esa hayz siklining ovulyatsiya davriga to’g’ri kelib, 16-48 soat davom etadi (baʼzi hollarda bir oyda ikki marta ham ovulyatsiya kuzatilishi mumkin).

Foto: Depositphotos.com

Yuqoridagi faktlarni inobatga olib, o’g’il farzand ko’rish uchun quyidagi chora tadbirlarni o’tkazish kerak:

Ovulyatsiya kunini maksimal darajada aniqlab, shu kunda qo’shilish kerak. Buning uchun maxsus test ham bor, masalan bazal haroratni o’lchash yoki UTT (UZI) tekshiruvi orqali ovulyatsiya kunini aniqlash. Sizdan talab qilinadigan narsa hayz siklining davrlarini aniqlashtirib olishdir;

Jinsiy aloqa ovulyatsiya kunida bo’lishi kerak. Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlar yashovchalik qobiliyati past bo’lgani uchun tuxum hujayra urug’lanishga tayyor bo’lishi kerak. Bunda Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlarning harakatlanish tezligi yuqori bo’lganligi sababli tuxum hujayrani urug’lantirish ehtimoli yuqori bo’ladi;

Ovulyatsiya kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar tuxum hujayrani kutib turadi;

Jinsiy aloqa vaqtida holatni ham inobatga olish lozim. Bunda holat “chuqur kirib borish” pozasida bo’lishi (erkak kishining orqa tarafdaligi) spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirib borishini osonlashtiradi;

Ovulyatsiya vaqtigacha uzoq muddat jinsiy aloqadan saqlanmang. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli Y xromosomalar miqdori kamaygan bo’ladi;

Kislota-ishqoriy muhit balansini saqlang. Kislotali muhit kuchayib ketgan sohadan faqatgina yashovchan spermatozoidlar o’ta oladi, bu X xromosomalarning tuxum hujayraga yetib borish darajasi yuqori deganidir. Qinning pH muhitini aniqlashda ginekologlar yordam bera oladi va muhitda kislotalilik darajasi oshgan bo’lsa davo muolajalari o’tkazishi ham mumkin;

Shuni ham inobatga olish kerak, ovulyatsiya vaqtida pH ko’rsatkich spermatozoidlar uchun qulay sharoitda yaʼni ishqoriy muhitda bo’ladi.

O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar

O’g’il ko’rish uchun parhez

Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganlar ovqatlanish ratsionini ham o’zgartirishlari zarur. Bunda ishqoriy muhitni oshiruvchi mahsulotlar isteʼmolini ko’paytirish kerak, masalan:

Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash

Albatta, barcha insonlar aniq bir kunda o’g’il farzand yoki qiz farzand ko’rish imkoni bo’lishini istagan bo’lar edilar. Ammo, bu obyektiv sabablarga ko’ra mavjud bo’la olmaydi: chunki ovulyatsiya muddatining o’zgarib turishi, qindagi pH muhit o’zgaruvchanligi, spermatozoidlarning yashovchanligi va harakatlanish tezligi farqlanishi kabi omillar mavjud. Shunday bo’lsa ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimoli quyidagi hollarda oshishi mumkin:

Hayz siklining ovulyatsiya davri, siklning 14 kuniga to’g’ri kelishini inobatga olib, juftingiz bilan qo’shilish va tug’iladigan farzandning o’g’il jinsida bo’lishi ehtimolini oshiruvchi kunlar 14, 13, 12 yoki 11 kunlardir.

28 kun davom etadigan hayz sikliga ega ayollar uchun, tug’iladigan farzand jinsini ehtimoliy aniqlash maqsadida Budyanskiy usuli bor. Bu usulning mexanizmi: ayolning o’zi tug’ilishi uchun, uning ota onalari qaysi kunda qo’shilishgan, shuni bilib olib o’zingizda qo’shilish kuningizni belgilasangiz ham bo’ladi. Yaʼni hayz siklining ikki turi bor: toq va juft. Bo’​lajak ona farzandining jinsi anyan hayz siklining juft yoki toqligiga bog’liq.

Bunday usulni qo’llash uchun quyidagilarni bilib olishingiz kerak:

Toq yil Hayz oylari Juft yil
Tip Tip
Toq 1 yanvar – 28 yanvar Juft
Juft 29 yanvar – 25 fevral Toq
Toq 26 fevral – 25 mart Juft
Juft 26 mart – 22 aprel Toq
Toq 23 aprel – 20 may Juft
Juft 21 may – 17 iyun Toq
Toq 18 iyun – 15 iyul Juft
Juft 16 iyul – 12 avgust Toq
Toq 13 avgust – 9 sentyabr Juft
Juft 10 sentyabr – 7 oktyabr Toq
Toq 8 oktyabr – 4 noyabr Juft
Juft 5 noyabr – 2 dekabr Toq
Toq 3 dekabr – 31 dekabr Juft

Masalan, ayol kishining tug’ilgan sanasi 10-avgust 1987-yilda bo’lsa, uning o’zi dunyoga kelishi uchun qo’shilishgan vaqt 15.11.1986-yilga to’g’ri keladi (bu esa juft yil). Endi pastdagi jadvalga qaraymiz va bunda ayol juft yil ustuni ostidan 15-noyabrga to’g’ri keladigan siklni topamiz, demak ushbu ayol – “toq” tipiga kiradi.

O’g’​il farzandni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, agar o’zingiz “toq” tipiga mansub bo’lsangiz – juft siklni toping, agar siz “juft” tipdagi ayol bo’lsangiz, unda “toq” siklni toping.

Bu usul ayolning o’zining tug’ilgan muddati o’ziga xos bo’lsa – muddatidan avval yoki kech tug’ilganda, hayz siklining cho’zilishi yoki kamayishida samarasiz bo’ladi.

O’g’il farzand ko’rish kalendari

Qadimgi Xitoy va Yapon xalqining farzand dunyoga kelishida, oyning kirishi va chiqishiga asoslanib, farzand jinsini belgilash uchun maʼlum bir kunlarni hisoblab chiqishgan. Albatta bularning barchasi ehtimoliy nazariyalardir.

Xitoy kalendari

Xitoyda tuzilgan taqvim bo’yicha nafaqat farzand jinsi, balki uning sog’lomlik darajasi ham belgilangan. Ular qayd etishicha farzand jinsi oy kuni va ayolning yoshiga bog’liq bo’lar ekan. Aynan shu kunlarda, erkaklarning X va Y xromosomalaridan birini tuxum hujayra “tanlash” imkoniyati yuqori bo’lar ekan.

O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar

O’g’il farzand ko’rish uchun avvalambor ayol kishi, o’zining oy yoshini aniqlab olishi kerak. Bu esa oddiy sanalardan farq qiladi.

Sharq mamlakatlarida endigina dunyoga kelgan farzand bir yoshga kirgan hisoblanadi, chunki ona qornida ham bolaning o’sishi va rivojlanishi kechgan bo’ladi.

Usulning mexanizmi:

Masalan, 1987-yil avgust oyida tug’ilgan ayolning “oy yoshi”ni aniqlash:

Shunday qilib ayolning 2016-yildagi passport bo’yicha yoshi 28 da, uning oy yoshi esa 31 da.

Ona
yoshi
Homiladorlik boshlangan oy
Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek
18 Q Q
19 Q Q Q Q Q Q
20 Q Q Q
21 Q Q Q Q Q Q Q Q Q Q Q
22 Q Q Q Q Q Q Q Q
23 Q Q Q Q
24 Q Q Q Q Q Q Q
25 Q Q Q Q
26 Q Q Q Q Q Q Q Q
27 Q Q Q Q Q
28 Q Q Q Q Q Q
29 Q Q Q Q Q Q
30 Q Q Q Q Q Q Q Q Q
31 Q Q Q Q Q Q Q Q Q
32 Q Q Q Q Q Q Q Q Q
33 Q Q Q Q Q Q Q Q
34 Q Q Q Q Q Q Q Q Q
35 Q Q Q Q Q Q Q
36 Q Q Q Q Q Q
37 Q Q Q Q Q Q Q
38 Q Q Q Q Q Q Q
39 Q Q Q Q Q Q Q
40 Q Q Q Q Q
41 Q Q Q Q Q Q
42 Q Q Q Q
43 Q Q Q Q Q Q
44 Q Q Q Q Q Q
45 Q Q Q Q Q Q

— oʻgʻil
Q — qiz

Yuqoridagi jadaval asosida siz uchun, o’g’il farzand ehtimoli yuqori bo’lgan “oy kunlari” 1, 3 va 12 oylardir. Bu yanvar (1), mart (3) va dekabr (12) oyalari degani emas, oy kalendari bo’yicha hisoblanganda 1, 3 va 12-oylar maʼnosida. Masalan, 2016-yilda Xitoy yangi yili 8-fevralda boshlangan bo’lsa, 1-oy fevral, 3-oy esa aprelga to’gri keladi, 12- oy esa yanvarga to’g’ri keladi.

Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?

Qadimgi Xitoy tabobatida tug’ilajak farzandning jinsini o’g’il yoki qiz ekanligini belgilashning ehtimoliy yana bir usuli bor. Bunda ayol kishining yoshi – juft yoki toqligi inobatga olinadi.

Masalan:

Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali

Yana bir qadim sharqiy mamlakat Yaponiya ham o’zining farzand ko’rish kalendari bilan mashxur. Yaponlarning boshqa mamlakatlardan farqi, ular tug’ilajak farzandning qanday jinsda bo’lishida otaning ham o’rnini muhim hisoblashadi. Bunda ota-onaning tug’ilgan sanasiga asoslanib, o’g’il yoki qiz farzand ko’rish uchun eng qulay bo’lgan vaqt belgilanadi, yaʼni X va Y xromosomaning eng aktiv davrlarini hisobga olib.

O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar

O’g’il farzand ko’rish uchun:

I.

Onaning tugʻilgan oyi Otaning tugʻilgan oyi
yan fev mar apr may iyun iyul avg sen okt noy dek
yan 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
fev 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
mar 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
apr 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
may 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
iyun 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
iyul 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
avg 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
sen 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
okt 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
noy 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
dek 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12

II.

Endi ikkinchi jadvalga o’tamiz:

Qon yangilanishi bo’yicha o’g’​il farzand ko’rishni aniqlash

Farzand jinsini ehtimoliy belgilashning yana bir usuli, organizmda qonning butunlay yangilanish muddatidan kelib chiqib, qo’shilishdir. Inson organizmida qon: erkaklarda – har 4 yilda, ayollarda – har 3 yilda butunlay yangilanib turadi.

O’g’il farzand ko’rish uchun ota qoni, ona qonidan kechroq yangilangan bo’lishi kerak. Quyidagi jadvalda inson balog’at yoshidan boshlab yangi qon qachon hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Jadval yordamida sizda va juftingizda oxirgi marta qachon qon yangilanganligini bilib olishingiz mumkin.

Misol uchun, ushbu holatda ayol kishi 26 yoshga kirgan, erkak kishi esa 30 yoshda.

Jadvaldan yoshga yaqin bo’lgan sonni topamiz. Bunda ayol uchun 24, erkak uchun esa 28 yosh to’g’ri keladi.

Hozirgi yosh va qon yangilangan yosh farqini topamiz. Misol uchun, 26-24=2 ayol kishi uchun, 30-28=2 erkak kishi uchun, demak har ikki jins vakillarida ham qoni 2 yil oldin yangilangan.

Qaysi jins vakillarida farq kam bo’lsa, tug’ilajak farzand jinsi ham shunday bo’lish ehtimoli bor. Agar yuqoridagi holat kabi farqlar teng bo’lib qolsa, unda aniq oylar ham rol o’ynaydi.

Misol uchun, ayol kishi hozir 26 yosh va 3 oy, erkak kishi esa 30 yosh va 11 oy. Ko’rinib turibdiki ayol kishining qoni kechroq yangilangan (2 yil 3 oy oldin), erkak kishi qoni esa ertaroq (2 yil 11 oy). Demak farzand jinsi – qiz bo’lish ehtimoli yuqoriroq.

Quyida qon yangilanishi bo’yicha farzand jinsini aniqlashni osonlashtirish uchun soddalashtirilgan holatda jadval taqdim etamiz.

Agar o’g’il ko’rish istagida bo’lsangiz, yuqoridagi kabi sizning qoningiz yangi bo’lsa, eringizning keyingi qon yangilanish siklini kuting.

Misol uchun: yuqoridagi holatda o’g’il farzand ko’rish imkoniyatini oshirish uchun, 2 yil kutish kerak bo’ladi. Bunda erkak kishi 32 ga kiradi va qoni yangilanadi.

Bu usuldan foydalanayotganda bir qator holatlarga eʼtibor qaratish zarur:

Bu usulning hech qanday ilmiy jihatdan isbotlangan holatlari yo’q, lekin usuldan foydalangan ayrim juftliklar uning samarasi haqida ijobiy fikr bildirishgan.

Qon guruhi va rezus-omil

Quyidagi usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Bunda jadvalning kesishmasida olingan natija juftliklarda qay bir jinsdagi farzand dunyoga kelishi ehtimoli ko’proq bo’lishini aks ettiradi.

Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi.

Qon guruhi Otaning
Onaning I II III IV
I Qiz Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil
II Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil Qiz
III Qiz Oʻgʻil Oʻgʻil Oʻgʻil
IV Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil Oʻgʻil
Rezus-omil Otaning
Onaning +
Qiz Oʻgʻil
+ Oʻgʻil Qiz

O’g’il ko’rish kalkulyatori

Internet olamidan bir necha onlayn kalkulyatorlar topsa bo’ladi, ularga tug’ilgan kuningiz, qon guruhingiz, hayz siklining muddati va shunga o’xshash maʼlumotlar kiritsangiz, ular sizga o’g’il farzand ko’rish imkoniyati qachon yuqori bo’lishini taxmin qilib berishadi.

Shunday bo’lsa ham bu kalkulyatorlarda hech qanday yangi mexanizm yo’q, ularning barchasi yuqorida sanab o’tilgan usullarning algoritmi xolos.

Yuqorida sanab o’tilgan usullardan tashqari, xalq tomonidan o’ylab topilgan ayrim maʼlumotlar ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimolini oshirishi mumkin:

Qon guruhiga qarab insonlar tavsifi

1 – QON guruhi. Olov unsuri hisoblanadi. Bu unsur vakillari qaynoq qon bo’lib, jahllari tez va jizzaki bo’lishadi. Lekin shu bilan bir qatorda ular mehribon va dilkash inson qiyofasida ham paydo bo’ladilar. Bu unsur vakillarini hayotni ushlab turishadi desa ham bo’ladi, chunki ularning qiziquvchanliklari va intiluvchanliklari tufayli yangi-yangi g’oyalar yaraladi. O’zlarining qadrini bilishadi o’zgalarga doim ko’makdosh bo’lishadi. Lekin doim nimadandir norozi bo’lib qoniqmay yurishadi. Ularga asosan odam ko’p joylar yoqadi, masalan bozorda sayr qilib yurishni yoqtirishadi. Ular biror bir yomon xabardan keyin o’zlariga kelishlari qiyin. Ularni asosan xotiralar qiynaydi…www.gor.uz

2 – QON guruhi. Havo unsur vakillari bo’lib, ular asosan og’ir bosiq, odamlardan yiroqda, yolg’izlikni ma’qul ko’rishadi. Ular yonib seva olishadi, oqibatli bo’lishadi, shu bilan birga osongina tashlab ketishlari ham mumkun. Ular qobil farzand yo ota-ona bo’la olishadi. Odamlar etiborida bo’lishni unchalik xush ko’rishmaydi. Ularga asosan tabiat qo’yni va mo’tadil ob-havo yoqadi. Hamma unga suyanadi, maslahat so’raydi, lekin u kamdan kam holdagin birovga tayanadi. Pand yeyishdan qo’rqadi. Ma’sulyatdan cho’chiydi. Lekin o’z ishini ustasi bo’ladi. Hayot sinovlaridan u anchagacha azob chekadi. Lekin dardini hech kim bilan bo’lishmaydi. U har qanday oilaning faxri bo’la oladi.www.gor.uz

3- QON guruh.Suv unsuri vakillari. Ularning yonida inson haqiqiy oromni xis qiladi. U hech narsani o’ziga yaqin olmaydi. Gap-so’zlarga hamisha ham e’tibor bermaydi,uni salbiy xislati bu boshqa jins vakillari bilan tez kelishib keta olishi. Lekin bu bilan uni yengiltak deb bo’lmaydi. U har qanday odamni alday oladi. Lekin hech qachon yomon maqsada yolg’on gapirmaydi. Ular uyquchi bo’lishadi. Asosan gumanitar fanlarni a’lo darajada o’zlashtira olishadi. Ular sevib sevilib yashashadi. Asosan quvnoq bo’lishadi, lekin shu bilan birga tezda yig’lab yuborishlari ham mumkun.www.gor.uz

4- QON guruh vakillari tuproq unsuri bo’lib, ular har qaysi unsur vakillaridan farqli o’laroq yovvoyiroq yoki juda quvnoq bo’lishadi. Unsur vakillari sharoitga moslashuvchan bo’lishadi. Har qanday vaziyatdan chiqa olishadi. Uncha buncha narsa ularni bezovta qila olmaydi. Ular bir vaqtning o’zida ham ishlab, ham dangasalik qila oladi. Asosan aqlli va serharakat bo’lishadi, ularni sevish qiyin. Chunki ular bilan har xil vaziyatga tushib qolish mumkun. Lekin ular sevishsa afsona haqiqatga aylana oladi. Mo’jizaga ishonishadi va xayolparast bo’lishadi.www.gor.uz

Saidaxmat Sobirjonovich tayorladi

O`G`IL KO`RIShNI ISTAYSIZMI? MAXSUS PARHEZ BILAN TANIShING!

O`g`il va qiz farzand ko`rish uchun nima qilish kerakligi ko`pchilik juftliklarni qiziqtiradi. Bu savolga aniq bir javob bo`lmasa-da, taxmin va ehtimollarga tayanib joriy qilingan bir qanchausullar mavjud. Masalan, xitoycha va yaponcha taqvim, rezus omil va qon guruhiga qarab hisoblash jadvali, ovulyasiya kuni bo`yicha homilador bo`lish kabilar.

Buni qarangki, tarixda, ya`ni 1935 yildan e`tiboran, olimlarni ayol tanovvul qiladigan taomlarning bo`lajak homilaga ta`siri masalasi qiziqtirgan ekan. Bu izlanishlar uzoq davom etgani rost. Zero, qariyb bir asrlik tajribalardan so`ng Fransiyaning San-Jak universiteti qoshidagi Akusherlik va ginekologiya klinikasi ayollar uchun maxsus parhezni e`lon qildi. Mazkur parhez tajribasida ishtirok etib, unga to`liq rioya qilgan ayollarning 75 foizi o`zi istagan natijaga erishgan.

O`g`illi bo`lishni istaganlar uchun parhez

Tavsiya etiladi:

Tavsiya etilmaydi:

Qizli bo`lishni orzu qilayotganlar uchun parhez

Tavsiya etiladi:

Tavsiya etilmaydi:

Parhezga asoslanib, farzand ko`rishni istayotgan ayollarni ogohlantirmoqchimiz. Bu parhezni homiladorlik yuz berguniga qadar, ya`ni taxminan 4-2 oy avvaldan boshlash lozim. Homiladorlikda esa parhezni to`xtatish talab qilinadi. Axir, ilk oylardayoq bolaning tanasi, asab tizimi, ichki a`zolari shakllana boshlaydi. Bu davrda onaning sifatli va tartibli ovqatlanishi homila to`g`ri rivojlanishiga zamin yaratadi.

Egizaklar uchun

Egizak farzandlarni dunyoga keltirishni istaganlar uchun, afsuski, parhez mavjud emas. Shu bois birdaniga ikki farzandli bo`lishni orzu qilishdan avval eringizning avlodida egizaklar bor yoki yo`qligi haqida bilib oling. Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, egizaklarpaydo bo`lishiga javob beradigan gen Y xromosoma bilan bog`langan bo`lib, bu xromosoma faqatgina erkaklarda bo`ladi. Agar sizning (ya`ni ayolning) egizak qarindoshlaringiz bo`lsa, imkoniyatlar juda kam foizni tashkil qiladi.

Dilnoza tayyorladi.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Qiziqarli malumotlar
Qon guruhiga qarab insonlar tavsifi