QON BOSIMINING OSHISHI HAQIDA BATAFSIL haqida to’liq ma’lumot oling
QON BOSIMINING OSHISHI HAQIDA BATAFSIL
Arterial_qon_bosimining oshishi 👇
qon tomirlarda gidrostatik bosim ortishi, xarakteriga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Normal qon bosim 100/60 dan 140/90 gacha bo’ladi.
#SABABLARI👇
1.Nasliy moyillik
2.Qon tomirlar holatining yomonlashishi
3.Buyrak kasalliklari
4.Tuzni ortiqcha iste’mol qilish
5.Qandli diabet
6.Organizmda kaliy va magniy kamligi
7.Moddalar almashinuvi buzilishi.
#BELGILARI👇
1.Ensa sohasida joylashgan bosh og’riq
2.Yurak sohasida og’riq
3.Yurak tez urishi
4.Bosh aylanish;
5.Ko’rish pasayishi
6.Xansirash
7.Oyoq-qo’llar muzlashi.
#DIAGNOSTIKA👇
1.Qon umumiy va boixomik tahlili
2.Siydik klinik tahlili
3.Elektrokardiogramma
4.Ko’z tubini tekshirish
5.Buyrak, buyrak usti bezini UTTsi.
#DAVOLASH👇
1.Diuretiklar (siydik haydovchi vositalar)
2.Beta blokator dorilqr
3.Vazodilyalatorlar
4.Fizioterapiya (elektrouyqu, diadinamik toklar, giperbarik oksigenatsiya)
5.Jismoniy mashqlar.
#PARHEZ👇
Osh tuzi miqdorini cheklash (sutkasiga 6 gramdan kam), uglevod, yog’ miqdori cheklanadi, kalsiy, magniy va kaliyga boy mahsulotlar ratsionga kiritiladi (tvorog, kashnich, tuxum sari’gi, fasol, lavlagi, kartoshka, mayiz).
#ASORATLARI👇
1.Ko’rish buzilishi
2.Infarkt
3.Ateroskleroz
4.Insult
5.Buyrak yetishmovchiligi
6.Yurak yetishmovchiligi
7.Gipertonik kriz.
#HAVF GURUHI👇
1.Nasliy moyillik
2.Keksalar
3.Erkaklar
4.Kam harakat hayot tarzi
5.Tug’ma yurak nuqsonlari
6.Spirtli ichimliklar
7.Noto’g’ri ovqatlanish.
#PROFILAKTIKA👇👇
1.Zararli odatlarni cheklash
2.Aktiv hayot tarzi
3.Ratsional ovqatlanish
4.Stressdan saqlanish
5.Vaznni nazorat qilish
6.Sutkasiga 8 soatdan kam bo’lmagan uyqu.
Malumotlar
QON BOSIMINING OSHISHI HAQIDA BATAFSIL