Qon bosimini tushuruvchi sharbat tayyorlash usuli…
Qon bosimini tushuruvchi sharbat tayyorlash usuli…
DO`STLARGA ULASHING:
Boshidan o‘tgan tabib.
Qon bosimi oshishi (gipertoniya)ga qarshi profilaktik vosita sifatida 1 stakan asal, 1 dona limon, 1 stakan yerqalampir (xren) va shuncha yangi chiqarilgan sabzi sharbati aralashmasidan foydalanish mumkin. Buning uchun sharbatlar sirli kastryulga solinib, yog‘och qoshiqda aralashtiriladi va 1 litrli shisha idishga solib qo‘yiladi. So‘ng har kuni 3 mahal ovqatlanishdan oldin 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi. .
Aralashmani qabul qilishdan oldin idishni yaxshilab chayqatish kerak. Muolaja kursi — 45 kun. Bir oylik tanaffusdan so‘ng muolaja kursini takrorlash mumkin. Aralashmani sovitkichda saqlash kerak.Qon bosimi o’zi qanday paydo bo’ladi?
Odamning ichak tizimi kunlik yeyiladigan ovqat qoldiqlariga to’lib, toshib ketadi. Jigar shuncha ovqatni hazm qilaolmaydi, tozalay olmaydi va chala tozalangan ozuqani qonga tashlab beradi. Qon haddan tashqari ifloslanib qoladi. Buyraklar bunday qonni tozalab siydikga aylantirishga ulgirmaydi va siydik tuzlarini o’zida to’play boshlaydi. Tuz va har xil zaxarli chiqindilarga to’lgan buyrak albatta o’z vazifasini ko’ngildagiday bajara olmaydi va tosh tuz kasalligiga olib keladi.
Buyrak tuzga to’lgach, qonni tozalay olmaydi va qondagi xolesterin moyga aylanib tanada joylashadi. Semizlik shundan. Qon tomirlar torayadi, devorlari xolesterin yog’larga to’lib. Qon tomir toraygandan so’ng, albatta qon bosim ko’tariladi.
Qon bosimini normal holatga keltirish uchun birinchi jigar bilan buyrakga ishni kamaytirish kerak. Buning uchun bir kun umuman ovqat istemol qilmaslik kerak. Faqat suv, suv, suv. Kunora ovqatlanish lozim. Uch oy davomida umuman tuz yemaslik kerak. Hatto nonda ham tuz bo’lmaslik kerak.
Agar kunora ovqatlansangiz. Tuzdan kechsangiz, 3 oyda sizni tanib bo’lmaydigan darajada sog’lom, qon bosimi bezovta qilaydigan, xayotdan xursand, sezgi organlari juda yaxshi ishlab ketgan insonga aylanasiz.
Qon bosimini tushuruvchi sharbat tayyorlash usuli…