Qon bosimi tushganda nima qilish kerak? Beshta tezkor usul

Qon bosimi tushganda nima qilish kerak? Beshta tezkor usul

3 Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
  • 3.1 1. Arterial qon ketishda birinchi yordam
  • 3.2 2. Venadan qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
  • 3.3 3. Kapillyar qon ketishda birinchi yordam
  • 3.4 4. Ichki qon ketishda birinchi tibbiy yordam berish

Qon ketishi

Yirik arteriyalar va venalar jarohatlanganda qon yo’qotilishi hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun qonni qisqa vaqt ichida to’xtatish va tezda shoshilinch yordamni chaqirish kerak. Hatto qon tomirlariga ozgina zarar yetganda ham qon ketishini o’z vaqtida to’xtatish juda muhimdir. Chunki yengil, ammo davomli qon yo’qotish bilan birga inson hushini yo’qotishi mumkin.

Noto’g’ri ko’rsatilgan dastlabki yordam jabrlanuvchiga zarar yetkazishi mumkin, ya’ni: ko’p qon yo’qotish, jarohat joyining infektsiyalanishi va yallig’lanishi.

Agar qon ketishi juda kuchli bo’lmasa ham, birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin jarrohga murojaat qilish kerak, chunki faqatgina jarohatga ishlov berish va unga chok qo’yishdan keyin qon ketishini batamom to’xtatish mumkin. Qon ketish joyiga qarab, gastroenterolog, onkolog, pulmonolog, ginekolog kabi tor soha mutaxassislariga murojaat qilish kerak bo’lishi mumkin.

Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:

  1. Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak.
  2. Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
  3. Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.
  4. Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
  5. Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.

Qon ketishining asosiy turlari

Manbaiga qarab, quyidagi asosiy qon ketishi turlari ajratiladi:

  • Arteriyalardan qon ketishi katta xavfga ega, chunki ko’p miqdorda qon yo’qotish tezda sodir bo’ladi. Bunda qon qizg’ish rangda va pulsatsiya qiluvchi favvora shaklida chiqadi.
  • Venalardan qon ketishda jabrlanuvchiga o’z vaqtida yordam berilmasa, bu ham xavflidir. Jabrlanuvchining shikastlangan tomiridan asta-sekin to’q qizil rangli qon chiqishi buning dalilidir.
  • Kapillyar qon ketish ko’pincha jiddiy xavfga ega emas, asosan kichik teri yuzaki jarohatlarida uchraydi.
  • Ichki (parenximatoz) qon ketish — bunda qon inson tanasining bo’shlig’iga oqadi. O’z vaqtida aniqlanmagan taqdirda juda xavflidir. Ko’pincha ichki, shu jumladan parenximatoz a’zolarning shikastlanishida kuzatiladi. Qon tashqariga chiqmaganligi sababli, ichki qon ketishini aniqlash uchun tez-tez nafas olish, hushidan ketish, rangining oqarib ketishi kabi belgilarga e’tibor berish kerak.

Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

1. Arterial qon ketishda birinchi yordam

Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak.

Arteriyalarni bosish usullari:

  1. Uyqu arteriyasi — kaftni jabrlanuvchi bo’ynining orqa qismiga qo’yib, boshqa qo’l barmoqlari bilan arteriya ustiga bosish.
  2. Yelka arteriyasi osonlikcha aniqlanadi, uni yelka suyagiga bosish kerak.
  3. O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin. Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib, o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak.
  4. Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bilan bosish kerak, chunki u chuqur joylashgan bo’ladi.
  5. Son arteriyasi juda yirik bo’lib, uni son suyagiga musht bilan bosish kerak. Agar bu bajarilmasa, 2-3 daqiqadan so’ng jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
  6. Taqim arteriyasini taqim chuqurchasiga bosish kerak, buni bajarish mushkul emas.

Oyoq-qo’l arteriyalaridan qon ketishida birinchi tibbiy yordam ularni siqish, oyoq-qo’lni kuchli bukish va jgut qo’llash yo’li orqali amalga oshiriladi. Agar oyoq-qo’l tomirlarini barmoqlar bilan bosib, siqib bo’lmasa, dastavval bo’g’imning ichki tomonidan dokadan valik qo’yib, qo’l yoki oyoqni maksimal darajada bukish kerak.

Agar qon oqishda davom etsa, jgut qo’llash kerak. Bu tezda bajarilishi kerak, chunki qon juda jadal oqadi.

Jgut qish oylarida yarim soatgacha, yozda esa bir soatgacha ushlanishi mumkin. Agar bu vaqt ichida shifokor kelmasa, jgutni asta-sekin yeching va qon aylanishi tiklanishini kuting. Shundan so’ng uni qayta bog’lang. Bunda jarohat olgan qo’l yoki oyoqda puls sezilmasligi kerak. Shunda qon to’xtaydi.

Jgut qo’yilgan vaqtni qog’ozchaga yozib, bemorning ko’rinarli joyiga yopishtirib qo’yish kerak, bu shifokorlarga uni qachon yechish kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Shuni esda tutish kerakki, jgut noto’g’ri qo’yilganda u qon ketishdanda ko’ra ko’proq xavf tug’diradi.

Agar maxsus jgut bo’lmasa, u sochiq, kamar, bint kabi materiallar bilan almashtirilishi mumkin. Ular tayoq bilan o’ralib, ochilib ketmasligi uchun fiksatsiyalanadi. Bog’ich, ingichka arqon va shunga o’xshash materiallardan foydalanib bo’lmaydi.

2. Venadan qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

Bunday qon yo’qotilishi chuqur jarohatlarda sodir bo’lishi mumkin. Vena orqali qon ketishida dastlabki yordamni ko’rsatish darhol amalga oshiriladi. Jarohatlangan venalar havo tortishi mumkin, chunki ulardagi bosim atmosfera bosimidan past bo’ladi. Bu holatda havo pufakchalari turli a’zolardagi qon tomirlariga tiqilib qolishi, bu esa jabrlanuvchining o’limiga olib kelishi mumkin.

Yordam berishda jarohatni yuvish, qum-tosh va tromblardan tozalamaslik kerak, bunda quyidagilarni bajarish lozim:

  • Nam mato bilan terini jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalash;
  • Chuqur jarohatni steril tampon bilan yopish;
  • So’ng jarohat yuzasini bir necha qavat steril bint bilan o’rash;
  • Bosimni ta’minlash uchun ustidan ochilmagan bint qo’yish;
  • Bu bintni juda qattiq bintlash;
  • Bog’lam orqali ham qon sizib chiqsa, ustiga salfetka qo’yib, ularni mahkam bintlash;
  • Qo’l yoki oyoqni ko’tarib, uni shu holatda qoldirish.

Bo’g’lamni to’g’ri qo’yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Qo’lni bintlashda u bukilgan bo’lishi kerak.
  2. Oyoq bintlanadigan bo’lsa, u ham tizzadan bukilgan bo’lishi kerak.
  3. Bint qo’yish paytida bintning oldingi qismining yarimi yangi qavat bilan qoplanishi kerak.
  4. Bintlangan qo’l-oyoqning joylashuvi bintlashdan oldingi kabi holatda bo’lishi kerak.

3. Kapillyar qon ketishda birinchi yordam

Bunday qon ketishlar odatda o’z-o’zidan to’xtaydi. Xarakterli belgisi butun jarohat yuzasidan qonning sekin oqishi. Ammo jiddiy qon yo’qotishlar bilan kechadigan jarohatlar ham kuzatiladi. Eng katta xavfni ichki kapillyar qon ketish tug’diradi.

Kapillyarlardan qon ketishining asosiy sabablari:

  • Qon ivishi buzilishi bilan kechadigan qon kasalliklari (masalan gemofiliya).
  • Turli travmatik jarohatlar.
  • Qon tomir kasalliklari (kapillayrlarga ta’sir qiladigan terining yiringli yallig’lanishlari, o’smalar).
  • Qon tomirlarining devorlariga ta’sir qiluvchi umumiy kasalliklar, masalan o’smalar, ateroskleroz, revmatoid artrit.
  • Gormonal kasalliklar.

Ko’pincha kapillyar qon ketish ko’p qon yo’qotilishiga olib kelmaydi, uning xavfi patogen mikroblar bilan infektsiyalanishda yotadi.

Oyoq-qo’l tomirlaridan qon ketishida tibbiy yordam ko’rsatilganda quyidagi harakatlar bajarilishi kerak:

  1. Jarohatlangan oyoq-qo’lni yurak darajasidan balandroqqa ko’tarish qon yo’qotilishini kamaytirishga yordam beradi.
  2. Kichik shikastlanishlarda jarohat atrofidagi teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, ustini esa bakteritsid plastir bilan yopish kerak.
  3. Agar qon kuchli ketayotgan bo’lsa, bosuvchi bog’lam qo’yish kerak.
  4. Agar qon ketishi juda kuchli bo’lsa, jarohat ustidagi oyoq yoki qo’lni maksimal ravishda bukish kerak. Agar bu ham yordam bermasa, jgut qo’yish kerak.
  5. Jarohatga sovuq qo’llash kerak, bu qon yo’qotilishini to’xtatishga va og’riqni kamaytirishga yordam beradi.

Keng tarqalgan burunning kichik kapillyarlaridan qon ketishida ham to’g’ri yordam bera olish kerak.
Burun qonashini to’xtatish→

4. Ichki qon ketishda birinchi tibbiy yordam berish

Bunday qon ketishini ichki a’zolarning kasalliklari yoki jarohatlari chaqirishi mumkin. U juda xavflidir, chunki qon yo’qotilishi nazorat qilinmaydi. Bundan tashqari, xavfni ko’rsatadigan og’riq sindromi ham bo’lmaydi, shuning uchun ichki qon ketishi uzoq vaqt davomida sezilmasligi mumkin. Faqat bemorning holati keskin yomonlashganda, bu e’tiborga olinishi mumkin.

Ichki qon ketishning eng xavfli turi — odatda bo’shliqqa ega bo’lmagan va arterial-venoz tarmog’i yaxshi rivojlangan parenximatoz a’zolardan qon ketishidir. Bularga o’pka, oshqozon osti bezi va jigar kabi a’zolar kiradi.

Ushbu a’zolarning shikastlanishi kuchli qon ketishiga olib kelishi mumkin. Mustaqil ravishda u to’xtamaydi, chunki bu a’zolarning tomirlari to’qimalarda fiksatsiyalanadi va tushishi mumkin. Shuning uchun parenximatoz a’zolardan qon ketishida dastlabki yordam darhol amalga oshiriladi. Bunday qon yo’qotishining sabablari jarohatlar, sil kasalligi kabi infektsion kasalliklar, o’smalarning parchalanishi yoki yorilishi bo’ladi.

Ichki a’zolardan qon ketishi umumiy sub’yektiv alomatlar va ob’yektiv belgilarning asta-sekin namoyon bo’lishi bilan birga kechishi mumkin, xususan:

  • Zaiflik;
  • O’zini yomon his qilish;
  • Bosh aylanishi;
  • Hushdan ketish;
  • Hech bir narsaga qiziqish yo’qligi;
  • Uyquchanlik;
  • Qon bosimining pasayishi;
  • Oqarib ketish;
  • Pulsning tezlashishi.

Ichki a’zolardan qon ketishida 1-yordamning asosiy vazifasi — bemorni shoshilinch gospitalizatsiya qilishdir. Tez yordam kelishiga qadar quyidagilarni bajarish kerak:

  • Bemorni yotqizish, tinchlantirish.
  • Taxmin qilinayotgan qon ketish joyiga qarab, qorin yoki ko’krakka sovuq qo’yish.
  • Qon to’xtatuvchi dori-darmonlar (Aminokapron kislota, Vikasol) kiritish mumkin.

Parenximatoz qon ketishda qon bosimi keskin pasaygan bo’lsa, bemorning oyoqlarini yurak darajasidan yuqoriga ko’tarish kerak, taxminan o’ttiz-qirq santimetrga. Doimiy ravishda nafas olish va yurak urishini nazorat qilish kerak. Agar kerak bo’lsa, reanimatsiya amalga oshirish lozim. Bemorga og’riq qoldiruvchi vositalar yoki boshqa dori-darmonlar bermaslik kerak. Ovqat va suv berish taqiqlanadi, og’zini suv bilan chayish mumkin hisoblanadi.

Turli xil qon ketishlarda tez va to’g’ri ko’rsatilgan birinchi yordam bilan hodisaning yakuni ijobiy bo’ladi, birinchi tez tibbiy yordam esa bemorning tezroq oyoqqa turishiga yordam beradi.

Qon bosimi tushganda nima qilish kerak? Beshta tezkor usul

Yaxshi yangilikdan boshlaymiz: bosim tushishi — noxush holat, ammo ko‘p hollarda xavfli emas. Biroq gipotoniya xurujlariga e’tiborsizlik qilish ham mumkin emas.

Qon bosimi tushishi nima va u qay holatda xatarli

Yodda tuting, chegaraviy bosim 90/60. Tonometr shu yoki bundan baland darajani ko‘rsatsa, demak, hammasi joyida. Ammo u yoki bu son kamaysa, yoxud ikkisida ham pastlash kuzatilsa, bu qon bosimi tushib ketayotganidan darak beradi.

Muhim bo‘lgan kichik farq mavjud. Qon bosimi ko‘tarilishi hamma uchun birdek tahlikali bo‘lsa, bosim pasayishi organizmning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi ham mumkin. Agar u darmonsizlashish bilan birga kelmasa, salomatlikdagi buzilish deb hisoblanmaydi, u bilan kurashish shart emas.

Unga qo‘shimcha tarzda quyidagi alomatlar kuzatilsa, ogoh bo‘lish lozim:

  • holsizlik;
  • bosh aylanishi, o‘zini tashlab yuboradigandek hissiyot;
  • ko‘z xiralashishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • qaltirash;
  • terlash ortishi;
  • diqqat susayishi.

Bu holatlar hayot tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, ishlash va muloqotga kirishishga xalaqit beradi. Lekin eng asosiysi: noxush alomatlar bilan boshlangan bosim tushishining o‘zi ham boshqa kasallikning shunchaki alomati bo‘lishi mumkin.

Arterial qon bosimi pasayishi sabablari turli xil: oddiy suvsizlanish va stressdan tortib to gormonal buzilishlar, ichki qon ketish va miokard infarktigacha.

Davolashni boshlashda aynan qaysi kasallik gipotoniyaga omil bo‘lganini aniqlashtirish zarur. Asosiy xastalikka lozim bo‘lgan choralar ko‘rilganidan so‘ng, qon bosimi o‘z-o‘zidan me’yoriy holatga qaytadi.

Qachon tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak?

O‘zingizda yoki yoningizdagi odamda bosim pasayishi va quyida keltirilgan belgilar uchrasa, zudlik bilan tez yordam chaqiring:

  • sovuq, yopishqoq, rangi o‘chgan teri;
  • tez sayoz nafas olish;
  • kuchsiz va tez yurak urishi;
  • o‘zini ushlab turolmaslik.

Bular kuchli arterial gipotenziya (kollaps, shok) alomatlari hisoblanadi. Bu holat hayot uchun xavflidir, miya va ichki organlar gipoksiyasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tez tibbiy yordamni kechiktirish mutlaqo mumkin emas.

Uy sharoitida bosimni ko‘tarish yo‘llari

Yodda tuting: qon bosimi noxush sezgilar bilan tushsa, terapevt qabuliga uchrang. Aks holatda ehtimoliy yashirin va kattaroq xastalik kuchayib ketishiga olib kelishingiz mumkin. Shifokor qabuliga borishdan oldin yoki tibbiyot xodimi lohaslikka olib kelgan tashxisni aniqlagunga qadar uy sharoitida amalga oshirish mumkin bo‘lgan oddiy foydali tavsiyalar ham mavjud.

O‘zingizga eng qulayini tanlang yoki bir nechtasini birga bajaring.

1. Tuzlangan mahsulot iste’mol qiling
Dudlangan baliq, tuzlangan bodring, brinza yoki pishloqning tuzli boshqa turi, soya qaylasa qo‘shilgan bir qoshiq pishirilgan guruch.

Natriy xlor (osh tuzining ayni o‘zi) qon bosimini ko‘taradi. Ba’zida juda tez, shuning uchun gipertoniya bilan og‘ruvchi bemorlarga tuz iste’moli qat’iyan taqiqlanadi. Lekin mumkin bo‘lmagan holat mavjud.

Diqqat qiling! Doimiy ravishda qon bosimini tuz orqali ko‘tarish man qilinadi. Tanada natriyning oshishi yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, ayniqsa katta yoshli kishilarda.

2. Bir stakan suv iching
Iloji bo‘lsa, ikki stakan. Suyuqlik qon hajmini orttiradi (tomir devorlaridagi qon bosimini ham). Shuningdek ehtimoliy suvsizlikni bartaraf etadi.

3. Kompress uchun mo‘ljallangan golf yoki paypoq kiying
Elastik paypoqlar (chulkilar) odatda oyoqdagi shishni qaytarishda va vena tomirlari kengayishini kamaytirishda foydalaniladi. Lekin bundan tashqari, ular oyoqdagi qon hajmini kamaytiradi. Qisilgan qon tananing asosiy tomirlaridagi bosimni orttiradi.

4. To‘g‘ri holatni tanlang
Bu kompress paypoqlarning o‘ziga xos maqbulidir.

Oyoqlaringizni bir biriga bosib o‘tiring. Natijada oyoqning pastki qismida qon hajmi kamayadi, asosiy tomirlarda bosim ko‘tariladi. Shu sababli bu holat gipertoniyadan aziyat chekuvchi bemorlarga taqiqlanadi.

5. Kofe iching
Bu nisbatan eng keng tarqalgan usul, biroq foydasi isbotlanmagan. Kofein faqatgina kofeni kam ichuvchi insonlardagi arterial bosimni ko‘tarishi mumkin. Agar siz kofeman bo‘lsangiz, foyda ehtimoli juda kam.

Qon bosimini uzoq muddatga dorilarsiz qanday ko‘tarish mumkin?

Birinchi navbatda, aniq tashxis va tibbiy davolanish yordam beradi. Alomatlarni bartaraf etish uchun shifokorlar ma’lum dori preparatlari qabulini buyurishadi, pasaygan qon bosimi normaga keladi.

Shuningdek, siz hayot tarzingizni o‘zgartirib ham tanangizga yordam bera olasiz. Shifokorlar quyidagilarni tavsiya etishadi:
1. Ko‘proq suv ichib yuring, ayniqsa jaziramada yoki haroratingiz ko‘tarilganda.
2. Alkogolli mahsulotlar iste’mol qilmang.
3. Doimiy jismoniy mashqlar bajaring, hech bo‘lmaganda aylanishga chiqib turing: jismoniy toliqish tomirlar tonusini yaxshilaydi.
4. Uzoq vaqt bir holatda qolishdan qoching. O‘tirib ishlovchi kasb egasi bo‘lsangiz, tez-tez harakat qilib turing: yuring, o‘rindiqsiz o‘tiring, sakrang, raqsga tushing.
5. Uzoq davom etuvchi issiq vanna qabul qilmang. Eng sog‘lom yo‘l — kontrast dush.
6. Ovqatlanish ratsioningizdagi uglevodlar miqdorini kamaytiring. Ko‘nglingiz shirinlik tusasa, meva tanovul qiling.
7. Kuniga oz-ozdan 4-5 marta ovqatlaning.

Qiziqarli malumotlar
Qon bosimi tushganda nima qilish kerak? Beshta tezkor usul