Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko’rsatish
Katta yoshdagi odam qon bosimi normal koʻrsatkichi – sistolik (yuqori koʻrsatkich) bosim 120 mm.Hg ustuni va diastolik (past koʻrsatkich) bosim 80 mm.Hg ustuniga teng boʻlishidir. Birinchi koʻrsatkich yurak qisqargan vaqtida paydo boʻladi, ikkinchi bosim esa yurak boʻshashganda. Albatta, bu koʻrsatkichlar nisbiy oʻrtacha qilib olingan, har bir organizmning oʻzi uchun normal qon bosimi bor. Gipertoniya deganda qon bosimining 140 mm.Hg ustunidan yuqori boʻlgan holatlar tushuniladi, diastolik koʻrsatkich esa 90 mm.Hg ustunidan yuqori boʻlishi. Bu koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan qon bosim maxsus davo chora tadbirlarini talab etadi. Agar arterial qon bosimi 180 ga 110 koʻrsatkichlarda boʻlsa va undan ham ortsa, zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur. 90 % holatlarda gipertoniya sababini aniqlashning imkoni boʻlmaydi. Bunday holat birlamchi gipertenziya deb ataladi. Ikkilamchi gipertenziya (10 %) boshqa biror bir kasallik oqibati yoki asorati sifatida namoyon boʻladi. Bu kabi kasalliklarga quyidagilar kirishi mumkin: Birlamchi gipertenziya turli xil omillar taʼsirida yuzaga chiqadi. Bu kabi faktorlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Gipertoniya odatda belgilarsiz kechadi, organizmda kechayotgan patologik holatni inson avvaliga sezmaydi. Oʻz vaqtida chora koʻrmaslik keyinchalik jiddiy oqibatlarga olib keladi, masalan gipertonik kriz va boshqa jiddiy asoratlar. Gipertonik kriz – qon bosimining birdan koʻtarilishi va qon bosimi koʻrsatkichlarining kritik shkalalardan oʻtib ketishi koʻpincha quyidagi simptomlar bilan namoyon boʻladi: Yuqorida keltirib oʻtilgan belgilar boshqa kasalliklarda ham yuzaga chiqishi mumkin, shu sababli simptomlar paydo boʻlishi bilanoq qon bosimini oʻlchash kerak, agar koʻrsatkichlar kritik darajada boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur. Shifokor kelguniga qadar quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishi kerak: Bemor bilan yengil suhbat qurish va uning hayolini chalgʻitish ham bemorning kasallik haqida ortiqcha qaygʻurmasligiga sabab boʻladi. Ikkilamchi gipertoniyada asosiy kasallikni davolash oʻz-oʻzidan arterial qon bosimi oshishini ham bartaraf etadi. Boshqa holatlarda arterial gipertenziyaning boshlangʻich davrlarida va kasallik profilaktikasida hayot tarzi, kun tartibi, odatlar va ovqatlanish tartibini oʻzgartirish kerak boʻladi. Bu maqsadda mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni beradilar: Qon bosimini tushirishning eng samarali usuli tana vaznini meʼyorga keltirishdir. Buning yoʻli oson: kamroq va toʻgʻri ovqatlanish, ayniqsa yogʻli qovurilgan, shirin, dudlangan mahsulotlar isteʼmolini kamaytirish va koʻproq aktiv harakatda boʻlish; Stress – arterial qon bosimi oshishiga olib keluvchi eng salbiy holat. Stress vaqtida ajralib chiqadigan gormonlar qon tomirlarni toraytiradi va qon bosimi oshishiga sabab boʻladi. Shu sababli stress holatlariga tushmaslikka harakat qilish kerak, shunchaki oʻzingizni xotirjam saqlang; Ishdagi charchoqlar va doimiy zoʻriqib yashash – bu ham stressning bir koʻrinishi, hattoki bir martalik stress holatidan ham koʻra xavfliroq. Ilmiy izlanishlar koʻrsatishicha bir hafta davomida 41 soatdan koʻp ishlash gipertonik kasalliklar rivojlanish xavfini 15 % ga oshiradi; Uyqu – organizm sogʻligʻi uchun eng kerakli fiziologik holat. Gipertonik kasallikning boshlangʻich davrlarida uyqu soatini uzaytirish qon bosimini meʼyorga kelishiga sabab boʻladi; Jismoniy harakatlar – gipertonik kasallik profilaktikasida samarali usul hisoblanadi. 30 daqiqa davomida yurib sayr qilish qon bosimini 8 mm.Hg ustuniga pasaytiradi. Bundan tashqari, har qanday sport turi bilan shugʻullanish, har qanday jismoniy harakatlar ham organizm uchun foydali; Tuz koʻp isteʼmol qilish qon bosimi oshishiga olib keladi. Ovqatlanish ratsionidan tuzni oz miqdorda kamaytirish ham arterial qon bosimi pasayishiga olib keladi. Organizm kunlik qabul qilinishi kerak boʻlgan tuz miqdori 1,5-2 gr.dan oshmasligi kerak; Qon bosimini tushiruvchi ayrim mahsulotlar ham bor. Bularga meva va sabzavotlar kiradi, ayniqsa tarkibida kaliy va magniy mikroelementlari koʻp saqlovchi turlari. Bu kabi mevalarga kartoshka, lavlagi, pomidor, dukkakli mahsulotlar, banan, apelsin, kivi, uzum va anjir kiradi. Bundan tashqari, qon bosimini tushirishda boyarshnik, imbir, kurkuma, sarimsoq piyoz, zaytun moyi va yongʻoq ham muhim ahamiyatga ega. Nifedipin (Fenigidin) Qon bosimini tushiruvchi preparat. Qon bosimini tushiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, periferik qon tomirlarni kengaytiradi. Odatda tabletka shaklida buyuriladi, taʼsir etuvchi modda 10 mg saqlanadi. Gipertonik kriz vaqtida 1 tabletka (10 mg) til ostiga tashlab soʻriladi. Agar ehtiyoj boʻlsa, 30 daqiqa oʻtgach yana bir tabletka soʻrilishi ham mumkin. Bu doir preparatini uzoq muddatga qabul qilish faqatgina shifokor mutaxassis tomonidan buyuriladi. Kaptopril Gipotenziv vosita – qon tomirlarni kengaytiradi, periferik oqim qarshiligini kamaytiradi va koronar qon aylanshini yaxshilaydi. Gipertonik kriz vaqtida bir tabletka til ostiga tashlanadi (25 mg). Tabletka shaklida chiqariladi 12,5 mg, 25 mg yoki 50 mg. Valokordin Etilbromizovalerianat, fenobarbital, yalpiz moyi va xmel kabi moddalardan iborat preparat. Sedativ va yengil uyqu chaqiruvchi taʼsirga ega, spazmolitik va qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita. Tomchi koʻrinishida chiqariladi va ogʻiz orqali qabul qilinadi. Qisqa muddatda taʼsir etishi uchun preparat 40 tomchi suvda eritilib qabul qilinadi. Valeriana nastoykasi Sedativ, yengil spazmolitik va yengil uyqu chaqiruvchi taʼsirga ega. Gipertonik kasalliklarning boshlangʻich davrlarida qabul qilganda yaxshi samara beradi. Arterial qon bosimi oshganda tinchlantiruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi, nerv tizimi qoʻzgʻaluvchanligini kamaytiradi, nastoykadan 20-30 tomchi koʻp boʻlmagan suvda eritiladi va bemorga ichishga buyuriladi. Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur. Agar sizni qon bosimi oshishi bezovta qilsa, albatta, “Tez tibbiy yordam” ga va profilaktika maqsadida shifokorga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko’rsatish
DO`STLARGA ULASHING:
Qon bosimi oshishi sabablari
Gipertonik kriz simptomlari va birinchi yordam koʻrsatish
Qon bosimi oshishi davosi va profilaktikasi
Qon bosimi oshganda birinchi yordam koʻrsatishda qoʻllaniladigan dori preparatlari
Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko’rsatish