Qo‘lyozma asarlarning saqlanishi, restavratsiyasi va o‘rganilishi qay ahvolda? – Qo‘lyozmalar fondiga videosayohat
Buning afzalliklaridan yana biri boshqa skanerlar kabi kuchli nur bermaydi, asosan kameralar suratga oladi va programma orqali birlashtirilib, elektron variant tayyorlanadi. Skanerlangan kitoblar serverga yuboriladi, u yerda kitobning asl holatdagisi bilan bir xilda raqamlanadi.
Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik faoliyati.
ABDULLA AVLONIY (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, o’gay onam bilan bir ukam meni qaramog’imda menga boqim bo’lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqqa to’g’ri kelganligidan quvvai muhofazam o’rta darajada bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shu choqlarda o’zim mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va mullalarga qarshi she’rlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o’qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida chiqqan matbuot — gazeta va jurnallar bilan tanishib, o’qib, ma’lumotimni orttira bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik – yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o’quvchilari mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul jadidchilar qatoriga kirdim.
1904 yildan jadidchilar to’dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o’qituvchilik ham qildim… Mulla va boylarga qarashli eski turmush bilan qat’iy sur’atda kurasha
boshladuk. O’z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi. 1905 yilgacha shu holda sinfiy kurashda davom qildik…»
A.Avloniy «Shuhrat», «Osiyo», «Turon» gazetalarini nashr etib, uning sahifalarida eski maktab va madrasalardagi o’quv-o’qitish uslublarini isloh qi-lishga undovchi maqolalarga keng o’rin berib bordi. A.Avloniy maqolalaridan birida shunday deb yozadi: «Biz musulmonlar ma’rifat va madaniyat jihatidan o’ruslardan va hatto armanlardan juda orqadamiz…
Bizning bolalarimizning yoshroqlari ko’chalarda turli foydasiz o’yinlar bilan mashg’ullar,, kattaroqlari boylar eshigida xizmatkordirlar. Maktab, madrasalarimizda ilm degan aziz narsani yolg’iz ismigina qolgan, o’qiydirg’on bolalarimizning 15-20 yillab umri azizlari madrasa yotoqxonalarida barbod bo’lib, ba’zilari o’z ismlarini ham to’g’ri o’rganmay chiqmoqdalar».
A.Avloniy nashr etgan gazetalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyati chorizm hukumati tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni ma’rifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatishga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, etim-esirlarni o’qitdi. Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Yusuf Tohiriy mazkur maktab haqidagi xotiralarida shunday yozgan edi: «Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo’l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi usuldagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug’i butun sha-harga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qishyozishni o’rgatarmish, jo’g’rofiya, xisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’rgatilarmish», – degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uchto’rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong’u bo’lib, masjid yo’lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va o’qimoq uchun kelganlar soni ko’p edi. Hayotimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotma, cho’qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim – A.Avloniy edi. O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay, ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik. Bizning bolalarning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsa ham, mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor bo’lishlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizni eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
A.Avloniyning Mirobodda katta qiyinchiliklar bilan ochgan yangi usuldagi maktabning dovrug’i, Yusuf Tohiriy xotiranomasida yozganidek, butun Toshkentga tarqaldi. Lekin u ko’p o’tmay yopildi.
Bu haqda A.Avloniy shunday yozgan edi: «Maktabimda er, odamlar, tog’-toshlar, daryo, osmon haqida suhbatlar o’tkazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari
bilishib, meni kofir bo’lding deb maktabimni yopdilar». Biroq A.Avloniy o’z g’oyasi va e’tiqodi yo’lida bu muvaffaqiyatsizlikdan va ilm-ma’rifatga qarshi bo’lgan jaholatparastlardan, chor hukumatining millatchilik siyosati oldinga surgan har qanday to’siqlardan qo’rqmadi. Shundan so’ng u 1909 yilda kambag’al va etim-esirlarga yordam berguvchi «Jamiyati xayriya» jamg’armasini tashkil etadi va unga olti oy raislik qiladi. Shu yili Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfdan iborat maktab ochdi. «Maktabda bolalarga jo’g’rofiya, tarix, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlar bilan birga ona tili va adabiyot fanlaridan bilim beradi». Etim-esir bolalarni kiyim-bosh, qalam-daftar bilan ta’minlash uchun bo’sh vaqtlarida duradgorlik va suvoqchilik qiladi, pechka tuzatuvchi usta bo’lib pul topadi.
A.Avloniy mehnatkash xalq farzandlarining kelajagiga butun borlig’i bilan ishongan holda, ularning savodini chiqarish, sinfiy ongini o’stirish maqsadida yangi usuli savtiya maktablari uchun darslik va qo’llanmalar ham yaratdi. Ayniqsa, uning «Muallimi avval» (1911), «Muallimi soniy» (1912), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), 6 qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1917), «Maktab guliston» (1915) va boshqa asarlari o’zbek milliy tarbiyashunosligi tarixida muhim o’rin egallaydi.
A.Avloniyning «Muallimi avval» («Birinchi muallim») alifbo darsligi Mulla Abdulvahob Ibodiyning«Tashilul alifbo» haqida, M.Faxriddinovning «Rahbari avval» darslik-alifbolari kabi usuli maddiyada yaratilgan. Usuli maddiya hijo usulining ancha soddalashtirilgan turi bo’lib, harfiy-bo’g’in uslubi (metodi) deb ham yuritiladi. Abdulla Avloniy mazkur alifboni yaratishda usuli savtiyada yaratilgan ilk darsliklar (Saidrasul
Saidaziziyning «Ustozi avval», 1903 yil; Munavvar qori Abdurashidxon o’g’lining «Adibi avval» (1907)ini chuqur o’rgandi, o’zining amaliy tarbiyachilik faoliyatidan foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e’tibor berdi, o’qitishning eng oson yo’llarini qo’llashga harakat qildi. Bu haqda Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Muallimi avval» («Birinchi muallim»)imizdan ham olib, tajriba qilib, o’qutub ko’rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning bir ta’mi-mazasi bordur, bu ta’m esa tajriba sohiblarini kashfu ma’lum o’lur… zng oson usul ila tartib edilmish». Darslikning birinchi qismida harfning yozilish shakllari tushuntiriladi, ikkinchi qismida didaktik xarakterdagi kichikkichik matnlar beriladi 86 .
Muallifning «Muallimi soniy» (2-sinf uchun) kitobi terma kitobga o’xshash bo’lib, «Alifbodan so’ng o’qutmoq uchun» yozilgan, bolalar ruhiga, bilim saviyasiga mos keladigan sodda, didaktik axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, she’rlar bilan ziynatlangan darslikdir. Ko’pgina she’rlar yod olishga, ifodali va rollarga bo’lib o’qishga mo’ljallangan. Bu kitob 40 darsga mo’ljallangan bo’lib, unda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy asarni yod olish, ifodali va ta’sirchan o’qishga e’tibor beriladi. «Muallimi avval»dan so’ng o’qish kitobi sifatida foydalanishga mo’ljallangan «Muallimi soniy» darsligi ilm-ma’rifatga da’vat etilgan «G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!» she’ri bilan ochiladi:
Maktab uyi — dorulomon,
Maktab hayoti jovidon,
Maktab safoyi qalbi jon, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon… Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur, G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktab o’quvni ko’rsatur,
Maktab yozuvni o’rgatur, Maktab yuqu (uyqu)dan uyg’atur,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Maktabdur – ilmu kamol,
Maktabdur husnu jamol,
Maktabdur milliy xayol,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon!
Kitobni varaqlar ekanmiz, muallifning «Sahiylik» va «Baxillik», «Arslon ila ayiq», «Nafsi buzuq hayitda o’lar», «Aqlli qarg’a», «Aqlli bola», «Qalampir ila cho’l yalpizi», «Ovoz», «Xrus (xo’roz)ila bo’ri», «Aqlli bog’bon», «Soqi ila onasi», «Bolari ila Pashsha» kabi hikoya va masallarida nafs balosi va ochko’zlik, yolg’onchilik, baxillik, hasadgo’ylik, janjalkashlik, takabburlik, manmanlik, yalqovlik, tekinxo’rlik, nodonlik va jaholat, soxta do’stlik, nomardlik qattiq qoralanadi, rostgo’ylik, sahiylik, chin do’stlik, xushfe’llik, xushmuomalalik, yaxshilik qilish, aql va donishmandlik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlar esa sharaflanadi. Bunday ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy mazmundagi asarlar bilan tanishtirish shubhasiz, bolalarni erksevarlik, haqiqatgo’ylik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, A.Avloniyning yuqori sinf o’quvchilariga darslik sifatida mo’ljallangan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarining ahamiyati katta bo’ldi. Darslikdayoshlarni
«yaxshiliqg’a chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm» axloq va xulq haqida keng fikr yuritiladi. A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg’on, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur» 1 , deb to’g’ri tushunadi va to’g’ri talqin qiladi: «Tarbiya, «pedago’giya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur… Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtindan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan asrab o’sdurmakdur» 2 .
A.Avloniyning Vatan, uning taqdiri, o’tmishi, istiqboli haqidagi qarashlari, uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy o’ylari bilan chambarchas bog’liqligi jihatidan ham diqqatga sazovordir.
«Har bir kishining tug’ilib o’sg’on shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug’ilg’on, o’sg’on erini jonidan ortiq suyar» 3 , – deydi Avloniy.
Shuning uchun «Har kim» Vataniga, insoniyatga xizmat qilish, ezgulik yaratish dardi bilan yashamog’i lozim. Davr, zamonning kun tartibiga qo’yilgan dolzarb muammolarning hal etilishi – ana shu «Har kim»ning ongli fidoiyligi, favqulodda jasorat kuchi va muhimi, olijanob maqsad, unga erishishdan iborat sa’y-harakatlariga bog’liqdir. Shunday ekan, el-
yurtga muhabbat tuyg’usi A.Avloniyning ruhiga o’tli ilhom soladi, vujudiga adadsiz kuch-qudrat bag’ishlaydi: «Kishining kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurg’on narsa Vatan va bolachaqalarining mehru muhabbati emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinib qolg’oni kabi, inson suyukli narsasiga boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur… 4 – deydi.
Zamonasining peshqadam ziyolisi bo’lgan A.Avloniy xalqning og’ir ahvolidan kuyinib, uning qismatini engillashtirish choralarini qidirib, buning dastlabki bosqichi kishilarni bilimli, ma’rifatli qilish, deb tushundi va butun ijtimoiy faoliyatini xalqni ma’naviy-marifiy ongini o’stirish va savodini chiqarish, o’z qadrini bilishi uchun ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarqatishga sarfladi. «Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To’g’ri yo’lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratdan mas’ul bo’lishimizga sabab bo’lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur… Ilmning foydasi shu qadar ko’pdirki, ta’rif qilg’on birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni ilm jaholat qorong’ulig’idan qutqarur, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosig’a chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur…», degan xulosaga keladi va Avloniy bunga astoydil ishonadi. «…Har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma’rifatga, hunar va san’atiga bog’liqdur…
«Ilm o’qumak har bir mo’’minu eru xotunga farz-dur», demishlar. Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, qimirlamaymiz. Boshqa millatlarning o’g’ullari, qizlari kecha demay, kunduz demay, qish demay, yoz demay ilm yo’lida jonlarini fido qilub, quvulub, yugurushub, ko’zlarimizni qamashdirub turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan, g’aflatdan boshimizni ko’tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payg’ambarlarimiz: «Olim bo’l, ilm talab qiluvchi bo’l yoki ilmni eshituvchi bo’l. Hech bo’lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo’l, beshinchisi bo’lma, haloq bo’lursan» demadilarmu?
Topar ilm ila odam o’g’li kamol, Eturmas kamola jamol ila mol. Kerak o’rtanur ilm uchun sham’dek, Tanimoq xudoni ilmsiz maqol…», –
deb yoshlarga pandu nasihatlar qilarkan A.Avloniy, navqiron avlodda o’zining «istiqboldan orzular»ini amalga oshiruvchi kuchni ko’rgan edi. Uning fikricha, xoh yigit, xoh qiz bo’lsin – bolaligidanoq ijtimoiy foydali, mustaqil fikr yuritishni o’rgansin. Shuning uchun ham u yoshlarni, «…aziz umrimizni o’yin-kulgi, safsata, maloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, gazeta va jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur», – deb ogohlantiradi.
A.Avloniy yoshlarning fikriy tarbiyasiga to’xtalar ekan, bu – muallimlarning diqqatlariga suyalgan,, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»,— deydi.
A.Avloniy bolalarni mustaqil mantiqiy fikrlashga o’rgatishda ularni adolatparvar, rosggo’y, insonparvar, vijdonli qilib tarbiyalash zarurligiga alohida to’xtalib, «insonning mohiyati vijdonidan bilinur» deydi. Uning fikricha, adolatni odamni doim vijdon harakatga keltirib turadi. Lekin kishi qanchalik adolatli bo’lmasin, yolg’iz o’zi hech bir natijaga
erisholmaydi: «Qishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas. Balki, o’zi bilan barobar jinsdoshlarining xato va fanoliqlarini tuzatmas va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur». Nihoyat, A.Avloniy adolatni va insonparvar bo’lishni muhim bir ijtimoiy zaruriyat sifatida talqin qiladi: «Har bir millatning taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog’i adolatga bog’liqdir. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidur».
«Til – aloqa vositasi» ekan, «so’z» – insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozusidur» Demak, kishi til vositasida boshqa kishiga «dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini» bir so’z bilan aytganda, o’zining ma’naviy qiyofasini ko’rsatadi. Shuning uchunA.Avloniy og’zaki nutq hamda adabiy til tozaligi masalalariga alohida diqqat-e’tibor bilan qaragan edi. «Har bir millatning dunyoda borlig’in ko’rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur». A.Avloniyning «Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kam qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Rus lisonin bilmak haet va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin o’z erinda ishlatmak va so’zlamak lozimdur. Zigir yog’i solub, mosh-kichiri kabi qilub, aralashquralash qilmak, tilning ruxini buzadur», deb ona tilimizning sofligi to’g’risida behad qayg’urganligini tushunish qiyin emas, albatta Ayniqsa, A.Avloniyning yoshlarimizga ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan boy madaniy merosimizni va milliy tilni avaylash to’g’risida, «Bobolarimiz etushgan va yaratgan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O’z uyimizni qidirsak va oxtarsak, yo’qolganlarini ham topamiz. Yo’qolsa, yo’qolsun, o’zi boshimga tor edi, deb Ovrupo qalpog’ini kiyub, kulgi bo’lmak zo’r ayb va uyotdir…
Umummilliy tilni saqlamak ila barobar xususiy, og’iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur», deb xayqirganligini ma’naviy haetimizda ijobiy hodisa ekanligini va ayniqsa, bugngi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligini unutmasligimiz kerak, albatta.
Ilg’or ma’rifiy-tarbiyaviy va ta’limiy – ahloqiy g’oyalar bilan sug’orilgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari yangi usul o’zbek milliy maktablarida asosiy darsliklar qatoridan o’rin olgan bo’lsa, 1909-1917 yillar oralig’ida «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli 6 qismdan (I, II, III, IV juzlardan) iborat she’riy to’plamning hamda «Maktab guliston» darsligining nashr etilishi esa bu kitoblarning ijtimoiy-nafis qimmati benihoyat katta ekanligidan va muallifning ezgu maqsad yo’lidagi fidoiyligidan darak beradi, albatta. Bu darsliklarda ifodali o’qishning qator shakllari – ifodali o’qish (individual o’qish), xor bo’lib o’qish, rollarga bo’lib o’qish kabilar beriladiki, bunda bolalarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy so’zlashuvga o’rgatish nazarda tutiladi. Ifodali o’qishning ta’sirchan shakllaridan biri xor bo’lib o’qishga Abdulla Avloniy katta ahamiyat berdi . Shu munosabat bilan u o’z she’rlarini xalq ashulalariga uyg’unlashtirdi va bolalarni xor bo’lib o’qishga o’rgatish uchun alohida she’rlar bag’ishladi, masalan,uning barmoq vaznida yozilgan «To’y haqida» she’ri «Reza» kuyiga solib o’qiladi. Bu haqda shoir o’quvchilarga quyidagicha uslubiy ko’rsatmalar beradi: «Reza kuyi – milliy kuylardan biri!»
Otma mani toshlar bilan yor-yor-yor-u,
Uchib ketay qushlar bilan yor-er-yor-u.
Shu kuyga solinib, milliy she’rdan bir bayt bir kishi tarafidan o’qulub, so’ngidan ko’p kishilar tarafidan ho’r, sozlar ila jo’r qilub ikki bayt o’qulur».
Ma’lumki, bolalarga ifodali o’qishni o’rgatish adabiy o’qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday o’qish adabiy matnni chuqur tushunishga olib boradi. Badiiy asarni chiroyli, ifodali qilib o’qish natijasida asar voqealari o’quvchi ko’zi oldida namoyon bo’ladi. Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo’lsa, tushunib o’qishga va badiiy asarni his qilishga ham shunchalik ko’p diqqat qilgan.
Jadidchilikni gazetalar nashr etishdan boshlagan Abdulla Avloniyning eng yaqin maslakdoshi Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929) ning faoliyati ham alohida diqqat-e’tiborga loyiqdir. U «Tarixiy ikki voqea» maqolasida usuli qadim tarafdorlari – eski maktabdorlarni qattiq tanqid qilib, maktab va madrasalarda o’quv-o’qitish usullarini isloh qilish shiori bilan chiqdi: «Aziz millat bolalarining ranglarin sap-sariq qilgan… ochlikdan tishlarin kirini so’rdirgan Buxoro va Xivadagi dahshatli, qorong’i, zax zindonlar eshigi buzuldi… Maktab va madrasa islohi desa, tishlarini qichirlatib, ko’zlarin olayturadurg’on maorif dushmani – sudrama chopon, jonli tegirmonlar… qozi qalon, qushbegi, oftobachi, tag’in nima balolar ismi ila shuhratlangan Buxoroning miqroblari… endi quvulurlar… Talabalarning yarim umrin to’zon qilib ko’kka uchurgan muqovasi qalin «Sharhi mullo»lar shoyad endi otilib tashlanurlar. Aning o’rniga shoyad yangi qoida ila yozilgan darsliklar o’qulur, ham o’qulur» 91 .
Murmuhsinning bunday hur fikrlari o’sha davrdagi jamoatchilik fikrini ostin-ustin qilib yubordi. Oqibatda «Turon» gazetasi yopilib„ A.Avloniydan gazeta chiqarmaslik haqida tilxat olindi. Mirmuhsinni mirshablar ushlab, yuziga qora surkab, eshakka teskari mindirgan holda bozor rastalarini aylantirib, sazoyi qildilar. Toshkent hokimi
Mirmuhsinga berilgan o’lim jazosini 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirdi. Oradan ko’p o’tmay, do’stlari va hamfikrlari ko’magida hibsdan qochishga muvaffaq bo’lgan
Mirmuhsin Ufadagi jadid birodarlari bag’ridan panoh topdi.
Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik faoliyati.
Qo‘lyozma asarlarning saqlanishi, restavratsiyasi va o‘rganilishi qay ahvolda? – Qo‘lyozmalar fondiga videosayohat
Diyorimiz azaldan ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bu yurtdan ne-ne alloma zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Ular qoldirgan ulkan ilmiy meros garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo‘lsa-da, bizning davrimizgacha yetib kelganlarining adadi, hisobga olinganlari ham kishini hayratga soladi.
Kun.uz shunday ma’naviy merosimiz saqlanayotgan ilmiy dargoh – O‘zFA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozma asarlar fondiga videosayohat uyushtirdi.
«Dastlab bu yerda madrasalarni bitirgan domlalar ishlagan»
O‘zFA Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini Surayyo Karimova fondning tarixi, buguni, asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.
«Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi 1943 yilda, o‘sha paytdagi xalq kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Sharq bo‘limi asosida tashkil etilgan. Shundan boshlab bu fondda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish ishlari boshlangan.
Bu yerda dastlabki ish qo‘lyozmalarni tavsiflab, kartotekalar tuzish bo‘lgan. Dastlabki paytda bu joyda madrasalarni bitirgan domlalar ishlagan, ular arab va fors tillarini puxta bilgan ilmli kishilar hisoblangan. O‘sha davrda tuzilgan kartotekalardan hozirga qadar foydalanib kelinmoqda.
Dastlabki tavsifdan o‘tgan qo‘lyozmalar keyingi bosqichda ilmiy tavsiflangan. Bu annotatsiya xarakterida bo‘lib, ko‘proq ma’lumot berilgan. Keyinchalik mavzu kataloglari tayyorlana boshlangan va bu ilmiy tadqiqotchilarga yengillik beradi.
Shuningdek, qo‘lyozma asarlarni ilmiy muomalaga kiritishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ilmiy izohli tarjima va tabdil hisoblanadi. Tabdil deganda arab grafikasidagi eski o‘zbek yozuvidan kirill yozuviga o‘girib nashr qilish tushuniladi.
Endi bevosita tarjima qilib ilmiy muomalaga kiritishga keladigan bo‘lsak. Bu jarayon nihoyatda mashaqqatli ish sanaladi. Masalan, bitta manbani tarjima qilib, izohlab, tadqiqot qism yozib nashr qilishga uch yil vaqt ketadi. Shunga qaramay, har yili 10dan ziyod turli mavzudagi asarlar tarjima, tabdil qilinib, ilmiy muomalaga kiritiladi».
«26 ming jild qo‘lyozma, 40 ming jildga yaqin toshbosma, 5 mingdan ziyod tarixiy hujjatlar saqlanadi»
Qo‘lyozma asarlar fondi mudiri Sharifjon Islomov fond faoliyati haqida hikoya qilib berdi.
«Ushbu qo‘lyozmalar fondi o‘zining boyligi, turli fan sohalarining xilma-xilligi bo‘yicha dunyodagi eng boy qo‘lyozma fondlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli 2000 yili YuNeSKOning butunjahon madaniy ro‘yxatiga kiritilgan. Va butunjahon merosi sifatida saqlanadi.
Fondimizda 26 ming jild qo‘lyozma, 40 ming jildga yaqin qadimgi toshbosma uslubidagi kitoblar saqlanadi. Bundan tashqari, 5 mingdan ziyod asl nusxadagi tarixiy hujjatlar bor. Shuningdek, mikrofilm va fotoyeopiyalar fondlarimiz ham bor. Bu video va fotolar xorijdagi fondlarda saqlanayotgan kitoblardan olingan.
Bu ulkan meros fanning turli sohalariga oid. Xususan, tabobat, kimyo, matematika, tarix, islom ilmlari — ajdodlarimiz shug‘ullangan barcha fan sohalariga doir manbalar o‘rin olgan. Qo‘lyozma manbalar IX asrdan boshlab XX asrgacha bo‘lgan davrga oid bo‘lib, arab, fors, qadimgi turkiy va boshqa sharq tillarida yozilgan», – deya ma’lumot berdi fond mudiri.
Fond o‘z ichida bir necha yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Sharifjon Islomov nodir qo‘lyozmalarni saqlash, zararlangan sahifalarning restavratsiya jarayonlari, shuningdek, qo‘lyozma va toshbosma asarlarning fotomodellari yaratilishi jarayoni va qiroatxona bilan ham yaqindan tanishtirdi.
«Qo‘lyozma manbani saqlashning o‘ziga xos talablari mavjud va xalqaro normalari ham bor. Qo‘lyozmalarning barcha qismlari tabiiy ashyodan bo‘lgani uchun maxsus harorat, maxsus yorug‘lik va quyosh nurlaridan keladigan ultrafiolet nurlaridan himoyalanishi zarur. Bu manbalarning bizdan keyin yana ming yillar saqlanib turishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, sahifalardagi siyohlar, rang-tasvirlarning saqlanib qolishini ta’minlaydi. Mazkur fond bu borada dunyo miqyosida barcha talablarga javob beradi, desam bo‘ladi.
Manbalarni saqlash deganda, bir qancha bo‘limlar nazarda tutiladi. Yuqorida aytilgani – bevosita saqlov bo‘limi. Keyingi bo‘lim ularni ta’mirlash: qo‘lyozmalardan foydalanish jarayonida tabiiy ravishda manbalar zararlanadi. Shuningdek, fond ixtiyoriga o‘tgunga qadar turli ob-havo sharoitlarida saqlangan kitoblar zarar topgan bo‘lishi mumkin.
Odamlar orasida bir savol yuradi – noyob qo‘lyozmalar miqdori qancha? Umuman olganda, har bir ko‘chirilgan qo‘lyozma o‘zicha noyob, chunki uning takrori yo‘q.
Bevosita davlat rahbarlari, xonlarga hadya qilinadigan juda katta formatdagi qo‘lyozmalar ham bor. Ular gorizontal holatda saqlanadi. O‘z davrida bularning og‘irligiga qarab, yozgan odamga haq to‘langan», deydi fond mudiri.
«Bizda qo‘lyozma asarlarni restavratsiya qilish bilan shug‘ullanadigan maxsus mutaxassislar tayyorlanmaydi»
«Noyob manbalar ta’mirlanadigan restavratsion laboratoriyada barcha qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar va bosma asarlar ta’mirlanadi. Xodimlar – asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilari. Lekin u yerda ham qo‘lyozma asarlarni restavratsiya qiluvchi maxsus yo‘nalish yo‘q. Shu ma’noda bu yo‘nalishda milliy kadrlarni yetishtirish dolzarb hisoblanadi.
Hozircha bu borada ustoz-shogird tizimi asosida bakalavr, magistr talabalarini fondga jalb etib, mutaxassis tayyorlab kelmoqdamiz.
Tarixiy hujjatlarni restavratsiya qilishda, avvalo, konservatsiya amaliyotini bajarishadi, ya’ni qog‘ozni mustahkamlash ishini qilishadi. Keyin qismlarni butlash uchun maxsus yapon qog‘ozidan foydalanishadi.
Bu xodimdan katta mas’uliyatni talab etadi, shuning uchun ham tajribaga ega, malakali, sinovlardan o‘tgan xodimlarga asl nusxadagi manbalar beriladi.
Bizda tarixiy hujjatlarni ta’mirlash va tadqiqi bo‘yicha maxsus loyiha bor. Unda qo‘lyozmalar fondidagi 5 mingga yaqin tarixiy manbalar ro‘yxatini qilib, ularning zararlangan qismlarini o‘rganib chiqqanmiz. Hozirda bu borada ishlar davom etmoqda. Bir manbani ta’mirlash uchun 2-3 oydan yarim yil-bir yilgacha vaqt ketishi mumkin», – deydi Sharifjon Islomov.
«Skaner bo‘limida 20 ta mutaxassis o‘rniga 3 kishi ishlamoqda»
«Skaner bo‘limiga kelgan kitoblar birinchi navbatda registratsiya qilinadi. Fransiyadan aynan qo‘lyozma asarlarning fotonusxalarini yaratish uchun skanerlar keltirilgan. Agar qo‘lyozma varaqlari qatlari to‘liq ochilsa, kitobga jiddiy shikast yetishi ehtimoli bo‘ladi. Shu bois ularni 120 gradusda ochilgan holatda skaner qilish xalqaro miqyosda qabul qilingan.
Buning afzalliklaridan yana biri boshqa skanerlar kabi kuchli nur bermaydi, asosan kameralar suratga oladi va programma orqali birlashtirilib, elektron variant tayyorlanadi. Skanerlangan kitoblar serverga yuboriladi, u yerda kitobning asl holatdagisi bilan bir xilda raqamlanadi.
Har bir bo‘limni, jarayonni o‘z yechimini kutayotgan muammolari bo‘ladi. Bizda birinchi navbatda kadrlar masalasi turibdi. Shunaqangi noyob manbalarni elektronlashtirishga qiziqishi bor, shu jarayonda ishlagan kadrlar bilan to‘ldirishimiz kerak. Bu yerda kamida 20 nafar mutaxassis elektronlashtirish bilan shug‘ullanishi zarur. Afsuski, hozirda 3 mutaxassis ishlaydi, bu bilan ulkan fondni qisqa muddatda elektron shaklga o‘tkazishning imkoni yo‘q.
Oddiy mutaxassis buni eplab ketishi qiyin. Arab, fors tillarini bilishi talab qilinadi. Bunday mutaxassisni ishga jalb etish uchun esa maosh ham shunga yarasha yuqori bo‘lishi kerak.
500-600 ming so‘m oylikka ishlaydigan mutaxassisning kelishi juda qiyin. Hatto talabalar ham yuqori maosh bo‘lsagina ishlashi mumkinligini aytishadi. Buning uchun esa bizda imkon yo‘q. Kadrlarni ishga olishda mana shunaqa to‘siq-qiyinchiliklarga duch kelib turibmiz».
«Kartoteka zali – qo‘lyozma fond kaliti»
«Kartoteka zali qo‘lyozma fondimizning kaliti hisoblanadi. Ya’ni qaysi asar qaysi raqamda saqlanadi, mutaxassis uchun shuni bilish kifoya qiladi. Qiroatxona xodimlari esa olimga o‘sha qo‘lyozmani olib kelib berishadi.
Shu bilan birga, asosiy qo‘lyozmalar fondining elektron reyestri internet saytimizda ham joylashtirilgan.
Ba’zilar aytishadi, hammasini internetga qo‘ysanglar bo‘lmaydimi, hammaga erkinlik bo‘lsin, degan ma’noda. Bu tajriba dunyoning biror-bir fondida yo‘q. Chunki bu – o‘sha davlatning mulki. Hamma ham birinchi o‘rinda o‘zida shu jarayonni qilishni xohlaydi. Aksincha, bularning hammasini nashr qilib, undan keyin bersak bo‘ladi. Nashr qilinmaganlarini o‘zimizning kadrlar o‘rganishini, tanqidiy matnlar yaratishini istaymiz. Dunyoning barcha fondlari mana shu pozitsiyadan turib yondashishadi».
«Qo‘lyozma kitoblarni sotib olish 3 mln so‘mdan boshlanadi»
«Ma’lumki, aholi qo‘lida juda katta miqdorda noyob qo‘lyozmalar, bosma nashrlar saqlanadi. Guvohi bo‘lyapmizki, tarixiy hujjatlar, xonlarning yorliqlari ham chiqyapti.
Xalq qo‘lida saqlanayotgan mana shu qo‘lyozmalarni sotib olish ishlari bilan ham shug‘ullanamiz. To‘lovlarni Innovatsion rivojlanish vazirligi amalga oshiradi. Biz manbalarni ekspertizadan o‘tkazamiz. Respublika miqyosida tayinlangan baholash komissiyasi tomonidan kitoblarning qiymatlari baholanadi.
Aholidan imkon qadar yuqori qiymatlarda sotib olishga harakat qilamiz. Qo‘lyozma uchun eng kam ish haqining 15 baravari boshlang‘ich narx sifatida beriladi. Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan davri, bezagi, ilmiy ahamiyatiga qarab uning narxi oshib boraveradi», – deya ma’lumot berdi Qo‘lyozma asarlar fondi mudiri Sharifjon Islomov.
Yigitali Mahmudov va
Muhammadjon G‘aniyev tayyorladi
Kitob – aql chirog’i, tafakkur qanotidir
Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri bo’lgan ushbu tanlov, joriy yil yana o’zining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tanlov balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun maʼnaviyat sarchashmasi, insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada oʻtkazilgan katta bayram tantanasi boʻldi. Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri boʻlgan ushbu tanlov, joriy yil yana oʻzining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.
— Ona tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova. — Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning toʻrtinchisi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2020-yillar davomida 2 million 470 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Bugungi kunga qadar tanlovning respublika bosqichida 164 nafar yigit-qiz ishtirok etdi va shundan 8 nafar tanlov gʻoliblari Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasini sovrin sifatida qabul qilib oldi. Bu yil tanlovning respublika bosqichi doirasida ilk bor nishonlanayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham oʻziga xos ruhda oʻtkazildi. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan gʻolibga kompyuter jamlanmasi, uchinchi oʻringa 200 dona kitob sovgʻa qilingan boʻlsa, bu yil mos ravishda 30 million va 15 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Darhaqiqat, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yana-da oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mazkur tanlovning oʻrni beqiyos. Shu bois, unda ishtirok etuvchilarning soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda. “Yosh kitobxon” tanlovi 10-14, 15-19, 20-30 yoshlar toifasida toʻrt bosqichda tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun 300 ming nafarga yaqin yosh onlayn ariza topshirdi.
Har bir hududdan 3 nafar yosh toifasi boʻyicha bir nafardan, jami 42 nafar gʻolib poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazilgan respublika final bosqichida 5 ta “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, Sheʼriyat”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “Erkin mavzu” shartlari asosida oʻzaro bellashdi.
Tanlovning 10-14 yoshlilar orasida birinchi oʻringa Muhammadfozil Ismoilov (Fargʻona viloyati), 15-19 yoshlilar orasida Maftuna Umarova (Toshkent shahri), 20-30 yoshlilar orasida esa andijonlik Fotima Mamataliyeva munosib deb topildi.
— “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kitobxonlarni ragʻbatlantirish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov boʻlib, toʻrtinchi marotoba oʻtkazildi, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Men toʻrt yil davomida shunga amin boʻldimki, yildan-yilga yosh kitobxonlarning saviyasi, dunyoqarashi, fikrni ifoda etish tarzi koʻp jihatdan ijobiy tarafga oʻzgarmoqda. Tanlovning Nizomi takomillashib borayotganini ham alohida taʼkidlashni istardim. Deylik, bu yil ishtirokchilar 2 ta yangi shart boʻyicha ham bellashdilar. Ularning javoblarini tinglar ekanman, bugungi kitobxonning maʼnaviy saviyasi nihoyatda yuksalib borayotganligidan mamnun boʻldim. Mazkur tanlov kelajakda, albatta, oʻzining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, oʻtgan yili gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ikki nafar yosh kitobxon qoraqalpogʻistonlik Shahzoda Karimboyeva hamda samraqandlik Mohiniso Shomurodova bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu, tanlov, yoshlarga maʼnaviy quvvat, ragʻbat, kuch va eng asosiysi, qalb tozaligi va fikr teranligini beradi.
Ha, kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanotidir. Zero, kitob — insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni aziz, moʻtabar va muqaddas deb biladi.
Maftuna UMAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi, tanlov gʻolibi:
— Qalbimdagi quvonch va cheksiz baxtiyorlik hissini hozir til bilan ifodalashga ojizman. Faqat bir narsani baralla aytishim mumkin: kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochguvchi omad kalitidir. Bugun yana bir bor ilm-fan Vatanining farzandi ekanligimdan va bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatuvchi davlatimiz rahbari borligidan mamnun boʻldim. Bu tanlov barcha tengdoshlarim qatorida oʻzimga boʻlgan ishonchni mustahkamlash barobarida yana-da koʻproq kitob mutolaa qilishga, izlanishga undaydi. Olgan mukofotim yoki gʻolibligim uchun emas, koʻproq onamning yuz-koʻzlarida aks etgan shodlik uchqunlari, Oʻzbekiston degan hur va ozod diyorda tugʻilganim uchun shukronalar keltiraman. Bu yuksak ishonchni oqlash uchun yana-da koʻproq harakat qilaman.
Gulichehra DURDIYEVA,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Qiziqarli malumotlar
Qo‘lyozma asarlarning saqlanishi, restavratsiyasi va o‘rganilishi qay ahvolda? – Qo‘lyozmalar fondiga videosayohat