Qo’lni parvarish qilish
Qo’lni parvarish qilish
DO`STLARGA ULASHING:
Tananing boshqa joylariga nisbatan qo‘l tezroq va ko‘proq kir bo‘ladi. Chunki har bir ish, xatti-harakat eng avvalo qo‘l yordamida bajariladi. Shuning uchun qo‘llarni iliq suvda atir sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Bunda teridagi halok bo‘lgan hujayralar, ular bilan birga esa chang, kir va mikroblar ham yuvilib tushadi. Qo‘lga kir sovun ishlatish yaramaydi, chunki uning tarkibidagi ishqor qo‘l terisini quritib, teri yog‘sizlanadi va sho‘ralaydigan, pust tashlaydigan bo‘lib qoladi.
Qo‘lini tez-tez yuvib turadigan kishilar (oziq-ovqat sanoati, tibbiy muassasalar va shunga o‘xshash boshqa korxonalarning xo-dimlari) iroqi sovun ishlatganlari ma’qul. Qo‘lni yuvgandan keyin har kim o‘z sochig‘iga yoki toza qog‘ozga artishi kerak. Qo‘lni tez-tez yuvganda teri mayinligini yo‘qotmasligi (terini yumsha-tish) uchun suyuq xushbo‘y glitserin hamda maxsus kremlardan biri-ni yoki glitserin, odekolon, novshadil spirtidan baravar miq-dorda aralashtirib tayyorlangan suyuqlikni surish tavsiya etiladi. Dalada, qurilishda, umuman ochiq joylarda ishlaydigan xo-tin-qizlar qo‘l terisini shamol urmasligi, teri mayinligini yo‘qotmasligi uchun ishga chiqishdan oldin qo‘llariga maxsus kremlardan yoki vitaminli vazelindan ozgina surib olganlari ma’qul. Uy-ro‘zg‘orda yoki korxonada qo‘l juda kir bo‘ladigan ish bilan shug‘ullanganda dastlab qo‘lga himoya kremi surib olish, kislota-lar yoki ishqorlar bilan ish qilishdan oldin esa maxsus kremdan surish tavsiya etiladi.
Qo‘l terisi madda boylamasligi uchun qo‘lni iliq suvda sovun-lab yuvgandan keyin novshadil spirtining 0,25 protsentli iliq eritmasiga (buning uchun bir stakan suvga bir choyqoshiq novshadil spirti solinadi) botirish, so‘ngra sochiqqa artib, vitaminli kremlar yoki boriyli vazelin surib singdirish kerak.Terisi dag‘allashib, g‘adir-budir bo‘lib qolgan qo‘lni kechasi, o‘ringa yotishdan oldin iliq suvga 10 minut botirib turish juda foydali (bir litr iliq suvga bir choyqoshiqdan ichimlik soda va sovun poroshogi yoki sovunli krem, yoki 1,5 litr iliq suvga bir oshqoshiq glitserin va yarim choyqoshiq novshadil spirti solinadi). So‘ngra qo‘lni sochiqqa artish va maxsus yog‘li yoki vitaminli kremlardan birini uqalab surish kerak. Kremlarning ta’sirini kuchay tirmoq uchun ip gazlamadan tikilgan qo‘lqop kiyib yotish yoki qo‘lga bint o‘rash mumkin. Ba’zi kishilarning qo‘li qizarib yoki ko‘karib turadi. Yurak va qon tomirlari kasalliklariga mutbalo bo‘lgan kishining qo‘lla-ri, shuningdek sovuq (past harorat) uzoq ta’sir etganda yoki tez-tez sovuq oldirganda qo‘l terisi shunday ko‘karib, qizarib turi-shi mumkin. Qo‘l-oyog‘ida qon yaxshi yurishmaydigan (qon aylanishi suyet bo‘lgan) kishilarda bunday hodisa ayniqsa ko‘p uchraydi. Bunday hollarda qo‘lga kamforali spirt, odekolon surish yoki odekolon bilan 6 protsentli osh sirkasini baravar miqdorda aralashtirib hosil bo‘lgan tualet sirkasini surish, keyin kamfora moyi yoki maxsus krem singdirish yaxshi natija beradi. Ketma-ket qilinadigan sovuq va issiq (kontrast) vannalar ham bunday qo‘lga foydalidir.
Ba’zi kishilarning qo‘li terlaydi, sovuq seziladi. Bu kamchi-lik odatda nerv sistemasi faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi. Qo‘l gigiyenasiga yaxshi ahamiyat bermaslik oqibatida ham shunday bo‘lishi mumkin.Organizmni mustahkamlaydigan choralar, masalan sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, vaqtida mehnat qilib, vaqtida dam olish, vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qilish, normal uyqu va shu kabilarga alohida ahamiyat berish kerak. Bundan tashqari, qo‘lni sovuq suvda sovun lab tez-tez yuvib turish va kaftlarga 1—2 protsentli salitsilli spirt, odekolon, urotro-pinning 40 protsentli eritmasi yoki terlashdan sakdaydigan maxsus qalam surish yaxshi natija beradi. Qo‘l kamroq terlashi uchun yuvishga ishlatiladigan suvga novshadil spirt (1 l suvga 1 choyqoshiq) qo‘shish mumkin. Terlatmaydigan dorilarni odatda uyquga yotishdan oldin qo‘lni -yuvgach, kaftga paxtada surish va artmasdan quritish kerak. Ertalab uyqudan turgach qo‘lni suvga chayib tualet sirkasi bilan artish tavsiya etiladi. Quyuq choy, shalfey bargla-ri yoki eman po‘stlog‘i damlamasiga qo‘lni botirib turish (vanna qilish), so‘ngra kaftlarga talk sepish ham foydali. Qo‘li juda terlaydigan kishilarga sintetik materialdan tikilgan qo‘lqop yoki qalin charm qo‘lqop kiyish tavsiya etilmaydi.
Tirsak to‘g‘risida ham bir-ikki og‘iz so‘z aytib o‘tish joiz. Ba’zi birovlarning tirsak terisi qotib, qoramtir bo‘lib qoladi. Bunday kishilar tirsagini haftada 2—3 marta iliq suvda sovun-lab, yuvishi, ayni vaqtda pemza (ko‘piksimon g‘ovak tosh) bilan salgina ishqalashi, so‘ngra toza teriga maxsus kremlardan birini surishi va limon suvi shimdirishi zarur. Qremni va limon suvini 10-15 minutdan keyin yuvib tashlab, ho‘l teriga yana krem surish kerak. Tirsakning terisi qoramtir bo‘lsa, unga kechasi, uyquga yotishdan oldin oqartiruvchi kremlardan surish, ertalab tirsakni sovunlab yuvgach turli yumshatuvchi kremlar surish mumkin.«Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi» O’zbekiston milliy ensiklopediyasi
Qo’lni parvarish qilish