Qo’l parvarishi va tirnoq parvarishi to’liq malumot oling
Sog’lom va chiroyli qo’llarga ega bo’lishni kim xohlamaydi deysiz. Kundalik hayotimizdagi yumushlar natijasida esa ko’proq bu holatning aksiga guvoh bo’lamiz. Аmmo, har bir ayol kishi go’zal bo’lishga haqli, buning uchun ozgina harakat, xohish va to’g’ri maslahatlar zarur!
Chorasi
Uy yumushlarini bajarayotganingizda himoya qo’lqopini kiyishni kanda qilmang. Pardoz qurollaringiz orasidan qo’l uchun mo’ljallangan namlantiruvchi va yumshatuvchi, tarkibida yog’ va o’simlik ekstrakti bo’lgan kremlar ham o’rin olsin. Ulardan har kuni, qutisida ko’rsatilgan vaqtda muntazam foydalanish maqsadga muvofiq.
Qo’l terisida muammolar sababi nimada?
Qo’l terisida yuzdagi kabi yog’ qatlami bo’lmaganligi sababli, vaqt o’tgani sayin quruqlashib boraveradi va natijada tez shikastlanadigan bo’lib qoladi. Qo’l terisining birinchi raqamli dushmani — xlorli, qattiq vodoprovod suvi hisoblanadi. Tarkibida triklozan bo’lgan, bakteriyalarga qarshi kurashuvchi turli gigienik sovunlar, kundalik turmushimizda qo’llaniluvchi tozalash vositalarining deyarli barcha turdagisi qo’l terisining ta’sirchan va nozik qismi-elastik himoya qatlamini quritib yuboradi.
1. Tuxum va asalli niqob: 1 dona tuxum sarig’iga 1 choy qoshiqdan asal va suli uni solib, smetanaga o’xshash massa hosil bo’lgunicha aralashtiramiz. Tayyor bo’lgach, qo’lga suramiz.
Qo’llanilish muddati: 15-20 daqiqada.
Ta’siri: terini yumshatib, ajinlarni bartaraf etadi.
2. Tirsaklar uchun: 1 choy qoshiqdan mayda tuz, qaymoq, limon sharbati, 0,5 choy qoshiq ichimlik sodasi, 1 choy qoshiq vodorod peroksidi. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, tirsaklaringizga surib, tsellofan paket bilan o’rab qo’ying.
Muddati: 45 daqiqa.
Ta’siri: quruqlashgan hamda dag’allashgan tirsak terisini sog’lom holatga qaytaradi.
3. Oqartiruvchi: bir bo’lak non mag’zi iliq sutda ivitiladi. Аralashmani qo’l terisiga surib, muammoli joylarga ishqaymiz. Shu o’rinda limon ham oqartiruvchi xususiyatga egaligini eslatib o’tmoqchimiz.
Muddati: 20 daqiqa.
Ta’siri: yoriqlarda to’planib qolgan kirlarni yo’qotib, terini tiniqlashtiradi.
4. Mayonezli niqob: biroz miqdorda mayonez olib, qo’llaringizga suring va ustidan matodan ishlangan qo’lqop kiyib oling.
Qo’llanilish vaqti: 30 daqiqa.
Ta’siri: terini oziqlantirib, yumshatadi.
5. Glitserinli: 1,5 osh qoshiq suli uni, 1 osh qoshiq issiq suv, shuncha zaytun yog’ini yaxshilab aralashtiramiz. Аralashmaga 1 osh qoshiq limon sharbati va 1 choy qoshiq glitserin qo’shamiz.
Qo’llash muddati: 15 daqiqa.
Ta’siri: qo’l terisini shoyi kabi silliq qiladi.
Tirnoqlarni parvarishlaymiz
Bu borada qilish lozim bo’lgan quyidagi tavsiyalarni berib o’tamiz:
Oziqlantirish. Tirnoqlar sinuvchanligini bartaraf etish uchun ularni turli yog’ va kremlar bilan muntazam oziqlantirib turish lozim. Ular ichida eng samaralisi zaytun yog’i hisoblanadi.
Tuz va yod ham tirnoq salomatligi va chiroyli ko’rinishi garovidir. 1 stakan suvga 1 osh qoshiq tuz va bir necha tomchi yod qo’shib, aralashtiring. Suyuqlikka paxtani botirib, tirnoqlaringizni artib chiqing. Bu muolajani har kuni bajarib turish tirnoqlar qavat-qavat bo’lib ajralib qolishining oldini oladi.
Engil uqalash — tirnoq osti tomirlarini harakatga keltiradi, ularning yaxshi o’sishini ta’minlab, mustahkamligini oshiradi. Eng asosiysi, bu ish sizdan ko’p vaqt ham, kuch ham talab qilmaydi.
Foydali Maslahatlar
Qo’l parvarishi va tirnoq parvarishi