Qobilova Ziyoda O‘tkirovna Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Ziyoda O‘tkirovna Qobilova — qo‘shiqchi va aktrisa, ko‘proq Ziyoda tahallusi bilan mashhur. Yoshligidan o‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini kuylashni xush ko‘rgan. Maktabni bitirgach, Hamza nomidagi musiqali kollejda o‘qigan.
O‘zbekistondagi “Yil qo‘shig‘i — 2014” tanlovida “Sevadi mani yorim” qo‘shig‘i eng sara qo‘shiqlar 20 taligidan joy oladi.
O‘zbek va ingliz tillarida kuylaydi. O‘zbekistondan tashqarida Ruslananing Wild Dances qo‘shig‘iga binoan shuhrat qozonadi.
Ziyoda, shuningdek, O‘zbekistonning bir qator dramatik filmlarida ham suratga tushadi.
Ziyoda o‘z ijodida ommabop jahon xitlaridan foydalanganligi bois, ko‘pincha tanqid ostiga tushadi. Ammo qo‘shiqchi bunga e’tibor bermay, o‘z ijodida jahon xitlaridan foydalanishda davom etadi. Bundan tashqari, o‘z ijodida Ruslana va Britni Spirs qo‘shiqlarining kuylaridan foydalanuvchi yagona o‘zbek qo‘shiqchisi. Shu yo‘sinda davom etarkan, o‘zbek tili boshqa tillardan kam emasligini isbotlaydi. Uning ijrosidagi “Xattuba” qo‘shig‘i eng mashhur sharq qo‘shiqlari jahon kollektsiyasidan joy oladi. Ziyoda jasurlikda unga tengi yo‘qligini isbotlaydi. Axir, “Ali bobo va qirq qaroqchi” o‘zbek-hind kinofilmidagi mashhur qoshiqni kuylaydi. Ziyoda ushbu otashin qo‘shiqni maromiga yetkazib kuylay olgan.
Arboblar
Qobilova Ziyoda O‘tkirovna
manba:arboblar.uz