QOʻSHTIRNOQ

QOʻSHTIRNOQ

QOʻSHTIRNOQ — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, koʻp (toʻrt) element-li, qoʻshaloq holda ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Uning umumiy meʼyor hisoblangan grafik shakli „ «dan iborat boʻlib, nashriyot ishlarida «» shaklida ham qoʻllanadi; ilmiy uslubda yakka tirnoq shaklida (, ʻ) ishlatiladi. Uning birinchi qismi ochiluvchi Q, ikkinchisi esa yopiluvchi Qoʻshtirnoq deb yuritiladi. Ushbu tinish belgisi oʻzbekcha matnlarda 1886-y. dan «Turkiston viloya-tining gazeti» sahifalarida qoʻllana boshlagan.

Ensiklopediya.uz
QOʻSHTIRNOQ