QOʻSHMA KORXONA
QOʻSHMA KORXONA — boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Q. k. oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatla-raro shartnomalar asosida tashkil qilinib, i. ch., ilmiy-i. ch., ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, q. x., qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.
Ensiklopediya.uz
QOʻSHMA KORXONA