QOʻSh

QOʻSh

QOʻSh, muqobila (qarama-qarshi, oʻzaro monand) — mahalliy meʼmorlik tarixida majmua yaratish uslubi; 14-a. dan Oʻrta Osiyoda keng qoʻllaniladi. Qoʻsh uslubida bunyod etiladigan maj-muada 2 bino bosh tarzlari bilan bir-biriga roʻbaroʻ quriladi: Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro va Sulton Ali maqbaralari; Samarqand Regms/lonidagi Ulugʻbek va Sherdor mad-rasalari va b. Samarqanddagi Bibixo-nim ulkan meʼmoriy majmuasidagi Amir Temur jome masjidi va Bibixonim madrasasi 1399—1404-y. larda qurilgan; Buxorodagi Ulugʻbek va Ab-dulazizxon madrasalari mos ravishda 1417 va 1652-y. larda bunyod etilgan va b. Q. uslubida majmualar tuzish Oʻrta Osiyo meʼmorligi (shaharsozligi)da katta badiiy mujassamot ahamiyatiga ega boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
QOʻSh