QOʻRGʻONTEPA SUV OMBORI
QOʻRGʻONTEPA SUV OMBORI — Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani jan. da, Oltiariq shaharchasidan 10 km uzoqlikda barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Shohimardon daryosi va Fayziobodsoy suvini mavsumiy yigʻadi. 1-navbati 1975—77, 1-navbati 1980—81 y. larda qurilgan. Suv ombori yonma-yon joylashgan 2 ombordan iborat, tabiiy soyliklarning oldini toʻsib hosil qilingan. Arabtepasoyda kurilgan 1-omborning toʻliq hajmi 24,0 mln. m tuproqli toʻgʻoni bal. 45 m, toʻgʻoni uz. 620 m, suv yuzasi 2,4 km maksimal suv chiqarish imkoniyati 5 m/ sek. Kemkoʻlsoydagi 2-omborning toʻliq hajmi 8,7 mln. m3, toʻgʻoni bal. 35 m, uz. 450 m, «suv yuzasi 1,3 km suv oʻtkazish imkoniyati 10 m3/sek. Janubiy Fargʻona kanalita va Soʻx-Shohimardon kanaliga suv beradi, 11 ming ga yer maydonini sugʻoradi.
Ensiklopediya.uz
QOʻRGʻONTEPA SUV OMBORI