QOʻQONGUL

QOʻQONGUL

QOʻQONGUL, qashqargul, astra — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum oʻsimliklarning umumiy nomi. 200 turi maʼlum. Shim. va Jan. Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. SaShz1erizning yagona turi — xitoy yoki bir yillik Qoʻqongul (S. spshepz15) Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi, gullari yirik, savatchaga yigʻilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va b. xillari manzarali Qoʻqongulning urugʻboshisi hisoblanadi. 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, boʻyi va gullarining joyla-shishi bilan farq qiladi. Qoʻqongulning ikkinchi Az1eg turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan koʻp yillik oʻtlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, toʻpgullarga yigʻilgan. Tundradan to oʻrmon zonasigacha boʻlgan yamlovlar, dashtlar, togʻ zonalarida oʻsadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Ensiklopediya.uz
QOʻQONGUL