QOʻQON JOME MASJIDI

QOʻQON JOME MASJIDI

QOʻQON JOME MASJIDI — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (1819 — 22); Qoʻqon xoni Umarxon nomi bilan bogʻliq. Masjid ulkan xonaqoh va uni uch tomonidan oʻrab olgan 98 yogʻoch ustunli keng ayvon hamda minoradan iborat. Bino devorlari ganchkori, izo-ralari chaspak uslubida, ayvon shifti toʻsinlari islimiy va girih naqshlar, ustunlar kalla muqarnaslar, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, tag-kursilar marmardan ishlangan. Minora konussimon shaklda, yuqori qismi 6 qirrali qafasa tuynuk va qubba bilan tugallangan, bezaksiz. Minora yuqorisiga aylanma zina orqali chiqiladi.

Ensiklopediya.uz
QOʻQON JOME MASJIDI