QOʻNGʻIZLAR
QOʻNGʻIZLAR, qattiqqanotlilar — hasharotlar turkumi. 140 oilasi, 300 mingdan ortiq turi maʼlum. Qoʻngʻizlarning tana uz. 0,25—180 mm. Yumshoqtanlilar oilasining vakillaridan boshqalarida tana qoplami sklerotlashgan. Bosh, koʻkrak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanot (elitra)ga aylangan boʻlib, qorin va ikkinchi — orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. Toʻla oʻzgarish bilan rivojlanadi (q. Hasharotlar). Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan oʻralgan. Lichinkalari 2 xil: kampodesimon — harakatchan, oyoqlari yaxshi rivojlangan, yirtqich (mas, sassiq qoʻngʻizlar, yumshoqtanlilar, bitxoʻr xonqizi qoʻngʻizlari va b.) va eruksimonlar — seret, kamharakat.
Ensiklopediya.uz
QOʻNGʻIZLAR