QOʻMITA haqida to’liq ma’lumot oling
QOʻMITA — 1) maxsus tadbirlarni oʻtkazish yoki biron-bir sohaga rahbarlikni amalga oshirish uchun tuziladigan davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasida bunday organ Prezidentning farmoniga asosan tashkil etiladi va tugatiladi hamda Oliy Majlis palatalari tasdigʻiga kiritiladi. Ular vakolatining chegarasi farmonda va shu organlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklangan nizomda koʻrsatiladi. Ushbu organlar rahbari etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan rais tayinlanadi. Qoʻmita rahbarlarining buyrugʻiga asosan quyi organlar tashkil qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda davlat qoʻmitalari va qoʻmitalar mavjud. Qoʻmitalar — Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita; 2) siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va b. da saylab qoʻyiladigan kollegial rahbar organ (partiya markaziy qoʻmitasi, kasaba uyushma qoʻmitasi va sh. k.).
Malumotlar
QOʻMITA