QOʻMIQ TILI

QOʻMIQ TILI

QOʻMIQ TILI — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; RFning Dogʻiston, qisman Checheniston, Ingushiya, Shim. Osetiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 282 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Qoʻmiq tilida asosan 3 ta: boʻynoq, qaytaq, xasavyurt lahjalari farqlanadi. Ularda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Qoʻmiq tili qipchoq guruhiga mansub boʻlsa-da, unda oʻgʻuz tillariga xos belgilar ham kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
QOʻMIQ TILI