Qizlik pardasini tekshirish ekspertizasi — bokiralikni aniqlash usullari mavjudmi? to’liq malumot oling
Hozirgi kunda ba’zi ayollarda qizlik pardasi tug’ma bo’lmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Boshqa ayollarda qizlik pardasi juda elastik bo’lishi mumkin, shuning uchun jinsiy aloqa unga zarar yetkazmaydi. Kimningdir qizlik pardasi esa juda nozik bo’lib masalan, mashg’ulotlar paytida yorilib ketishi mumkin. Hamma odamlar har xil va qizlik pardasi ham sezilarli darajada farq qiladi.
Jinsiy va reproduktiv salomatlik bilan bog’liq ko’plab ilmiy asoslanmagan afsonalar va noto’g’ri tushunchalar mavjud. Shunga qaramay, ba’zi afsonalar shunchalik keng tarqalganki, ular odamlarning sog’lig’iga, xavfsizlik va farovonlik tuyg’usiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ushbu maqolada biz ayollarning jinsiy aloqasi, «bokiralik ekspertizasi» va qizlik pardasi haqidagi noto’g’ri ma’lumotlar mavzusiga to’xtalamiz.
Qizlik pardasi tuzilishi
Qizlik pardasi yoki gimen bu — qin kirish qismida joylashgan shilliq qavatning burmasi.
Tibbiy sharoitda ham, ayol tanasi va jinsiy aloqa haqida gapirish va hayz ko’rish, vulva va klitor so’zlarini ishlatish uyatli ko’rinadi. Sharmandalik va tahqirlanish tuyg’usi ma’lumotlarning yetishmasligiga olib keladi, bu esa ayollarning jinsiy va reproduktiv huquqlarini himoya qilishga bevosita ta’sir qiladi. qizlik pardasi afsonalar va e’tiqodlar bilan o’ralgan. Va afsuski, dunyoda qizlik pardasi yo’qligi yoki uning g’ayrioddiy tuzilishi sababli ijtimoiy mavqei, salomatligi yoki hatto hayotiga zarar yetkazadigan ayollar va qizlar bor.
Ko’p odamlar uchun qizlik pardasi hech qanday funksiyaga ega emasligi yangilik bo’lib qoladi: bu holda biz shunchaki jinsiy a’zolar rivojlanishi natijasida hosil bo’lgan rudiment (evolyutsiya jarayonida o’z ahamiyatini yo’qotgan tuzilma) haqida gapirmoqdamiz, bu tuzilma tibbiy ahamiyatga ega emas. Bunday anatomik tuzilish maqsadi nima bo’lishi mumkinligi haqidagi savolga evolyutsion biologlar ham javob bera olmaydilar.
Qizlik pardasi qanday teshiladi?
Afsuski, qin anatomiyasi, shu jumladan qizlik pardasi to’g’risida ko’plab noto’g’ri tushunchalar mavjud. Masalan — qizlik pardasi qinning old qismida joylashgan va birinchi jinsiy aloqa paytida siz yorib o’tishingiz kerak bo’lgan devorga o’xshash narsa, shuning uchun, birinchi kirish (jinsiy olatni qin ichiga kiritish) paytida, qizlik pardasi yirtilib qon ketishi va jinsiy aloqaning o’zi ayol uchun og’riqli bo’lishi kerak, deb noto’g’ri ishonishadi. Bu, o’z navbatida, birinchi jinsiy aloqa paytida og’riq yoki qonning yo’qligi ayolning «bokira» emasligidan dalolat beradi degan noto’g’ri xulosaga olib keladi.
Ilmiy tadqiqotlarga ko’ra, birinchi jinsiy aloqada qon izlari odamlarning atigi 25 foizida paydo bo’ladi. Bu, odatda, qizlik pardasi yorilishi sababli emas, balki qin shilliq qavatining shikastlanishi bilan bog’liq. Qon va og’riqning paydo bo’lishi ko’pincha birinchi jinsiy aloqada bo’lgan sheriklar o’rtasidagi hayajon va aloqaning yetishmasligi tufayli quruqlik va mushaklarning kuchlanishidan kelib chiqishi mumkin.
Jamiyat aloqa, xavfsizlik va tanadagi muxtoriyat haqida gapirish o’rniga «qizlik pardasini buzish» va «aybsizlikni yo’qotish» haqida gapiradi. Bu esa, jinsiy sheriklarga psixologik qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Qizlik pardasini tekshirish ekspertizasi
Afsuski hatto hozir ham kelinning bkira yoki bokira emasligini aniqlaydigan “ekspertlar” mavjud. Bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatdiki, tekshiruv vaqtida hatto shifokorlar ham qizning bokiraligini aniqlay olmaydilar, u holda tibbiy ma’lumotga ega bo’lmagan odamlar qanday qilib biron nimani tekshirishlari yoki ta’kidlashlari mumkin?
Ayollariga qarshi jinsiy zo’ravonlik holatida ko’zga ko’rinadigan shikastlanishlar bo’lishi mumkin, ammo jinsiy zo’ravonlik harakatlari ko’pincha jismoniy izlari qolmaydigan tarzda amalga oshiriladi.
Bokiralikni qanday aniqlasa bo’ladi?
«Bokiralik» va uning qizlik pardasiga bog’liqligi tibbiy dalilsiz afsonadir. Shuning uchun biron nimani bilmoqchi bo’lsangiz, qiz yoki ayolning o’zidan, yumshoq tarzda so’ragan afzalroqdir. Lekin bokiralikni yo’qotish haqida gapirish ayol jinsiy aloqasiga salbiy munosabatni aks ettiradi.
Jinsiy va reproduktiv salomatlik haqida gap ketganda, inson xavfsizligi, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi, roziligi, jinsiy hayotdan qoniqish hissi shilliq qavatning holati bilan baholamasligi kerak.
Bundan tashqari, qin bilan jinsiy aloqada bo’lmasdan turib, bo’shashish qin ustida yoki vulvada sodir bo’lsa homilador bo’lish imkoniyati mavjud. Ushbu bilim juda katta ahamiyatga ega, chunki dunyoda «qizlik» ni saqlab qolish uchun, anal yoki og’zaki jinsiy aloqa bilan shug’ullanadigan mintaqalar mavjud. Ham og’zaki, ham anal aloqa jinsiy aloqa bo’lib, har ikkala holatda ham kasallik yuqtirish xavfi mavjud.
Har bir inson yaxshi jinsiy va reproduktiv salomatlik huquqiga ega!
Har bir inson yaxshi jinsiy va reproduktiv salomatlikka, o’z tanasi va sog’lig’i to’g’risida majburlash, zo’ravonlik, qo’rqitish va kamsitishlarsiz mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. Sog’lik nafaqat kasallikning yo’qligi, balki eng yaxshi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatdir. Bu shuni anglatadiki, jinsiy va reproduktiv salomatlik ham sog’liq, ham ijtimoiy jihatlarga ega va jinsiy va reproduktiv huquqlarni himoya qilish samarali va huquqlarga asoslangan sog’liqni saqlash tizimini, shuningdek, huquqiy va ijtimoiy tizimlarni talab qiladi.
Yetarli bilim odamlarga dalillarga asoslanib tanlov qilish, o’zlarini xavfsiz his qilish, o’zlari uchun tanasi va sog’lig’i to’g’risida qaror qabul qilish va kerak bo’lganda yordam so’rashga imkon beradi.
Manba: Feministeerium.ee / Shifo.uz
Jinsiy tarbiya
Qizlik pardasini tekshirish ekspertizasi — bokiralikni aniqlash usullari mavjudmi?