Qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi kerak? to’liq malumot oling

Qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi kerak? to’liq malumot oling

Ha, qizlar hazil-mutoyibani xush  ko’radigan, o’ziga  ishongan yigitlarni yoqtiradilar. Biroq  yonlarida ma’lum  sifatlarga ega bo’lgan boshqa toifadagi yigitlar bo’lishini xohlaydilar. Bugun Gooper.uz‘da sizga qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi haqida ma’lumot beramiz. Marhamat!
Mundarija скрыть

Qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi kerak?

Ko’ngil olish ustalari qiziqish bilan intilishning farqini allaqachon ochib bo’lishgan. Qizlar mehribon, qiziqish  uyg’ota  oladigan yigitlar yoqishini aytishadi, ammo ular faqatgina qiziqarli muloqot uchundir. Munosabatlari chuqurlashib, yigitlar  ko’zlagan maqsadlariga yetishsa ham, bu ularning mehribon va qiziqarli bo’lganlari uchun emas, shunchaki ular atayin yoki o’zlari bilmagan holda o’zlarini shunday tutishganki, qizlarning o’zi ularga nisbatan moyillikni his qilishgan.

Ammo sizning bu “omadlilar” oldida afzalliginigiz bor: quyida keltiriladigan maslahatlardan ongli ravishda foydalanib, qizlarni boshqalardan ko’ra bir necha barobar tezroq ilintirishing yoki hech bo’lmaganda unga yetishish uchun imkoniyatlaringizni ko’paytirishingiz mumkin.

Xo’sh, qizlar qanday yigitlarni xohlashar ekan?

Birinchidan…

ITOATSIZLARNI

Birovlarning xohishiga yurmaydigan va qizlarning belgilagan qoidalariga bo’ysunmaydiganlarni.

Axir ayollar doimo erkaklarga o’z hukmlarini o’tkazmoqchi bo’ladilar. Faqat bu ishni juda ustalik bilan qilganliklari bois, erkaklar buni sezmay qoladilar.

Umuman olganda, itoatsizlik-kuch belgisi. Ichki kuchga ega bo’lgan erkaklargina ayollarning makr- hiylasidan  omon qoladilar. Shuning uchun ham ana shunday sifatlarga ega yigitlarni qizlar yoqtiradilar. Qizlarning  ko’nglini olish uchun boshida hamma yigitlarning imkoniyatlari bir xil  bo’ladi. Shunchaki vaqt o’tgan  sari tashqaridan farishtadek  ko’ringan qiz sizning qat’iyatliligingizni sinab ko’rmoqchi bo’ladi. U ochiqdan-ochiq yoki shama qilib, sizning nohaqligingizni aytishi mumkin. Uning fikriga qo’shilib, ko’nglini ovlashda davom etaversangiz, jozibadorligingizdan asar ham qolmaydi.

Qizning sizga nisbatan bo’lgan moyilligini asrab qolish va kuchaytirishning yagona yo’li — u  tomondan  o’zingizga nisbatan bosimni sezishingiz bilanoq  bo’ysunmasligingizni  ko’rsatib qo’yishingiz kerak.

O’ZINI  HURMAT QILADIGANLARNI

Qiz injiqlik qilganda, siz uning  ko’nglini chog’  qilishga harakat qildingizmi? Unday holda siz unung kayfiyatini  ko’targan  bo’lsangiz ham, uning sizga nisbatan  bo’lgan  moyilligi nolga teng  bo’lib qoladi.

Gap shundaki, uning fikricha ayol kishining  e’tiboridan  qolishdan  cho’chigan  va uning injiqligi paytida qattiqqo’llik  qila olmaydigan erkak, zaifdir.

Ayollar, zaif erkaklar ishonchsiz  bo’ladilar deb, ularga  o’zlarini  ishonib topshirishdan saqlanadilar. Shuning uchun qizlar yigitlarni sinab ko’rmoqchi  bo’ladilar. Ular shunday ish qiladilarki, yigit qizni  yo’qotib qo’ymasligi uchun o’zini hurmat qilishini bildirmasligi mumkin. Natijada esa yigit hurmatini yanayam yo’qotadi (endi butunlay).

Boshqa odamlar bilan muloqotingizni ham diqqat bilan kuzatadi. Birov sizning ustingizdan kulishiga  yo’l  qo’yishingiz bilanoq (hazil tariqasida  bo’lsa ham) siz uni  yo’qotasiz. Endi u haligi “birovni” yoqtirib qoladi. «Nima uchun?»,- deb  so’ramang, bu tabiat qonuni.

SIRLILARNI

Shunday yigitlar borki, ular  o’zlarining yarmini  ko’rsatsalar, yarmini berkitib, sirli  bo’lib yuradilar. Masalan, yomon yigit yosh bolalarni erkalab, ularga mehr bilan muomala qilsa, u shaxsining ochilmagan taraflarini  ko’rsatib  qo’ygan  bo’ladi. Va albatta qizda jumboqni yechganday, yigitni chuqurroq  o’rganish  istagi paydo bo’ladi, uning yomon emas, yaxshi taraflarini topishni istaydi. Buning uchun esa  o’z-o’zidan  qiz yigit bilan  ko’proq  uchrashishi kerak bo’ladi.

Bu sirli hiylani bilishingiz va tadbiq qilishingiz shart.

Hech qachon  o’zingizni  qizga  to’liq ochib ko’rsatmang. U siz haqingizda 100 foiz bilsa, uning sizga nisbatan qiziqishi susayadi.

TAVAKKALCHILARNI

Tavakkalchilik — oliyjanob ish. Bunda nafaqat nimadir yutib olishingiz, balki qarama-qarshi jins vakilasiga yoqa boshlashingiz ham mumkin.

Biroq bu ishning nozik tarafi ham bor: avvaliga unga yoqib qolasiz, so’ngra u sizni havf-xatardan asrash uchun bundan qaytarmoqchi bo’ladi. To’g’ri, bir qarashda niyati yomon emas, ammo sizni “xonakilashtira” olsa, sizga nisbatan moyilligi  yo’qoladi.

DOVYURAKLARNI

Yo’q, gap sizning  ko’chadagi mushtlashishlaringiz haqida emas. Haqiqiy jasurlik hamma ishda namoyon  bo’lmog’i kerak. Shu jumladan, o’z  hissiyotlarini ochiq ifodalay olish va ichki istaklariga  muvofiq holda  ish  tutishi kerak  bo’ladi. Shuni bilib olishingiz kerakki, istaklaringizni qondira olmasligingiz yurush-turishingizda, gap-so’zlaringizda  o’z  aksini topadi. Bu qizlarga ham seziladi va  o’zingizni qanchalik tabiiy tutishingizni ularga bildirib  qo’yadi.

ROMANTIKLARNI

Qizlarga  ko’ngli sust ketgan oshiqlarning fikri  o’laroq, romantik  bo’lishning hech yomon tomoni  yo’q.

Muhim bir qoida bor: qizlar xushtorlik va romantiklikni yigitlarning sarasidan qabul qiladilar, ya’ni yuqorida keltirilgan sifatlarga ega yigitlardan.

Ko’pchilik yigitlar oddiy narsani tushunmaydilar: ishqiy moyilliksiz bo’lgan romantika qiziqishni ham  so’ndiradi.

Shuning uchun ushbu qoidani eslab qoling: avval unda qiziqish uyg’otasan, ana undan keyingina romantikaga  yo’l ochiladi.

ORZU- HAVASLILARNI

Agar boringizga qanoat qilib, ortiqcha narsaga intilmasangiz, demak siz sabr-toqatli va kamtar insonsiz.

Biroq bu sifatlaringiz siz tanishgan qizga yoqmasligi mumkin. Unga orzu-havasli, oilasi va farzandining yaxshi yashashini  ta’minlay oladigan erkak kerak.

Shuning uchun  o’zingizning ulkan orzu-niyatlaringiz haqida  ko’proq gapirishingiz va albatta ularni amalga oshirishga harakat qilishingiz kerak.

Xo’sh, qizlar  o’zi  qanday yigitlarni yoqtiradilar? Muhim ahamiyatga ega erkaklarni. Yuqorida keltirilgan maslahatlar munosib erkaklar obrazini yaratadi, xolos. Bunday ideal erkak rolini uzoq  o’ynolmaysiz. Siz birovning  fe’l-atvoriga  taqlid qilib, yolg’ondan emas, balki chindan, qalban  o’zgarib, yigitlarning eng sarasi bo’lishingiz kerak.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Psixologiya
Qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo’lishi kerak?