Qiziqarli topishmoqlar javobi bilan.
Qiziqarli topishmoqlar javobi bilan.
DO`STLARGA ULASHING:
Qiziqarli topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan. Topishmoqlar
O`zimizda qator soqchi,
Ko`zimizga qarab boq-chi?!(Kiprik)
Qizigan bir kemam bor,
To`xtovsiz borib kelar.
Borib – kelgani sari
To`lqinlarni tekislar.(Dazmol)
Kelib ketar bir yilda,
To`rt og`ayni har xilda(Fasllar)
Ko`kda ko`rdim ko`prik,
Rangi – yeti turlik.(Kamalak)
Cho`zilib yotar Narvon,
Undan o`tar uy- karvon.(Poyezd yo`li)
Yuk ko`tarar burnida
Uy qurish bor bo`ynida.(Quruvchi kran)
Uzoqdan boqdim: bir qora tosh,
Yoniga borsam, to`rt oyoq, bir bosh.(Toshbaqa)
Hech ham tinim bilmaydi,
Lek joyidan jilmaydi.(Soat)
Yorug`i bor, dovrug`i bor,
Izi yo`q, ovozi bor.(Momaqaldiroq)
Safda o`n ikki askar,
Bo`yu basti barobar.
Yo`nsang yog`och po`stini,
Rasmlarga rang berar.(Qalamlar)
Borar bir, kelar bir,
Baribir qo`shig`i: “g`ir – g`ir…”(Arra)
O`rtog`im – ruchka, qalam,
Bir chiziq, katak – dalam.(Daftar)
Boylasam yuradi,
Yechsam to`xtaydi.(Poyafzal)
Oqdir dalasi, qoradir urug`i,
Qo`l bilan ekiladi, ko`z bilan o`riladi.(Daftar va yozuv)
Qo`shig`i asli “qu – qu”,
Tongni qarshi olar u.
Ko`zdan qochsin deb uyqu,
Jar soluvchi so`zi shu.(Xo`roz)
Qat – qat to`nli bu polvon,
Artib yig`ladi Javlon.(Piyoz)
Daraxtlarning barglari,
Rang olar oltin misol.
Qay faslda, ayt, Muslim,
Yuz beradi shunday hol?!(Kuz)
Xavf bo`lsa, koptok bo`lib,
Igna ko`rpa yopadi.
Zumda ko`z ochib turib,
Ilgarilab chopadi.(Tipratikan)
Pishirsang, osh bo`lur,
Pishirmasang, qush bo`lur.(Tuxum)
Ko`zlarimga qilib zo`rlik,
Tongda ketdi charchab, sho`rlik.(Uyqu)
Dumi bor-u, ot emas,
Qanoti bor, qush emas.(Baliq)
To`rt faslda bir xil libos –
Kiyib yashnar, mevasiz.
Aytsam, bog`ning ko`rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.(Archa)
Bozordan oldim bir dona,
Ochib ko`rsam, ming dona.(Anor)
Qishin – yozin bir xil libosda.
(Archa)
Yumshoq, lekin paxta emas,
G`irchillaydi, taxta emas.
Daraxtlarni kiyintirar,
Oppoqqina, yaxtak emas.(Qor)
Hovuzga qopqoq bo`lar,
Ayni qish chog`i.
Bahor nafasi yelgach,
So`nar chirog`i.(Muz)
Choyga solsam erib ketar,
Lazzatini berib ketar.(Shakar)
Yozib umrin tugatar,
Serharakat shu qadar.(Ruchka)
Qiziqarli topishmoqlar javobi bilan.