Qiziqarli ona tili va adabiyot

Qiziqarli ona tili va adabiyot

O’zbek adabiy tili haqida

Joylarda navoiyxonlik kechalari davom etmoqda

Respublikamiz bo‘ylab Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari davom etmoqda.

Qarshi shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun Navoiy tavalludiga bag’ishlangan adabiy-badiiy teatrlashgan konsert dasturi namoyish etildi.

Turkiy tilni, o‘zbek adabiyotini tanish Navoiyni anglashdan boshlanadi. Bejizga Navoiyga nisbat berilar ekan daho, buyuk singari yuksak sifatlar keltirilmaydi. Har bir kunini yurt ishqi, xalq g‘ami bilan sarf etgan insonni chuqurroq o‘rganish vatanparvarlikning oliy maskani tomon yetaklaydi.

Tadbir dasturida shoir satrlaridan bunyod bo‘lgan qo‘shiqlar ijro etilib, viloyatning taniqli san’at va ijod ahli tomonidan g‘azallari o‘qildi. Adibning Turkiy til jozibasi haqida zamondoshlari bilan qilgan teran munozaralaridan iborat sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bugunning harbiy xizmatchisidan nafaqat jismonan yetuk bo‘lish, balki ma’nan va ruhan barkamol bo‘lish talab etiladi. Ma’naviy kamolotni esa ana shunday tadbirlar yana bir qadar yuksaltirishi tabiiy.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Qiziqarli ona tili va adabiyot

O’zbek adabiy tili haqida

Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi.Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda.

O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda, shuningdek,Afg’oniston, Tojikiston,Qirg’iziston,Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.

O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.

Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:

1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;

2) qipchoq lahjasi;

Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O’zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg’ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan.

Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari,O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”,”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O’zbek adabiy tili Lutfiy,Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi.

1993 yil 2 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.Ushbu qonun

1995 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli o’zgartirishlar bilan qayta qabul qilindi va “Davlat tili haqida”gi Qonun bilan bir qatorda , uning davomi sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar (11-sinov)

“Daryo” Ona tili va adabiyot fanidan 10+5, ya’ni 10 ta savol ona tilidan, 5 tasi esa adabiyot fanidan tuzilgan savollardan tarkib topgan navbatdagi testni havola qiladi. Bugun testimizning o‘n birinchisini taqdim etamiz. Testlarning DTM standartlari asosida tuzilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa imtihonga qadar siz abituriyentlarning testga bo‘lgan chanqog‘ingizni imkon qadar qondirishga ko‘mak beradi, degan umiddamiz.

Testning yuklanishini biroz kuting.

Tuzuvchi: Asror Abdunazarov

Avvalgi testlarni yechishga ulgurmaganlar bo‘lsa, quyidagi havolalar orqali o‘tib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 20:01
Bugun, 19:41
Bugun, 19:35
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlaridan qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

    Tarix hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlari va oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin:

    Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi

    • Andijon davlat universiteti
    • Buxoro davlat universiteti
    • Guliston davlat universiteti
    • Jizzax davlat pedagogika instituti
    • Namangan davlat universiteti
    • Navoiy davlat pedagogika instituti
    • Nukus davlat pedagogika instituti
    • O‘zbekiston milliy universiteti
    • Qarshi davlat universiteti
    • Qo‘qon davlat pedagogika instituti
    • Qoraqalpoq davlat universiteti
    • Samarqand davlat universiteti
    • Termiz davlat universiteti
    • Termiz davlat universiteti Denov filiali
    • Toshkent davlat pedagogika universiteti
    • Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
    • Urganch davlat universiteti

    Falsafa

    • O‘zbekiston milliy universiteti
    • Qoraqalpoq davlat universiteti
    • Samarqand davlat universiteti

    Sharq falsafasi va madaniyati

    • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
    • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

    Mavzuga doir

    2022/2023 o‘quv yilidan maktab bitiruvchilari shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

    Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

    Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Bobur stipendiyasi ta’sis etiladi

    Toshkentdagi 31 ta OTMda darslar soat 9:30 dan boshlanadi

    O‘rta maxsus ta’lim va OTM bitiruvchilarini ishga olganlarga subsidiya beriladi

    Toshkentdagi texnikum negizida Axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi

    Diplom dublikatini yagona portal orqali berish yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekistonda OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Qiziqarli malumotlar
Qiziqarli ona tili va adabiyot