Qiziqarli ma lumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar
- Xulq-atvori patterni; A (ambitsiyalik, agressivlik, kompetentlik, qo’zg’aluvchanlik, mushaklarning zo’riqishi, tezkor faoliyat turi, yurak-tomir kasalliklarining yuqori xavfi) va B (qarshi sifatlar) tipidagi xatti-harakatlar omillari.
- Yordamchi dispozitsiyalar (masalan, optimizm va pessimizm).
- Hissiy patternlar (masalan, aleksitimiya).
- Turli darajadagi muammolarni boshqara olish.
- Moddalar qabul qilish va ularning suiiste’mol qilinishi (spirtli ichimliklar, nikotin, oziq-ovqat buzilishlari).
- Sog’likni mustahkamlaydigan xatti-harakatlar turlari (ekologik muhitni tanlash, jismoniy faollik).
- Sog’lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish.
- Stressorlar.
- Kasallikning mavjudligi (kasallikning o’tkir epizodlariga moslashish jarayoni).
Jismoniy salomatlik omillari:
- Jismoniy rivojlanish darajasi;
- Jismoniy tayyorgarlik darajasi;
- Zo’riqishlar uchun funktsional tayyorgarlik darajasi;
- Moslashuvchan zaxiralarni safarbar qilish (mobilizatsiya) darajasi va yashash muhitining turli omillariga moslashishni ta’minlaydigan bunday mobilizatsiyaga tayyorlik.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti erkaklar va ayollar salomatligidagi farqlarni o’rganishda biologik mezonlarni emas, balki gender (irsiy) mezonlardan foydalanishni tavsiya qiladi, chunki aynan ular mavjud farqlarni yaxshi tushuntiradi. Sotsializatsiya jarayonida erkaklarda o’z-o’zini himoya qiladigan xatti-harakatlardan voz kechish, katta daromad olishga qaratilgan xatarli va tavakkalli xatti-harakatlar amalga oshirilishi rag’batlantiriladi; ayollarda esa bo’lajak onalar sifatida salomatlikni saqlash. Ammo salomatlikning tashqi chiroy kabi namoyoniga urg’u berilganda, sog’lom faoliyat ko’rsatish o’rniga xarakterli ayollar buzilishlari sodir bo’lishi mumkin, qoida tariqasida oshoqozon-ichak buzilishlari.
Erkaklar va ayollarning umr ko’rish davomiyligidagi farq yashash joyiga bog’liqdir; Yevropada bu yetarlicha farq qilsa, Osiyo va Afrikaning bir qator mamlakatlarida deyarli yo’q bo’lib, bu birinchi navbatda jinsiy a’zoni kesish, homiladorlikning asoratlanishi, tug’ruq va yomon bajarilgan abort qilish tufayli ayollar o’limi bilan bog’liq.
Shifokorlar erkaklarga nisbatan o’zlarining kasalliklari haqida ayollarga to’liq bo’lmagan ma’lumot berishlari ko’rsatilgan.
Salomatlik omillariga daromad va ijtimoiy mavqe, qo’llab-quvvatlash ijtimoiy tarmoqlari, ta’lim va savodxonlik, bandlik / mehnat sharoitlari, ijtimoiy muhit, jismoniy muhit, sog’liqni saqlash bo’yicha shaxsiy tajriba va qobiliyatlar, bolaning sog’lom rivojlanishi, biologiya va genetika rivojlanganlik darajasi, tibbiy xizmatlar va madaniyat tegishlidir.
Ruhiy salomatlik
Ruhiy (psixik) salomatlik — insonning murakkab hayotiy sharoitlarini yengish, shu bilan birga eng optimal hissiy fonni va xatti-harakatlarning adekvatligini saqlab qolish qobiliyatidir. Ruhiy salomatlik tushunchasi, euthumiya («ruhiyatning yaxshi holati») Demokrit tomonidan tasvirlangan, Suqrotning hayoti va o’limiga tegishli bo’lgan ichki garmoniyaga erishgan insonning obrazi Platonning dialoglarida qayd qilingan. Turli tadqiqotlarda ruhiy azob-uqubatlarning manbai ko’pincha madaniyat deb ataladi (Zigmund Freyd , Alfred Adler, Karen Horney, Erix Fromm ishlarida). Viktor Frankl ruhiy sog’lomlikning muhim omilini insonda qadriyatlar tizimining mavjudligi deb ataydi.
Sog’liqni saqlashga gender yondashuv bilan bog’liq holda, ruhiy salomatlikning bir nechta modeli ishlab chiqildi:
- Normativ, ruhiy salomatlikning ikki tomonlama standartini qo’llagan holda (erkak va ayollar uchun).
- Androsentrik, ruhiy salomatlikning erkak standarti qabul qilingan.
- Androgin, jinsdan qat’iy nazar, yagona ruhiy salomatlik standarti va mijozlarga nisbatan bir xil munosabatda bo’lishni o’z ichiga oladi.
- Normativ bo’lmagan (Sandra Bem modeli bo’yicha) bu faqat erkaklarga yoki ayollarga tegishli bo’lgan xususiyatlar bilan assotsiatsiyalanmaydigan sifatlarga asoslangan.
Kasbiy salomatlik
Ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida «kasbiy (professional) salomatlik» birinchi bo’lib XX asrning 80-yillari o’rtalarida psixologik ilmiy adabiyotlarda paydo bo’ldi. Birinchi marta 1986 yilda Jorj Everly tomonidan mehnat gigienasi va mehnat psixologiyasi kabi sohalarda tashkiliy ishlarni amalga oshirish jarayonida integratsiya muammolari bo’yicha nashrda ishlatilgan. R. A. Berezovskaya ta’kidlaganidek, ushbu tadqiqotchi ish joylarda salomatlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda psixologlarning muhim roliga e’tiborni qaratdi. Keyinchalik, 1990-yilda Gavaya universiteti tadqiqotchilari Reymon, Vud va Patrik (J. Ramond, D. Wood, W. Patrick) o’z maqolalarida psixologiyaning vazifalaridan biri sog’lom professional muhit va sog’lom ish o’rinlari yaratish bo’lishi kerak degan fikrni shakllantirgan.
Rus tadqiqotlarida ushbu mavzu birinchi marta 1991-yilda «Kasbiy faoliyatni psixologik qo’llab-quvvatlash» nomli kollektiv monografiyasining «Salomatlik psixologiyasi» bo’limida namoyish etildi. Mualliflar, Sankt-Peterburg universiteti psixologiya fakulteti olimlari, kitobda asosiy e’tiborni sog’lom turmush tarzini shakllantirishning psixologik jihatlari, kasbiy faoliyat psixogigienasi, kasbiy mehnatning psixologik xavfsizligini ta’minlash, kasbiy uzoq umr ko’rish va ishlab chiqarishda psixologik yengillashish kabinetini tashkillashtirish masalalariga qaratgan, lekin kasbiy salomatlik tushunchasining ta’rifini keltirilmagan.
1992-yilda tibbiyot fanlari doktori, harbiy shifokor V. A. Ponomaryenko tomonidan aytilgan ta’rifga ko’ra, kasbiy salomatlik — kasbiy faoliyatning barcha sharoitlarida mehnat qobiliyatini ta’minlovchi kompensator va himoya mexanizmlarini saqlab qolish qobiliyatidir. Kasbiy salomatlik tushunchasi «Sog’lom kishi salomatligi» (1996 yil) asarida ham xuddi shunday ta’riflanadi, faqat qo’shimcha ravishda professional ishonchlilikni ta’minlash zaruriyati bilan to’ldirilgan. Keyinchalik V. A. Ponomarenko va A. N. Razumov kasbiy salomatlikka tizim ko’rinishida qarashni taklif qildi, tizimnining asosiy tuzilmaviy komponentlari funktsional holat, ruhiy va jismoniy sifat, ishchilarning kasbiy mehnatga bardosh bera olishi va ularning faoliyati ishonchliligiga zamin yaratadigan klinik, ruhiy va jismoniy statuslardir. Keltirilgan tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, kasbiy salomatlik tuzilmasida markaziy o’rinni professional-muhim sifatlar egallaydi, ular insonning genotipik statusi, uning funktsional zaxiralari, keyinchalik esa (bevosita va bilvosita) — kishining funktsional holatini belgilaydi.
Keyinchalik, psixologiyaning rivojlanayotgan yangi bo’limi — salomatlik psixologiyasida kasbiy salomatlik (endi har qanday kasb-hunar uchun) «kishi organizmining muayyan davri davomida belgilangan samaradorlik va davomiylik bilan muayyan kasbiy faoliyatga qodirligi, shuningdek bu faoliyatga hamrohlik qiluvchi noqulay omillarga bardosh bera olishini baholash maqsadida organizm funktsional holatining jismoniy va ruhiy ko’rsatkichlarining integral xarakteristikasi» deb ta’riflana boshladi.
Kasbiy salomatlikning mezoni sifatida «mutaxassis faoliyatining uning organizmi funktsional holati, fiziologik qiymatini hisobga olishdan kelib chiqib, mumkin bo’lgan maksimal samaradorligi» deb belgilanadigan insonning mehnat qobiliyati xizmat qiladi.
Zamonaviy tushunchada, kasbiy salomatlik kasbiy faoliyat talablariga javob beradigan va uning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan mutaxassis xarakteristikalarining muayyan darajasi ko’riladi.
Insonning kasbiy salomatligini saqlash va bir vaqtning o’zida samaradorlikni ta’minlash insonning psixologik kasbiy adaptatsiyasi (moslashuvchanligi) bilan bog’liq. Adaptatsiyaning buzilganligi (dezadaptatsiya belgilari) bir tomondan salbiy psixik holatlarning yuzaga kelishi bo’lsa, ikkinchi tomondan uning faoliyat samaradorligi pasayishi hisoblanadi.
Kasbiy salomatlik professional (va umuman hayotiy) farovonlik uchun zarur bo’lgan sharoitdir.
Sog’lom turmush tarzi
Psixologo-pedagogik yo’nalishda sog’lom turmush tarzi kishi ongi, psixologiyasi va motivatsiyasi nuqtai nazaridan qaraladi. Boshqa nuqtai nazarlar ham mavjud (masalan, tibbiy-biologik), lekin ular o’rtasida keskin farq chegarasi mavjud emas, chunki ular bitta muammo — individuum salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.
Sog’lom turmush tarzi inson hayotining turli jihatlari rivojlanishiga, uzoq umr ko’rish va ijtimoiy vazifalarini to’laqonli bajarish, mehnat, jamoaviy, oila-ro’zg’or kabi hayot kechirish shakllarida faol ishtirok etishiga zamin yaratadi. Sog’lom turmush tarzi insonning ko’zlangan faolligining o’ziga xos shakli — o’zining salomatligini saqlash, mustahkamlash va yaxshilashga qaratilgan faoliyat sifatida namoyon bo’ladi.
Sog’lom turmush tarzining muhimligi salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatadigan jamoat hayotining murakkablashishi, texnogen, ekologik, psixologik, siyosiy va harbiy xarakterli xavflarning ortishi tufayli chaqirilgan.
Sog’liqni saqlash
Sog’liqni saqlash — davlat faoliyatining bir sohasi bo’lib, uning maqsadi aholiga tibbiy ximat ko’rsatishni tashkillashtirish va ta’minlash hisoblanadi.
Sog’liqni saqlash mamlakat iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etishi mumkin. 2008 yilda sog’liqni saqlash sektori iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga kiruvchi eng rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning o’rtacha 9,0 foizini iste’mol qilgan edi.
Sog’liqni saqlash an’anaviy ravishda butun dunyodagi odamlar salomatligini va farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Buning misoli 1980 yilda dunyo miqyosida chechak kasalligiga barham berish sanaladi, JSST unga insoniyat tarixida sog’liqni saqlashning qasddan aralashuvi natijasida to’liq bartaraf etilgan birinchi kasallik deb ta’rif bergan.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST, ingl. World Health Organization, WHO) — Birlashgan millatlar tashkilotining maxsus bo’linmasi bo’lib, 193 a’zo davlatlardan iborat, uning asosiy maqsadi sog’liqni saqlashning xalqaro muammolarini hal etish va dunyo aholisi salomatligini muhofaza qilishdir. 1948 yilda Shveytsariyaning Jenevadagi shtab-kvartirasi bilan tashkil etilgan.
BMTning ixtisoslashtirilgan guruhiga JSSTdan tashqari UNESCO (Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), UNICEF (bolalarga yordam ko’rsatish jamg’armasi) ham kiradi. JSST tarkibiga BMTga a’zo davlatlari qabul qilinadi, lekin nizomga muvofiq, BMTga a’zo bo’lmagan davlatlarni qabul qilish ham mumkin.
Valeologiya
Valeologiya (lot. valeo — «sog’lom bo’lish») — «salomatlikning umumiy nazariyasi», insonning jismoniy, hush ko’rish va ruhiy salomatligiga tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar — tibbiyot, gigiena, biologiya, seksologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, madaniyat, pedagogika va boshqalarga integral yondashishga nomzod fan. Ayrim mutaxassislar tomonidan alternativ va marginal paramedik retrograd oqimlar deb qaraladi.
Qiziqarli ma’lumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar
Inson sog’lig’i uning organizmi kabi hali to’liq o’rganilmagan soha bo’lib, juda ko’pgina qiziqarli va sirli faktlarni o’zida mujassam etgan.
Haddan tashqari ozodalik – kasalliklar sababchisidir
Har narsa me’yorida bo’lgani yaxshi, ortiqcha ozodalik esa ba’zi kasalliklar kelib chiqishiga sababchi bo’lishi mumkin ekan.Statistika ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi paytlarda qandli diabet kasalligining birinchi turi bilan kasallangan bolalarning soni keskin ravishda ko’paydi. Uzoq izlanishlardan keyin olimlar shunday xulosaga keldilar: barchasiga ota-onalarning haddan tashqari tozalikka intilishlari sabab bo’lgan.
Tadqiqotlardan ma’lumki, atrof-muhitdagi ba’zibakteriya va viruslar organizmning chidamligiga xizmat qiladi. Ya’ni ularga qarshi immunitet yoshlikdan boshlab ishlab chiqariladi. Haddan tashqari ozodalik sababli ulardan xalos bo’lishimiz esa o’z navbatida qandli diabet kasalligining birinchi turiga olib kelishi mumkin.
Hayvon oqsilining yetishmovchiligi inson miyasi uchun zararlidir
Oksford universiteti olimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, vegetarian parhezning foydadan zarari ko’proq ekan. Gap shundaki, faqatgina o’simliklarni tanovul qilish vaqt o’tgan sari bosh miya vaznining kamayishiga olib kelar ekan. Shuning uchun olimlar ratsiondan go’sht va baliq mahsulotlarini butunlay chiqarib tashlashni maslahat bermaydilar.
Ozishning samarali usuli
Semizlikning turli bosqichlari bilan aziyat chekayotgan AQSH ning 37 mingdan ziyod xizmatchilari yil davomida vaznlarining kamayishiga erishishlari lozim. Aks holda ularning maoshlaridan har oyda 25 dollardan olib qolinadi. Bunday qarorni Alabama shtatining tibbiyot sug’urta kengashi qabul qildi. Olib qolingan pullar esa bepul tibbiy sug’urta qilingan davlat idoralari xizmatchilarining sug’urta to’lovi uchun sarflanadi.
Yong’oqlar haqida
Kaliforniyalik olimlarning qayd qilishlaricha, haftasiga 5 dona yong’oq yegan inson o’rtacha 7 yil ko’proq umr ko’rishi mumkin ekan. Sababi esa oddiy: yong’oq tarkibida yurak va tomirlarni xolesterinning halokatli ta’siridan himoya qiluvchi moddalarning mavjudligidir.
Bolaning vazni otaning e’tiboriga bog’liq
Bolaning ortiqcha vazni faqatgina onalarning pishir-kuydirlariga bog’liq emas. Avstraliyalik olimlar 5000 ta ortiqcha vaznli bolalarni tekshirib shunday xulosaga keldilar: otalar bolalariga qanchalik kam e’tibor qaratsalar, shunchalik ularning ortiqcha kilogrammlar olishining xavfi katta. Sababi, otalar bolalariga ko’proq jismoniy o’yinlarni ravo ko’rasalar, onalar sokin o’yinlarni afzal biladilar.
Sharbatlar va dorilar
Kanadalik olimlarning aniqlashicha, sitrus va olma sharbatlari ba’zi dori vositalarining so’rilishiga to’sqinlik qilar ekan. Bu taqqiqotlar turli asoratlarning oldini olish maqsadida dorilarni faqatgina toza suv bilan ichish kerakligini yana bir bor tasqiqladi.
Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019
Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019.
Учебник по биологии для 8 класса на узбекском языке.
Sizning mustaqil bilim olishingiz va olgan bilimlaringizni esda saqlab qolishingiz uchun darslikda barcha mavzularga mantiqiy topshiriqlar, biologik masalalar, amaliy mashqlar va o‘ylab javob beriladigan savollar ilova qilingan. Mantiqiy topshiriqlar sizning mustaqil bilim olishingizni yengillashtiradi, olgan bilinilaringizni tekshirib ko‘rib, yo‘l qo‘ygan xatolaringizni aniqlashga yordam beradi. Biologik masalalar, mashqlar, jurnboqli savollar esa o‘zlashtirgan bilimlaringizni uzoq vaqt esda saqlab qolishingizga yordam beradi. Buning uchun darslikdan foydaianish qoidalarini bilib oling va ularga amal qiling.
Bilim cho‘qqilarim egallashingizda sizlarga omad tilaymiz!
Hujayra va organizmning hayotiy xossalari.
Moddalar almashinuvi. Barcha tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar moddalar almashinuvi, qo‘zg‘a1uvchanlik, ko‘payish, rivojlanish, o‘sish, nafas olish, oziqlanish va ayirishdan iborat. Moddalar almashinuvida tashqi muhitdan hujayraga moddalar kiradi. Bu moddalardan hujayranmg o‘sishi va ko‘payishi uchun zarur boMgan moddalar sintczlanadi. Hujayradagi bunday biosintez reaksiyalar majmui assimilatsiya deyiladi. Hujayrada moddalar sintezianishi bilan bir vaqtning o‘zida organik moddalar parchalanadi. Bu jarayonda suv, karbonat angidrid kabi oddiy birikmalar hosil boMadi va energiya ajralib chiqadi. Suv va karbonat angidrid ayirish va nafas olish organlari orqali tashqi muhitga chiqariladi, energiya esa hujayrada boradigan hayotiy jarayonlarga sarf bo‘ladi (4-rasm). Bu jarayon energiya almashinuvi, ya‘ni dissimilatsiya deyiladi. Biosinlez va parchalamsh hujayralarda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarining ikki tomoni boiib, aynan bir vaqtning o‘zida sodir boMib turadi.
Qo‘zg‘aluvchanlik. Tirik organizmlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlardan ta’sirlanadi. Bunda hujayralar tinim holatdan faol holatga o‘tadi. Hujayraning bu holati go‘zg‘aluvchanlik deyiladi. Ushbu holatda hujayrada biosintez va parchalanish jarayonlari tezlashadi, kislorod sarfi oshadi. Ilar xil hujayralar qo‘zg‘aluvchanlik holatida o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Masalan, muskul hujayralari qisqaradi, nerv hujayralari nerv impulslari hosil qiladi.
MUNDARIJA.
Darslikdan foydalanish qoidalari.
KIRISH.
I BOB. ODAM ORGANIZMI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT.
II BOB. ORGANIZM FUNKSIYASINING BOSHQARILISHI, SEKRETSIYA BEZLARI.
III ВОВ. TAYANCH-HARAKATLANISH SISTEMASI.
IV ВОВ. QON.
V ВОВ. QON AYLAMSH SISTEMASI.
VI ВОВ. NAFAS OLISH SISTEMASI.
VII BOB. OVQAT HAZM QILISH SISTEMASl.
IX BOB. TERI VA SIYDIK AYIRISH SISTEMASI.
X ВОВ. NERV SISTEMASI.
XI ВОВ. OLIY NERV FAOLIYATI.
XII BOB. SEZGl ORGANLARI.
XIII BOB. KO‘PAYISH VA RIVOJLANISH. ODAMNING BIOLOGIK VA IJTIMOIY TABIATI.
Topshiriqlarning javoblari.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019 – fileskachat, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Odam va uning salomatligi 8-sinf
Android Application Odam va uning salomatligi 8-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 17/11/2018 . Согласно Google Play Odam va uning salomatligi 8-sinf, Достигнуто Более 164 Тысяча. Odam va uning salomatligi 8-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 432 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.3
беременный Аминов, т. Тилавов, о. Mawlonov
“Учитель” для общих школ среднего образования
“
” Publishing House
Tashkent – 2014
5 -е издание завершенного и обработанного
В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.
У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.
Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.
Qiziqarli malumotlar
Qiziqarli ma lumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar