Qiziqarli kimyo kitob

Qiziqarli kimyo kitob

08/02/2023, 16:41:10

Kislorod – nafas elementi

Davriy jadvalda kislorod 8-raqam ostida joylashgan. U Yer sayyorasida eng ko‘p tarqalgan elementdir. Sayyoramizning deyarli yarmisini aynan kislorod atomlari tashkil qiladi. Birgina Yer qobig‘ining 16-km qalinlikdagi eng yuqori yuza tashqi qismining o‘zida umumiy massaning 1/3 qismi kislorod atomlaridan iborat.

Kislorod quruqlikdagi ko‘plab birikmalarning tarkibida mavjud bo‘ladi. Ya’ni, u boshqa ko‘plab turdagi atomlar bilan birikib, xilma-xil molekulalar hosil qila oladi. Bizni o‘rab turgan havoda esa kislorod alohida element sifatida mavjud. Havoning 1/5 qismi ikki atomli kisloroddan iborat bo‘ladi. Shu kabi, ikkita kislorod atomlaridan iborat molekulani kislorod molekulasi deyiladi.

Kislorod nafaqat eng keng tarqalgan element, balki, Yerdagi hayot mavjudligi uchun eng muhim va zaruriy element hamdir. Biz nafas olganimizda o‘pkamizga havo to‘playmiz. o‘pkada esa, havodagi kislorod organizm ehtiyojlari uchun singdirib olinadi. Tanamizga tushgach, kislorod atomlari oziq-ovqatlar orqali kirib kelgan boshqa moddalar bilan birikadi. Shu tariqa, organizmning hayoti va faoliyati uchun zaruriy energiya ishlab chiqariladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 10:24

Oltingugurt – sariq element

21.02.2018 07:44 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli kimyo

Oltingugurt – sariq element

16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya’ni, “sulfur“ning kelib chiqish ildizi ma’lum emas. o‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi “oltin” va forscha “gugurt” so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning “yonish”, “olov” so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera (“сера“) deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:49

Temir – mustahkam element

30.10.2017 13:29 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli kimyo

Temir – mustahkam element

Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning “Iliada” dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish.

Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:10

“Molekulyar yaproq”: Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

16.06.2017 11:00 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli kimyo

“Molekulyar yaproq”:
Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

Sezyapsizmi, sayyoramizda iqlim o‘zgarishlari tobora yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Bu esa, olimlarni butun sayyora iqlimi va biosferasi uchun xavfsiz bo‘lgan sof energiya manbalarini ishlab chiqish masalasi ustida bosh qotirishga majbur qilmoqda. Albatta, bu yo‘nalishdagi ayrim amaliy ilmiy-texnik yutuqlar haqida siz allaqachon yaxshi bilasiz. Zero, bugungi kunda shamol parraklari, quyosh panellari kabi energiya manbalari bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Lekin, sof energiya manbalari haqida gap ketganda, kam tilga olinadigan va keng ommaga deyarli oshkor qilinmagan bir yo‘nalish borki, yaqin istiqbolda aynan ushbu yo‘nalish toza va arzon energiya manbasi sifatida inqilobiy burilish yasashi mumkin.

Biz aytmoqchi bo‘lgan muqobil, sof arzon energiya manbasi “molekulyar yaproq” deb nomlanadi. Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu “yaproq” tabiatdagi eng asosiy energiya o‘zgartirgichi bo‘lmish – fotosintez jarayonini sun’iy takrorlashi kerak. Qisqa qilib aytganda, olimlar fotosintez jarayonini sun’iy yo‘l bilan amalga oshiradigan moddalarni va materiallarni ixtiro qilishmoqchi. Ya’ni, bu sun’iy yaproq bo‘ladi desak aslo yanglishmaymiz. Faqat uning tashqi ko‘rinishi biz bilgan oddiy yaproq va barglarni aynan takrorlashiga kafolat yo‘q.

Qiziqarli kimyo kitob

Muallif: Zulfiya Jumatova

Viloyat: Xorazm viloyati

Shahar yoki tuman: Yangibozor tumani

Maktab: 13-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ko’rishlar soni: 122

Yuklab olishlar soni: 24

Baholagan o’qituvchilar soni : 15

Yuklab olish

Baholash

Reyting: 5.28 ball

Izohlar

Soxilaxon Raximova

Yaxshi tayyorlabsiz. Omad tilayman. Sizni baholadim. Men tayyorlagan “Kimyogar toʻgaragi dasturi va oʻquvchilar mashq daftari” metodik tavsiyani koʻrishingizni tavsiya qilaman. Silkasi: https://ommalashtirish.uz/populars/6815

22/02/2023, 03:47:20

Feruza Kenesova

21/02/2023, 18:35:14

Muxayyo Sultonova

Tajribalaringiz juda qiziqarli..O’qituvchilarga ham foydalanishni tavsiya qilaman

12/02/2023, 03:29:49

Mansur Ochilov

Omad ustoz

11/02/2023, 09:45:33

Mansur Ochilov

Omad ustoz

11/02/2023, 09:45:33

Manzura Xudayberganova

Juda yuqori darajada yozilgan .

08/02/2023, 16:41:10

Shaxnaza Ruzimova

Zoʻr,omad ishingizga!

07/02/2023, 15:18:21

Shoira Xaydarova

+998993792450nomeriga tel qiling

02/02/2023, 17:28:59

Shoira Xaydarova

+998993792450nomeriga tel qiling

02/02/2023, 17:28:54

Mohimjon Yuldashova

.shlaringizga omad

02/02/2023, 15:01:06

Sevara Saparniyazova

juda yaxshi qo’llanma

02/02/2023, 11:43:43

Sanovar Bekchanova

Bu mavzudan har bir darsda foydalansa bòladi juda yaxshi

02/02/2023, 11:27:23

Sanovar Bekchanova

Bu mavzudan har bir darsda foydalansa bòladi juda yaxshi

02/02/2023, 11:27:23

Roza Nurmanova

Ishlaringizga omad Zulfiya opa.

02/02/2023, 07:34:47

Muattar Utamuratova

Omad Zulfiya.

02/02/2023, 04:22:16

Munira Kurbanbayeva

Gap yuq tajribalarga, bu tajribalar bilan òquvchikarni kimyo faniga bòlgan qiziqishini ortiradi.Bundan albatta foydalanib ko’raman.

01/02/2023, 20:03:38

Qiziqarli malumotlar
Qiziqarli kimyo kitob