QIZILSUV
QIZILSUV — Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridagi daryo. Uz. 235 km, havzasining mayd. 8380 km2. Qirgʻizistonning Orqa Olay tizmasidan boshlanib, Olay vodiysi boʻylab oqadi. Aylama daryosi quyilgungacha Qorasuv deb ataladi. Tojikistonda Muksuv bilan qoʻshilib Vaxsh daryosining oʻng irmogʻi — Surxobni hosil qiladi. Quyilish joyidan 86km da oʻrtacha suv sarfi 40,6 m3/sek.
Ensiklopediya.uz
QIZILSUV