QIZILSOY haqida

QIZILSOY haqida

QIZILSOY

QIZILSOYToshkent viloyatidagi soy. Uz. 54 km. Havzasining mayd. 363 km2. Chatqol tizmasining gʻarbiy tarmogʻidan, Chatqol qoʻriqxonasi hududidagi Qizilnura togʻidan yarim km jan. gʻarbda, dengiz sathidan 3080 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (chap irmogʻi Oqtoshsoyning quyilishigacha) Boshqizilsoy deb ataladi. Quyi qismida suvi sugʻorishga sarflanadi, Krasnogorsk shahri dan gʻarbroqda Toshsoy yaqinida esa butunlay qurib qoladi.

Asosan, qor, qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilishidan 23 km da 1,46 m3/sek. Toʻlinsuv davri fev. —martda, eng kam suv sarfi avg. —yeentyabrda kuzatiladi va 2,22—0,11 m3/sek. orasida oʻzgaradi.

Ensiklopediya.uz
QIZILSOY