QIZILOʻRDA haqida to’liq ma’lumot oling
QIZILOʻRDA (1853-y. gacha Oqmachit, 1925-y. gacha Perovsk) — Qozogʻiston Respublikasidagi shahar, Qizil-oʻrda viloyati markazi. Sirdaryoning oʻng sohilida. T. y. stansiyayei. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Qiziloʻrda 1820-y. lar-da Oqmachit nomi bilan Qoʻqon xonli-gining qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1853-y. iyulida Oqmachitni general V. A. Perovskiy boshchiligida rus qoʻshinlari bosib oldi va u Perov-skiy forti deb ataldi, keyinchalik Perovsksh. deb nomlangan. 1917-y. gacha kichik maʼmuriy savdo markazi. 1926-y. dan 1929-y. gacha Qozogʻiston poytax-ti boʻlgan. Muhim korxonalari: sel-lyuloza-karton, qurilish materiallari, uysozlik k-tlari, poyabzal, tikuvchilik va trikotaj f-kalari; oziq-ovqat sanoati korxonalari, ped. in-ti, drama teatri, tarixiy-oʻlka-shunoslik muzeyi bor. Q. dan jan.-roqda sholipoyalarni sugʻorish maq-sadida Sirdaryoga toʻgʻon qurilgan. Sha-har atrofida yirik sholikor xoʻja-liklar joylashgan.
Malumotlar
QIZILOʻRDA