QIZIL VA OQ GULLAR URUSHI

QIZIL VA OQ GULLAR URUSHI

QIZIL VA OQ GULLAR URUSHI (1455—85) — Angliya taxti uchun plantagenetlar sulolasining 2 yoʻnalishi: Lankasterlar (Genrix VI; gerbida — qizil gul) va yorklar (Eduard IV, Richard III; gerbi — oq gul) oʻrtasidagi oʻzaro urush. Lankasterlarni iqtisodiy qoloq Shim. va Uels baronlari, yorklarni iqtisodiy taraqqiy qilgan Janubiy Sharqning yirik zodagonlari, dvoryanlar hamda shaharlik boylar qoʻllabquvvatlashgan.

Ensiklopediya.uz
QIZIL VA OQ GULLAR URUSHI