Qizil kitobning 5-nashri chiqadi: 33 mln. aholiga 1000 dona Qizil kitob

Qizil kitobning 5-nashri chiqadi: 33 mln. aholiga 1000 dona Qizil kitob

Qizil kitobning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo‘lib, 1966-1971 yillarda nashrdan chiqarildi.

Qizil kitob oxirgi nashri

Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi?

1948 yilda uncha katta bo‘lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) tashkil etildi. TRAI oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko‘rish shart bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turini aniqlash bo‘lgan.

Shu maqsadda 1949 yilda doimiy qutqarish qo‘mitasi xizmati tashkil etildi. Unga turli mamlakatlarning taniqli zoologlari kiritildi. Bu qo‘mitaga tabiatni asrash bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislardan biri – angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi. Qo‘mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot turlari ro‘yxatini tuzish ( bilan) va nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro‘yxat muvaffaqiyatli tarzda Qizil kitob, deb nomlandi.

Qizil kitobning ilk ko‘rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og‘ir mehnat talab qilindi. U 1963 yilda ikki tomlik kitob ko‘rinishida dunyo yuzini ko‘rdi. Har bir hayvonot turi uchun alohida sahifa ajratildi va unda qisqa shaklda ayni vaqtdagi va o‘tmishdagi yashash tarzi, holati, umumiy soni, himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, tutqinda bo‘lgan hayvonlar sanog‘i va ko‘payishi bilan bog‘liq ma’lumotlar kiritildi. Yo‘qolib borayotgan eng noyob hayvon turlari esa qizil sahifada chop etildi.

Qizil kitobning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo‘lib, 1966-1971 yillarda nashrdan chiqarildi.

Qizil kitobning 5-nashri chiqadi: 33 mln. aholiga 1000 dona Qizil kitob

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi 5-nashri chop etilishga tayyor. Ushbu kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchisi noyob va yo‘qolib ketayotgan o‘simliklarga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi qismida yo‘qolish xavfi ostidagi hayvonlar haqida ma’lumot berilgan. Yangi nashrga yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 15 turdagi o‘simlik va 21 turdagi hayvonlar qo‘shilgan. Bu haqida Fanlar Akademiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Nega hayvon va o‘simliklar kamayib ketayapti?

Akademik Jamoliddin Azimovning aytishicha, o‘simlik va hayvonlarning kamayib, bora-bora yo‘qolib ketishiga urbanizatsiya jarayonlari, iqlim o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonot olamini yashash joylarining qisqarishi va ekologiyaning ifloslanishi sabab bo‘lmoqda.

Xavf ostidagi o‘simlik va hayvonlar soni doimiy oshib bormoqda

O‘zbekison Respublikasi Qizil kitobining birinchi nashri 1984-yilda chop etilgan va o‘z ichiga 163 tur o‘simlik va 61 tur hayvonni olgan. 1998-yildagi ikkinchi nashrga 301 tur kiritilgan. Uchinchi nashr 2006-yilda chop etilgan bo‘lib, 305 turdagi o‘simlik hamda 188 turdagi hayvon haqida ma’lumot beradi. 2009-yilda nashr qilingan Qizil kitobda esa 324 turdagi o‘simlik va 188 ta turdagi hayvon keltirilgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi kam kitob chiqardi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vakillari Qizil kitobning tarkibini tuzishda olimlarning katta mehnati talab qilinganiga qaramay, kitob juda kam nusxada chiqqanidan norozi.

“Qizil kitob deyarli har bir uyda, har bir maktab va bog‘chada bo‘lishi kerak. Shunda ogohlik darajasi oshadi, bilmasdan turib, noyob hayvon va o‘simliklarni nobud qilishnning oldi olinadi. Ammo 33 mln.dan ortiq aholi uchun Qizil kitob bor-yo‘g‘i 1000 tirajda chiqqan. Bu degani kitob aholining, hatto, 1 foiziga ham yetmaydi”, – deydi O‘zFA Zoologiya instituti bosh ilmiy xodimi, akademik Jamoliddin Azimov.

Qayd etish lozim, Qizil kitobni moliyalashtirish va chop ettirishga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi mas’ul hisoblanadi. Xabardor.uz sayti muxbiri qo‘mita bilan bog‘langanida, bu borada hech bir izoh berilmadi.

Brakonyerlik qayerda avj olgan?

O‘zFA vakillarining aytishicha, brakonyerlar asosan bug‘u, jayron, qor barsi, sayg‘oq kabi hayvonlarni noqonuniy ravishda ovlaydi. Bu noyob hayvonlar Buxoro, Navoiy va Qoraqalpog‘istonda ko‘p uchraydi. Shuning uchun aynan shu hududlarda brakonyerlik kuchayib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qizil kitob – bu noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot olami vakillarini himoyaga olish haqida ogohlantiruvchi signal.

Ushbu kitob – kamayib va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonlar turlarining hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiruvchi asosiy hujjatdir.

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Qiziqarli malumotlar
Qizil kitobning 5-nashri chiqadi: 33 mln. aholiga 1000 dona Qizil kitob