Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR

Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR

2021:03:08 02:48 1787634

2023

Музыка онлайн:
Qizil Kitobga Kiritilgan Hayvonlar

QIZIL KITOB REDLIST краснаякнига

2021:03:08 02:23 40767

Qizil kitob haqida qiziqarli faktlar kitob nature tabiat ecology

2023:02:08 01:37 610

Узбекистонда яшовчи ноёб хайвонлар

2021:03:08 02:25 6258

Qizil Kitob Haqida Umumiy Ma lumotlar

2019:03:08 03:21 15514

Qizil kitobga kiritilgan hayvon uy sharoitida boqilayotgani aniqlandi

2020:03:08 01:12 1322

Bu ayol qizil kitobga kiritilgan

2022:06:08 00:24 542

JANNATGA KIRISHI ANIQ BO LGAN 10 TA HAYVON yangiodam

2022:03:08 01:29 2316027

Qizil kitobga kiritilgan eksponatlar Bolajonlar nigohida

2022:03:08 00:21 63

ЕР ЮЗИДАН ЙУКОЛИБ КЕТГАН ХАЙВОНЛАР БУНИ АЛБАТТА КУРИНГ

2017:03:08 03:16 28806

SURXONDARYODA 30 000 Baholangan qarg a bilan suhbat

2021:03:08 02:48 1787634

PANDALAR qizil kitobga kirgan jonivorlar

2021:03:08 01:40 597

Qizil kitobga kiritilgan OLAKOʻZAN

2022:03:08 00:40 1000

Navoiyda Qizil kitob ga kiritilgan hayvonlar ovlandi

2023:02:08 01:24 69

Qashqadaryoda qizil kitobga kiritilgan qo ng ir tog ayig i o ldirildi

2020:03:08 02:24 2564

Qizil kitobdagi yoqolib ketayotgan hayvonlar

2021:03:08 03:39 272

Қирилиб бораётган сайғоқларни асраш мақсадида

2019:03:08 02:02 953

Sherobodda Qizil kitob ga kiritilgan olakuzan topildi

2021:03:08 02:54 1532

Qizil kitob haqida nimalarni bilasiz

2019:03:08 02:26 3012

Samarqandda Qizil kitob ga kiritilgan xonguli otib o ldirildi

2021:03:08 01:50 8578

Jannatga yõl

2021:03:08 00:15 102608

[email protected] – для правообладателей и обратной связи

Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR

1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Qizil kitobga kiritilgan PARRANDALAR
  • Parrandalarning boshqa turlari
  • Qizil kitobga kiritilgan SUDRALIB YuRUVChILAR
  • Quruqlikda va suvda yashovchilar
  • Umurtqasiz jonivorlar
  • Qizil kitobga kiritilgan SUTEMIZUVChILAR
  • Alohida muhofaza qilinadigan sutemizuvchilar
  • Sport maqsadida ovlash taqiqlangan, alohida muhofaza qilinadigan parrandalar

Yovvoyi hayvonlarni tibbiyot maqsadlarida tutish (odam va hayvonlarning xavfli kasalliklarini tashuvchilar) bepul amalga oshiriladi.

Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqib ketish hamda ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibi buzilishi sababli yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun to‘lovlar miqdori

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 50 foizi miqdorida

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 25 foizi miqdorida

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 20 foizi miqdorida

mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
3-ILOVA
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risida
NIZOM
1. Yovvoyi hayvonlarni tutish va O‘zbekiston Respublikasining tashqarisiga olib ketish uchun ruxsatnoma berish va yovvoyi o‘simliklarni olib ketish uchun to‘lov undirishdan olinadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, undan:
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning turlari uchun 80 foizi respublika budjeti daromadiga va 8 foizi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga o‘tkaziladi;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning boshqa turlari uchun 60 foizi mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkaziladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
2. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish yoki urchitish uchun tutishga ruxsatnoma berilganligi uchun tushadigan mablag‘lar, 100 foiz miqdorida:
Davlat ovchilik fondining tashkil etilmagan ovchilik-baliq ovlash maydonlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida ovlashda — ushbu xo‘jalikni yurituvchi ovchilikdan foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat o‘rmon fondi yerlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima solishdan undirilgan va hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirilgan mablag‘lar 100 foiz miqdorida:
huquqni buzish davlat qo‘riqxonasi hududida sodir etilgan taqdirda — uning hisob raqamiga;
foydalanuvchilarga biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitalari hisob raqamlariga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat o‘rmon fondi yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan barcha hollarda — qoidabuzarlik hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qo‘riqxonalar hududida tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilgan hollardan tashqari, yer maydonlarining tegishliligidan qat’i nazar, jarimalar va yetkazilgan zarardan tushadigan barcha summa O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarima to‘lashdan tushgan summaning 60 foizi Respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(3-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
4. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima summalarini va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi uchun mablag‘larni undirishda, sud ijrochilari tomonidan majburiy tartibda tushgan mablag‘larni taqsimlash qonunchilikning boshqa hujjatlari talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
5. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni sotishdan hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
6. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, davlat qo‘riqxonalari, ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga zararni undirishdan va pul jarimasidan tushadigan summaning 30 foizigacha (hayvonot dunyosi bo‘yicha) va 10 foizigacha (o‘simlik dunyosi bo‘yicha) to‘lanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun da’vo bo‘yicha mukofot puli zararni to‘lash va pul jarimasi summasining 20 foizi, o‘simliklar bo‘yicha esa — 5 foizi miqdorida to‘lanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamidan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha sarflanadi.
Maxsus hisob raqami mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Kalendar yil oxiridagi maxsus hisob raqamining foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qo‘yilmaydi, keyingi yilga o‘tadigan qoldiq hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
4-ILOVA
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 4-son, 10-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ularning ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 8-son, 33-modda) 2-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 24-apreldagi 145-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 27-martdagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 9-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) ilovaning 10-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 5-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul summalarining 50 foizi, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul summalari bundan mustasno”;
o‘n birinchi xatboshidagi “o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlari va mahsullari, botanika kolleksiyalari importi, shuningdek yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, ular hayotiy faoliyatining mahsullari, kolleksiyalar va o‘ljalar eksporti va importi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi”.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 459-modda, 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 10-son, 126-modda, 41-son, 550-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda)

QIZIL KITOB || REDLIST || краснаякнига

Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.

1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga qoʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
QIZIL KITOB,NEW FUTURE,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar rasmi,дунё буйлаб,noyob hayvonlar,dunyo bo’ylab,qizil kitobga kiritilgan gullar,qizil kitobga kiritilgan qushlar,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar,qizil kitobga kiritilgan hayvonlar,shifobaxsh o simliklar kitob,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar ppt,RED LIST,RED LIST UZ,красная книга,животныеQIZIL KITOB,NEW FUTURE,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar rasmi,дунё буйлаб,noyob hayvonlar,dunyo bo’ylab,qizil kitobga kiritilgan gullar,qizil kitobga kiritilgan qushlar,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar,qizil kitobga kiritilgan hayvonlar,shifobaxsh o simliklar kitob,qizil kitobga kiritilgan o’simliklar ppt,RED LIST,RED LIST UZ,красная книга,животные

#QIZILKITOB
#REDLIST
#краснаякнига

Qiziqarli malumotlar
Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR