Qizil kitobga kirgan hayvonlar
O‘zi umuman davlat organlari berayotgan ko‘plab bayonotlar asosiy masala bir chetda qolib, jurnalistlarga aql o‘rgatish, ularga bilvosita tahdid qilish mazmunida bo‘lib qolyapti. Bu noto‘g‘ri amaliyot. Masalaga, tug‘ilgan savollarga izoh berish kerak, bo‘ldi. Agar jurnalist qonunni buzgan deb hisoblasangiz, ana sudga yoki tegishli organlarga shikoyat bering, ko‘rib chiqishsin, lekin o‘zingiz qozilik qilmang.
“Qizil kitob”da kiritilgan hayvonlar Qizil kitob reja
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
- Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
- Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
- Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir.
Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
- Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
- Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi.
- Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
O’zbekiston Qo’riqxonalarining qisqacha tarixi.
- Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi
- Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
- Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
- Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
- Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qizil kitobga kirgan hayvonlar
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Qizil kitob»ga kirgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgan rossiyalik ovchi masalasida bayonot beribdi.
Mazkur bayonot o‘ta noprofessional tarzda, g‘iybatchi insonlarning ming‘ir-ming‘iri shaklida yozilgan bo‘lib, asosiy masala qolib, shu mavzuni ko‘tarib chiqqan jurnalist va blogerlarning o‘zini ayblashibdi, ularga jazo borligi haqida ogohlantirib, tahdid ham qilishibdi.
Ekologiya qo‘mitasining aytishicha, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni otish uchun har yili kvota tasdiqlanar ekan va otishga ruxsat bergani evaziga to‘lovi ham bo‘larkan (3 ming AQSh dollari). 2021 yil uchun 2 dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish orqali tutishga kvota belgilangan. Va eng qizig‘i o‘sha 2 ta kvotani bitta ovchiga taqdim etishibdi.
«Biz hammasini qonuniy va to‘g‘ri qilganmiz», — deb iddao qilmoqda Ekologiya qo‘mitasi.
Lekin Qo‘mita shu uzundan-uzun bayonotida jurnalistlarga mag‘zava ag‘darguncha, nima uchun «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni otishga ruxsat berilishi, bundan ko‘zlangan maqsad nimaligi, noyob hayvonlarni umuman ovlamasdan, ularni yanada ko‘paytirsa nimalar bo‘lishi, yillik kvota nimaga qarab belgilanishi, ruxsatnoma uchun bir necha ovchilar talabgor bo‘lganda aynan qaysi asosga ko‘ra nomzodlar tanlanishi, bu jarayonda korrupsion elementlarning qanday oldi olingani («Qizil kitob»dagi hayvonning ruxsatnomasi uchun falon pul pora berilishi ham mumkin-da) haqida ma’lumot yozishganida foydaliroq bo‘lardi.
Bundan tashqari Qo‘mita ovchilar noyob va «Qizil kitob»ga kirgan hayvonlarni ovlagach, shunaqa qon izlari bilan rasmlarni tarqatishi mumkinmi yoki yo‘qmi, bu hayvonot olamiga nisbatan zo‘ravonlikni targ‘ib qilish, qolganlarni ham noyob hayvonlarni ovlashga undash bo‘lib qolmaydimi, ovchilar bunday rasmlarni tarqatish orqali aholi, ayniqsa yoshlar psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi, shular haqida munosabat bildirsa yaxshi bo‘lardi.
O‘zi umuman davlat organlari berayotgan ko‘plab bayonotlar asosiy masala bir chetda qolib, jurnalistlarga aql o‘rgatish, ularga bilvosita tahdid qilish mazmunida bo‘lib qolyapti. Bu noto‘g‘ri amaliyot. Masalaga, tug‘ilgan savollarga izoh berish kerak, bo‘ldi. Agar jurnalist qonunni buzgan deb hisoblasangiz, ana sudga yoki tegishli organlarga shikoyat bering, ko‘rib chiqishsin, lekin o‘zingiz qozilik qilmang.
Bunaqa bayonotlar asosan jurnalistlarni do‘st emas, o‘ziga dushman deb biladigan tashkilotlardan chiqadi.
Qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi: Faollar noyob hayvonlarni ovlashni taqiqlashga chaqirmoqda
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani faollar g‘azabini keltirgan.
Qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi: Faollar noyob hayvonlarni ovlashni taqiqlashga chaqirmoqda
O‘zbekistondagi hayvon huquqlari himoyachilari “Qizil kitobi”ga kiritilgan va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni pul evaziga va boshqa ko‘ngilochar maqsadlarda ovlashga ruxsat beruvchi qonun bekor qilinishini talab qilib chiqdi.
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani faollar g‘azabini keltirgan.
“O‘zbekistonning “Qizil kitob”ga kirgan Tyanshan ayig‘ini ovchi mutlaq qonuniy ravishda o‘ldirgan. Afsuski, bizning ekologik qonunchiligimiz ovchilarga yovvoyi noyob hayvonlarni pul evaziga o‘ldirib, undan zavq olishlariga izn beradi. Bunga chek qo‘yish kerak”, – deydi Toshkentdagi “Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova.
Rossiyalik ovchi Yevgeniy Shirokovning “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqning qonga belangan suratini tarmoqlarga joylashi o‘zbekistonliklarni g‘azabga keltirdi.
Noroziliklarga javoban Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi rossiyalik ovchiga to‘lov evaziga rasman ruxsat berilganini aytib chiqdi.
Hodisa O‘zbekistonda noyob hayvonlarni ovlash va yovvoyi tabiatni asrash bilan bog‘liq qator savollarni o‘rtaga chiqardi.
“Qizil kitob”ga kirgan hayvonlarni o‘ldirish taqiqlanadi, deyilgan. Boshqa tomondan, mamlakat qonunlari ma’lum to‘lov evaziga ularni ovlashga, o‘ldirishga ruxsat berib qo‘yibdi”, – deydi Tashilova.
O‘zbekiston Vazirlar Maxkamasining 2014 – yil 20 – oktabrdagi 290-sonli qarorida O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash ma’lum to‘lov evaziga O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ruxsatnomalari va belgilagan kvotalari asosida amalga oshirilishi aytilgan.
“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda esa, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sut emizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov preyskuranti ham belgilangan.
O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun narxlar ro‘yxatida Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga qariyb 20 million so‘m, sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa, 25 million so‘mgacha to‘lov belgilangan.
Xorijlik fuqarolar bunday noyob hayvonni ovlash uchun 3 ming dollar miqdorida to‘lov qilishi kifoya.
Qonun nafaqat noëb ayiq¸ balki boshqa jonzotlarni ham ovlashga izn beradi.
Masalan, xoldor yo‘lbars va qoplon hamda ilvirsni chet ellik ovchi O‘zbekistonda 20 ming dollar to‘lab, otib o‘ldirishi mumkin.
Xongul kiyigi¸ Turkiston silovsini kabi “Qizil kitob”ga kirgan hayvonlarni ovlash haqi 7000 AQSh dollari qilib belgilangan.
O‘zbekiston Ekologiya qo‘mtitasi rasmiylari Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 3 ming AQSh dollari evaziga ikkita ayiqni otish uchun shu yilning 31 – dekabrgacha litsenziya berilganini tasdiqladi.
O‘zbekiston Ekologiya qo‘mtitasi Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga ikkita ayiqni otish uchun shu yilning 31 – dekabrgacha litsenziya bergan.
“Ikkinchi ayiqni o‘ldirishga ruxsatnoma to‘xtatildi”
Ekologiya qo‘mitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy xududlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqov 18 – may kuni Ozodlik bilan suhbatda Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi “mutlaqo qonuniy” bo‘lgani, lekin jamoatchilik e’tirozi inobatga olinib, ovchiga ikkinchi ayiqni o‘ldirishga berilgan ruxsatnoma vaqtincha to‘xtatilganini aytdi.
“Bo‘stonliqda bittasini otdi. Lekin bu qonuniy bo‘lgan. Endi bu holat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lganidan so‘ng ikkinchi ayiqni otishga ruhsat vaqtincha to‘xtatildi, priostanovlen”, – deya ta’kidladi mulozim.
Ammo Ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i ba’zi hayvonlarni ovlashga O‘zbekistonda umuman ruxsat berilmasligini aytdi.
“Masalan, Zarafshon qirg‘ovulini o‘ldirish mumkin emas. Yana shunga o‘xshash qirilib ketayotgan hayvonlar borki, ularni ovlash, o‘ldirish mumkin emas, million dollar to‘lasangiz ham ruxsat yo‘q”, – deydi Sodiqov.
Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i rossiyalik Yevgeniy Shirokov O‘zbekistonda o‘ldirgan yagona noyob hayvon emas.
Rossiyalik ovchi “Qizil kitob”ga kirgan burama shoxli echki, qizilqum qo‘chqori, tog‘ takasi va Buxoro urialini ham otib o‘ldirgan.
O‘tgan yil noyabrida olingan videoda Shirokov “Qizil kitob”ga kirgan burama shoxli echki, qizilqum qo‘chqori, tog‘ takasi va Buxoro urialini otib o‘ldirganini ko‘rish mumkin.
2020 – yilning fevral oyida bu hayvonlar BMTning “Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvon turlarini saqlab qolish” Konvensiyasiga kiritilgan edi.
YouTube ga joylangan videoda Shirokov O‘zbekistonga kelganida uni qimmatbaho mashinalarda kutib olishgani, Buxoro, Surxondaryo, Bo‘stonliqdagi qirlarga O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan vertolyotda olib borilgani, mahalliy rahbarlarning xos mehmoni bo‘lganini ko‘rish mumkin.
U videoda O‘zbekistonda ovga narx arzon ekanini ham zavqlanib gapiradi.
Shirokov 2020 – yil boshidan buyon 18 jonivorni o‘ldirib, Rossiyaning eng zo‘r ovchisi nomini olgan.
“Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova O‘zbekiston faunasi nafaqat post sovet o‘lkalari, balki arab mamlakatlaridan keluvchi puldor ovchilar uchun ham joziba kasb etganidan tashvish bildiradi
“Afsuski, mamlakatimiz o‘z faunasini xorijlik puldorlarga ular ko‘ngilxushlik qilishi, hayvonlarni o‘ldirib zavq olishlari uchun berib qo‘ymoqda. Tabiatimizni sotishni bas qilaylik!, – deydi “Jivaya planeta” hayvon himoyachilari jamiyati faoli Anastasiya Tashilova.
O‘zbekistonda yo‘rg‘a tuvaloq ovlash ishqida bo‘lgan arab shahzodalari
O‘zbekistonda dunyoning boshqa joylarida uchramaydigan hayvonot va qushlar dunyosi mavjud. Mahalliy qonunchilik ularni ovlashni taqiqlamaydi.
Shu bois ham bu mamlakat xorijlik ov ishqibozlarini o‘ziga tortib keladi.
Bundan oldin Ozodlik Birlashgan Arab Amirliklari shayxlari O‘zbekistonda lochinlari bilan yo‘rg‘a tuvaloq ovlagani haqda xabar bergan.
O‘tgan yil Qoraqalpog‘istonning Ustyurt mintaqasidagi yerning noyob qushlarni ovlashni hush ko‘radigan arab shayxiga arzon-garovga berilishi mahalliy aholi noroziligiga uchragandi.
O‘zbekiston Bosh vaziri farmoyishi loyihasida Abu Dabi amirligi valiahdi, shayx Shayx Mansur bin Zaid al Nahayon O‘zbekistonda noyob qushlarning naslini ko‘paytirish uchun Qo‘ng‘irotda 200 gektarlik dala lageri ochmoqchi ekani haqda yozilgan.
Ayni paytda yo‘qolib borayotgan qushlar aynan qanday qushlar ekani farmoyishda tilga olinmagan.
Ozodlik gaplashgan qo‘ng‘irotliklar esa, arab shayxlari Ustyurt yalangliklarida Qizil kitobga kirgan yo‘rg‘a tuvaloqlarni ko‘paytirib¸ ularni lochin yordamida ovlash rejasida ekanini aytishgan.
Abu Dabi valiahd shahzodasi O‘zbekiston cho‘llaridagi noëb qushlarni ovlashga ishqi tushgan yagona arab zodagoni emas..
2019 – yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Navoiy viloyatida yo‘rg‘a tuvaloqlarni ovlagani kelgan Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al-Maktumni shaxsan kutib olgan edi.
O‘z lochinlari bilan kelgan shahzodaga Otabek Umarov va Shavkat Mirziyoyevning yana bir kuyovi – Oybek Tursunov hamrohlik qilgani va ularga ziyofat qilib bergani haqida Ozodlik xabar bergan.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlarni ov qilgan shayxning o‘nlab lochinlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchog‘ining biznes salonida Toshkentdan qaytib ketayotgani videosi tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lgan.
Yevropa mamlakatlarida noyob hayvonlarni katta pul evaziga ham ovlash mumkin emas.
Ҳурмат Бобожон/Озодлик
тел: +420 2 2112 3387
mobile:+420 605 562 270 (шошилинч хабарлар)
twitter: khurmatb
skype: khurmatskype
facebook:Khurmat Babadjanov
Qiziqarli malumotlar
Qizil kitobga kirgan hayvonlar