Qizil kitob qizil kitobga kiritilgan o simliklar
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar himoyasida yana bir qadam: Chakanda plantatsiyalarini qanday saqlab qolish mumkin?
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistranti Shahlo Tolibova “Chakanda o‘simligining suv almashinuv xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shahlo Tolibovaning mazkur mavzu bo‘yicha 5 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida chop etilgan. Ilmiy rahbari o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Flora Kabulova.
– Chakanda to‘qayzorlarda tarqalgan yovvoyi o‘simlik bo‘lib, asosan, nam joylarda, daryo bo‘ylarida o‘sadi – deydi Shahlo Tolibova, – Ayni paytda Qizil Kitobga kiritilgan noyob o‘simlik sifatida milliy qo‘riqxona muhofazasiga olingan. Bu o‘simlik Markaziy Osiyoda, Qirg‘iziston va Tojikistonda keng tarqalgan. Samarqand viloyatida tabiiy chakandazorlar, asosan, Zarafshon daryosi bo‘yida mavjud. O‘simlikning foydali tomonlari ko‘pligini hisobga olib, oxirgi yillarda chakanda plantatsiyalarini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Chakanda tarkibida ko‘plab foydali vitaminlar va biologik faol moddalar topilgan. Jumladan undagi A provitamini bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek, uning tarkibida odam qarishini sekinlashtiruvchi, yurak faoliyatini faollashtiruvchi moddalar ham aniqlangan. Chakanda mevasidan chakanda yog‘i olinadi, barglari antibakterial xususiyatga ega, poya po‘stlog‘ida serotonin moddasi bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi preparatlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Chakanda ildizida azot o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular tuproqni azotga boyitadi.
Daryo suvidan noto‘g‘ri foydalanish natijasida grunt suvlarining kamayishi tuproq tarkibida namlikning kamayishiga olib keladi. Namlik yetishmasligi, yuqori harorat va havoning quruqligi chakanda plantatsiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa chakandaning yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Uni asrab qolish uchun o‘simlikning suv almashinuv xususiyatlarini o‘rganib, uni joriy muhitga moslashtirish choralarini ko‘rish lozim. Shuning uchun bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri chakandaning o‘sish, rivojlanishini o‘rganish va asosiy e’tibor suv yetishmasligiga sabab bo‘layotgan suv almashinuv ko‘rsatkichlarini o‘rganish muhim masala hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishi chakanda plantatsiyalarini saqlab qolish, o‘simlikning yo‘qolib ketishining oldini olishda muhim qadam bo‘lishi, shubhasiz.
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.
Qizil kitob qizil kitobga kiritilgan o simliklar
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: «0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi elektron shaklda yuritiladi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Uz24.Uz‘ning yozishicha, hujjat Qizil kitobda qayd etiladigan hayvonlar va o‘simliklarga oid ma’lumotlarning turlarini, ularni Qizil kitobga kiritish va undan chiqarish asoslari hamda tartibini, shuningdek, Qizil kitobni yuritish chora-tadbirlarini va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.
Belgilanishicha, Qizil kitob Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan elektron shaklda yuritiladi. Qizil kitobning elektron shakli Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy saytiga (www.uznature.uz) joylashtiriladi. Shu bilan birga, Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydi, ularni o‘zining saytida joylashtiradi.
Ma’lumot uchun, Qizil kitob O‘zbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, o‘simliklar hamda qo‘ziqorinlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarining nobud bo‘lishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qiziqarli malumotlar
Qizil kitob qizil kitobga kiritilgan o simliklar