QIZIL DENGIZ

QIZIL DENGIZ

QIZIL DENGIZHind okeanining materiklar oraligʻidagi dengizi. Afrika va Arabiston ya. o. oraligʻida. Misr, Sudan, Eritreya, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirgʻoqlariga tutash. Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeani, Suvaysh kanali orqali Oʻrta dengiz bilan tutashgan. Mayd. 460 ming km2. Eng chuqur joyi 3039 m. Dengizning qirgʻoq chizigʻi tekis, shakli tektonik uzilma chegarasiga mos. Shim. da Suvaysh va Aqaba qoʻltiqlari, ular orasida Sinay ya. o. bor. Eng yirik oroli — Dahlak. Dengiz tubi relyefi xilmaxil, katta qismi soylik (chuq. 1000 m), uning oʻrta qismida tor va chuqur novlar bor. Chuq. 200 m gacha boʻlgan joylarda marjon va materik oroli koʻp. Dengiz tubining katta qismi kristalli zamindan iborat boʻlib, ustini 1—4 km qalinlikdagi ohaktosh va evaporitlar qoplagan. Iqlimi mussonli, biroq dengiz Arabiston ya. o. va Shim. Afrikadagi choʻllar oraligʻida joylashganligi uchun ancha quruq. Tez-tez changli tuman va saroblar boʻlib turadi. Qizil dengiz suvi iliq (32° gacha) va shoʻr (38—42%o) dengizlardan. Sababi Qizil dengizda bugʻlanish nihoyatda kuchli boʻlib, chetdan daryo quyilmaydi. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 0,6 m gacha). Chuqurlikdagi shoʻr suv Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeaniga oʻtib turadi.

Ensiklopediya.uz
QIZIL DENGIZ