QIZAMIQ
QIZAMIQ, gul — oʻtkir yuqumli kasallik; gavda trasining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi. Qizamiq yer yuzida eng keng tarqalgan infeksiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar beriluvchan boʻladi. Kasallik mavsumiy boʻlib, kuzqish va bahorda koʻproq uchraydi. Infeksiya manbai faqat kasallangan odam hisoblanadi, sogʻlom kishi organizmiga virus nafas yoʻllari orqali tushadi. Kasallikdan keyin umr boʻyi saqlanadigan immunitet qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) Qizamiq bilan ogʻrimaydi.
Ensiklopediya.uz
QIZAMIQ