QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK

QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK

QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlash (tillarning genealogik tasnifi) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tillar tarixini qayta tiklash (rekonstruksiya qilish) da asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiytarixiy metoddai foydalanadi; tadqiqotning eng umumiy shakli — (eng avvalo fonetikani qamrab oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvchi) etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.

Ensiklopediya.uz
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK