QIYOSIY-TARIXIY METOD

QIYOSIY-TARIXIY METOD

QIYOSIY-TARIXIY METOD, komparativizm (tilshunoslikda) — til oilalari va guruhlarini, shuningdek, ayrim olingan tillarni tarixiygenetik oʻrganish usullari va tartiblari majmui; qiyosiytarixiy tilshunoslikrya tillar rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini belgilash uchun qoʻllanadi. Ushbu metod til tarixini bilishning eng muhim vositasidir. Qiyosiy-tarixiy metod yordamida genetik jihatdan oʻzaro yaqin tillarning diaxronik tadrijiy rivojlanishi ularning kelib chiqish manbai bir ekanligini isbot qilish asosida oʻrganiladi.

Ensiklopediya.uz
QIYOSIY-TARIXIY METOD