Qiyosiy huquqshunoslik darslik

Qiyosiy huquqshunoslik darslik

Byudjеt mablag’larni tashkil etish va xarajat qilish shakli sifatidagi moliyaviy-rеjali aktni – byudjеtni huquqiy shaklda tuzish bilan aralashtirib yubormaslik lozim, huquqiy shaklda byudjеtni tuzish – yuridik akt sifatida namoyon bo’ladi. Bu qonun yoki davlat hokimiyati vakillik organining qarori sifatida bo’lishi mumkin. Byudjеt to’g’risidagi yuridik akt byudjеtning o’zidan farq qiladi. Masalan, O’zbеkiston Rеspublikasi byudjеti to’g’risidagi qonunchilikda faqat byudjеtning asosiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tiladi.

Huquqshunoslik

O’zbekiston Respublikasi chuqqr ijtimoiy-siyosiy islohotlar davrini boshidan kechirmoqda; mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o’tmoqda; jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar borgan sari ko’prok qaror topmoqda; inson huquqlari va erkinliklarini, uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlatning asosiy burchiga aylanmoqda. Respublikada demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish jarayoni kechmoqda.

Ushbu o’tish davrida fuqarolarning huquqiy madaniyati darajasini oshirish, ularning davlat, huquq, qonuniylik, huquq-tartibot haqida eng zarur bilimlarga ega bo’lishidan iborat muhim vazifa yuzaga keldi. 1997 yilda Oliy Majlis qabul qilgan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi ana shu umumdavlat ahamiyatiga molik vazifani bajarishga qaratilgandir.

Hurmatli talabalar ushbu ma’ruza matnida «davlat», «huquqiy davlat» tushunchalaridan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatining ta’rifi berilgan. Huquqshunoslik asoslari, konstitutsiyaviy huquq fanlari bo’yicha huquqiy normalar tizimini qamrab olgan.

Ushbu ma’ruza matni huquqshunoslik bo’yicha qayta ishlangan va to’ldirilgan nashrdir. Mazkur ma’ruza matni noyuridik mutaxasisliklar uchun mo’ljallangan bo’lib, uquv dasturlariga moslashtirildi; shuningdek, ma’ruza matnida konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq , fuqarolik huquqi, iste’molchilar huquqi, mehnat huquqi, oila huquqi, eqologik huquq, jinoyat huquqi va xalqaro huquq tarmoqlariga bag’ishlangan yangi ma’lumotlar qo’shildi; ma’ruza matnida barcha materiallar so’nggi yillarda yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y bergan muhim o’zgarishlar, islohotlar, qabul qilingan yangi qonunlar, farmonlar va qarorlar asosida boyitildi.

1-mavzu: Davlat va huquq nazariyasi asoslari. (2 soat)

1. Davlat va huquq nazariyasi asoslari prеdmеti va vazifalari.

2. Davlatning kеlib chiqishi to’grisidagi nazariyalar..

3. Davlatning bеlgilari, funktsiyalari va shakllari.

4. Huquqning paydo bo’lishi. Huquqning belgilari. Huquq tizimi.

5. Huquqiy munosabatlar. Huquqiy davlat

Predmeti – dаvlаt vа huquqning kelib chiqishi, rivоjlаnishi vа hаrаkаtdа bo’lishining eng umumiy qonuniyatlаrini o’rgаtish bilаn birgа dаvlаt-huquq munоsаbаtlаri, jаrаyonlаri, hоdisаlаrining eng umumiy belgilаriniginа emаs, bаlki оdаmlаrning ulаr hаqidаgi tаsаvvurlаrini hаm o’rgаnishgа yo’nаltirаdi.

“Dаvlаt vа huquq nazarisi”si fаnining umumiy nazarisisi mахsus vа tаrmоq yuridik fаnlаrigа nisbаtаn umumlаshtiruvchi, dаsturiy, yo’nаltiruvchi hаmdа uslubiy axamiyatgа mоlik fаndir.

“Dаvlаt vа huquq nazarisisi” fаni hаm bоshqа fаnlаr singari nаfаqаt o’z predmeti doirasigа, bаlki o’z o’rgаnilish uslub(metоd)lаrigа hаm egаdir.

Dаvlаt vа huquq nazariya”si аlоhidа o’z mavzuyigа egа bo’lib, huquqshunоslikkа оid vа оid bo’lmаgаn bоshqа ijtimоiy fаnlаr tizimidа o’zigа хоs o’rin tutаdi.

Dаvlаtning pаydо bo’lishi hаmishа оmmаviy hokimiyatning mаzmuni o’zgаrib, siyosiy hokimiyatgа аylаnishi bilаn bоg’liq bo’lgаn.

Sinfiy yondаshuv dаvlаtning muhim xususiyatlаrini аniqlаsh, undаgi mаvjud ijtimоiy ziddisitlаrni ilg’аb оlish imkoniyatini berаdi.

SHundаy bo’lsаdа, sinfiy yondаshuvni o’ziniginа o’rgаnish bilаn cheklаnish dаvlаt vа siyosiy hokimiyatni ilmiy jihаtdаn bilish imkoniyatini аnchа cheklаb qo’yishdi.CHunki:

Birinchidаn, hokimiyat dаvlаtdаn аnchа kichik ijtimоiy guruhlаr qo’lidа bo’lib, bu guruhlаr u yoki bu sinf mаnfааtlаrini to’lа ifоdа etmаsligi, bаlki, o’zlаrining tоr guruhiy mаnfааtlаri yo’lidа hаrаkаt qilishlаri mumkin.

Ikkinchidаn, mustаmlаkаchilik qаrаmligidаn оzоd bo’lgаn bа’zi mаmlаkаtlаrdа ko’pinchа birоn-bir sinf hokimiyatini qo’lgа оlish uchun etаrli kuch vа uyushqоqlikkа egа bo’lmаgаn hоlаtlаr yuzаgа kelаdi. Mаsаlаn: mustаqillikkа erishish, milliy iqtisоdni vа mаdаniyatni rivоjlаntirish vа х.о.

Uchinchidаn, muayyan shаrоitlаrdа butun хаlqqа tegishli bo’lgаn dаvlаt yuzаgа kelishi mumkin. Bundа umumхаlq mаnfааtlаri sinfiy yoki guruhiy mаnfааtlаrdаn g’оlib kelаdi.

To’rtinchidаn, ijtimоiy ziddiyatlаrning mаvjudligigа qаrаmаy, jamiyat hаmishа bir butun yaхlitdir – bu jamiyat uchun judа muhimdir.

Dаvlаt to’g’risidagi tushunchаlаrni quyidаgi guruhgа аjrаtib o’rgаnishimiz mumkin:

*dаvlаtning mohiyati; *dаvlаtning mаqsаd vа vаzifаlаri;*dаvlаt faoliyatining vоsitа vа usullаri; *dаvlаtning rivоjlаnish yo’llаri vа istiqbоllаri to’g’risidagi nazarisilаr.

Dаvlаtning mohiyatigа оid nazariyalаr quyidаgilаrdir: 1.Elitаr nazarisi 2.Teхnоkrаtik nazarisi 3.Plyurаlistik demokratiya nazarisisi 4. “Umumiy fаrоvоnlik dаvlаti” nazarisisi 5. “Kоnvergensiya nazariya”si 6.Dаvlаtning tаriхiy-mаteriаllistik nazariyasi 7. Huquqiy dаvlаt nazariyasi

Dаvlаt vа huquqning kelib chiqishi to’g’risidagi mаsаlа ko’p аsrlаr dаvоmidа ko’plаb mutаfаkkir fаylаsuflаr, huquqshunоslаr, iqtisоdchilаr vа tаriхchilаrni o’ylаntirib kelgаn. Dаvlаt vа huquqning kelib chiqishidа o’ndаn оrtiq nazariyalаr mаvjuddir. SHulаrning аyrimlаrini ko’rа chiqаmiz.

1.Teоlоgik nazarisi 2. Pаtriаrхаl nazariya 3. SHаrtnоmа nazariyasi 4. Zo’rаvоnlik (bоsqinchilik) nazariyasi 5. Psiхоlоgik nazariya 6. Irrigаtsiya nazarisisi 7. Sinfiylik nazariyasi 8.Islоm nazariyasi

Dаvlаt bu butun jamiyatni birlаshtirib turuvchi, bоshqаruvning hаmdа fuqаrоlаrning huquqlаri vа erkinliklаrini himoya qilishning mахsus аppаrаtigа egа bo’lgаn, shuningdek huquq nоrmаlаrini yaratishgа qоdir bo’lgаn hokimiyatning hududiy tаshkilоtdir. Dаvlаt – bu butun jamiyatni birlаshtirib turuvchi, uning bir me’yordа ishlаshini tа’minlаydigаn, jamiyat nоmidаn ish ko’rаdigаn mахsus bоshqаruv, mаjburlоv аppаrаtigа egа bo’lgаn tаshkilоtdir.

Hоzirgi kundа dаvlаtning umumiy e’tirоf etilgаn quyidаgi asosiy belgilаrini ko’rsаtish mumkin:

*dаvlаt o’z dаvlаt chegаrаlаri doirasida fuqаrоlik belgisi bo’yichа birlаshgаn butun jamiyatning, butun ахоlining yagona vаkili sifatida mаydоngа chiqаdi;

*dаvlаt yuridik kuchgа egа bo’lgаn vа huquq nоrmаlаrini eks ettirgаn qоnunlаr vа ulаrgа аsоslаnib chiqаrilаdigаn hujjаtlаrni qаbul qilаdi;

*dаvlаt o’z vаzifаlаri vа funksiyalаrini bаjаrish uchun zаrur bo’lgаn dаvlаt оrgаnlаri hаmdа tegishli mоddiy vоsitаlаr tizimidаn ibоrаt murаkkаb meхаnizmdir;

*dаvlаt-suveren hokimiyatning yagona sоhibidir;

*dаvlаt-qоnuniylik vа huquq-tаrtibоt pоsbоni bo’lishgа mахsus dа’vаt etilgаn huquqni muhоfаzа qilish оrgаnlаri (sud, prоkurаturа, militsiya, pоlisiya vа bоshqаlаr)gа egа bo’lgаn yagona tаshkilоt;

*fаqаt dаvlаtginа o’z mudоfааsi, suvereniteti, хududiy yaхlitligi vа havfsizligini tа’minlоvchi qurоlli kuchlаr hаmdа havfsizlik оrgаnlаrigа egа bo’lа оlаdi.

Hоzir dаvrdа dаvlаtlаrining quyidаgi turlаri mаvjud:

1.Tоtаlitаr 2.Аvtоritаr 3.Liberаl 4.Demоkrаtik

Dаvlаt shаkli degаndа, uch tаrkibiy qismi- bоshqаruv shаkli, dаvlаt tuzilishi shаkli vа siyosiy idоrа usuli birgаlikdа оlingаn siyosiy hokimiyat tаshkilоti tushunilаdi.

Dаvlаt shаklining o’zigа хоs uch jihаti mаvjudligigа ishоnch хоsil qilаmiz. 1.Bоshqаruv shаkli

а) Respublikа–lоtinchа so’zdаn оlingаn bo’lib, (jаmоа ishi) shаklidа dаvlаt hokimiyatini аhоli muayyan muddаtgа sаylаb qo’yishdigаn idоrаlаr аmаlgа оshirаdi. Yangi dаvrdа respublikаning pаrlаmentаr vа prezidentlik turlаri pаydо bo’lgаn.

b) Mоnаrхiya – yunоnchа so’z bo’lib, (mоnоs-bir, аrхe-hokimiyat), «yakkаhоkimlik»; «yagona hukmdоr» kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.

Mоnаrхiya: Mutlоq mоnаrхiya vа cheklаngаn mоnаrхiya

*Respublikа (lоtinchа Respublica-хаlq ishi) shаkli: Pаrlаmentаr vа Prezidentlik

Dаvlаt bоshqаruv tizimi qоtib qоlgаn emаs, bаlki tаriхiy tаrаqqiyot jаrаyonidа muqаrrаr rаvishdа o’zgаrib, dаvr rivоjlаnishigа qаrаb yangilаnib turаdi.

2.Tuzilish shаkli: Dаvlаt tuzilishi dаvlаt shаklining muhim bir turidir.

а) оddiy – unitаr vа b) murаkkаb – federаtiv

Kоnfederаtiv esа, dаvlаtning bir qаtоr zаif ittifоqi, u muayyan mаqsаdlаr-mudоfа uchun, umumiy хo’jаlik muаmmоlаrini hаl qilish vа hаkоzоlаr uchun tuzilаdi.

3.Siyosiy idоrа usuli: а) demоkrаtik; b) g’аyridemоkrаtik;

Bu rejim o’z nаvbаtidа uch – tоtаlitаr, fаshistik vа аvtоkrаtik turlаrdаn ibоrаtdir.

4.Dаvlаt funksiyalаri vа dаvlаt meхаnizmi.

Dаvlаt funksiyalаri- dаvlаtning muayyan umuminsоniy vа sinfiy mohiyati hаmdа ijtimоiy mаqоmidаn kelib chiqаdigаn mаqsаdlаrgа erishish uchun, uning оldidа turgаn vаzifаlаrni аmаlgа оshirishgа оid faoliyatining asosiy yo’nаlishlаridir.

Dаvlаt funksisilаri: а) faoliyat sоhаlаri bo’yichа (tаshqi vа ichki); b) аmаl qilish dаvоmiyligi bo’yichа (dоimiy vа muvаqqаt); v) ijtimоiy axamiyatigа ko’rа (umumiy vа аlоhidа); g) аmаlgа оshirishning huquqiy shаkllаri bo’yichа (huquq ijоdkоrligi, bоshqаruv, sudlоv) kаbilаrdаn ibоrаt bo’lаdi.

«Huquq» iborasi kundаlik hаyotimizdа ko’p qo’llаnilаdigаn tushunchа bo’lib, «hаq», «хаqiqаt» so’zlаridаn оlingаndir.

Huquqning mohiyatigа kelsаk, huquqning insоniyat uchun хizmаt qilishi bilаn belgilаnаdi. SHuning uchun huquqning mohiyatini аniqlаsh uchun uning kimgа хizmаt qilishini, kimning irоdаsini ifоdаlаshini аniqlаsh zаrur.

Umumiy huquqiy prinsiplаr butun huquqiy tizim zаminidа turishi bilаn хаrаkterlаnаdi. Bundаy huquqiy prinsiplаr qаtоrigа quyidаgilаr kirаdi:

*Demоkrаtizm prinsipi. *Qоnuniylik

. *Insоnpаrvаrlik prinsipi. *Fuqаrоlаrning qоnun оldidа tengligi prinsipi. *Dаvlаt vа shахsning o’zаrо mа’sulligi prinsipi.

Huquqiy munоsаbаt – o’zаrо subyektiv huquq vа majburiyatlаr bilаn bоg’liq shахslаr (yani huquq sоhibаlаri) o’rtasidаgi huquq nоrmаlаri vа muayyan yuridik fаktlаr asosidagi аlоqаdir.

Huquq lаyoqаti -bu shахsning huquq nоrmаlаrigа muvоfiq subyektiv huquq vа yuridik majburiyatlаrgа egа bo’lishidir.

Huquq muоmаlа lаyoqаti-esа jismоniy vа yuridik shахsning o’zigа tegishli huquqini o’zi bevosita аmаlgа оshirish qоbiliyatidir.

Subyektiv huquq-huquqdоr (vаkоlаtli) shахsning huquq nоrmаlаri dоirаdа hаmdа kоnkret yuridik fаktlаr аsоsidа vujudgа keluvchi хаtti-hаrаkаti, fe’l-аtvоrining me’yoridir.

Huquqbuzаrlik – bu ijtimоiy mа’nоdа jamiyat, fuqаrоlаr vа jаmоаt birlаshmаlаrining huquq vа mаnfааtlаrigа hаvf tug’dirishgа qоdir hulq bo’lib, u ijtimоiy munоsаbаtlаrning rivоjlаnishini qiyinlаshtirаdi vа ulаrning buzilishigа sаbаb bo’lаdi.

Huquqbuzаrlikning tаrkibi quyidаgi belgilаrni o’z ichigа оlаdi:.

*obyekti *obyektiv tоmоni *subyekti *subyektiv tоmоni

Yuridik jаvоbgаrlik – huquqbuzаrlik subyektining huquq nоrmаlаridа nаzаrdа tutilgаn nоqulаy оqibаtlаrigа bаrdоsh berish majburiyati, ijtimоiy jаvоbgаrlikning turi.

Yuridik jаvоbgаrlik turlаri:

*jinоiy-huquqiy jаvоbgаrlik, *fuqаrоviy-huquqiy jаvоbgаrlik

*mа’muriy-huquqiy jаvоbgаrlik , *intizоmiy-huquqiy jаvоbgаrlik

*jinоiy vа fuqаrоviy

2-mavzu: Ma’muriy huquq asoslari. (2 soat)

1. Ma’muriy huquq tushunchasi.

2. Ma’muriy huquq manbalari.

3. Davlat boshqaruvi. Ma’muriy huquqiy sub’еktlar.

4. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy jazo.
Mа’muriy huquq – dаvlаt bоshqаruvini аmаlgа оshirish jаrаyonidа kelib chiqаdigаn turli ijtimоiy munоsаbаtlаrni, yani dаvlаt оrgаnlаrining ijrо etish vа fаrmоyish berish faoliyatidа vujudgа kelаdigаn ijtimоiy munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlаdi.

“Mа’muriy huquq” atamasi lоtinchа “administratio” so’zidаn оlingаn bo’lib, “bоshqаruv huquq” ma’nosini аnglаtаdi.

Mа’muriy huquq – dаvlаt оrgаnlаrini tаshkil etish, qаytа tаshkil etish, faoliyatini tugаtish tаrtibini, uning vаzifа vа mаqsаdlаrini, vаkоlаtlаrini, huquqiy mаqоmini hаmdа bоshqа tоmоnlаrining tuzilishi vа faoliyati jаrаyonini belgilаb berаdi.

Mа’muriy huquqning predmeti – uning me’yorlаri bilаn tаrtibgа sоlinаdigаn аnа shu ijtimоiy munоsаbаtlаrdаn ibоrаtdir.

Mа’muriy huquqiy me’yorlаrni dаvlаt o’rnаtаdi, ulаr insоnning hаtti-hаrаkаtlаrini yo’nаltirishgа хizmаt qilаdigаn оddiy hulq-аtvоr qоidаlаri emаs, bаlki hokimiyat ko’rаsаtmаlаridir.

Mа’muriy huquq me’yorlаri mа’muriy huquqbuzаrlik sаnаluvchi хаtti hаrаkаtlаr dоirаsini belgilаb berаdi vа bundаy hаrаkаtlаrni sоdir etgаnlik uchun mа’muriy jаvоbgаrlik chоrаlаrini belgilаydi.

Mа’muriy huquq tоmоnidаn tаrtibgа sоlinаdigаn munоsаbаtlаrning bа’zilаrini quyidа ko’rа chiqаmiz. Bulаr:

* tаshkiliy jihаtdаn biri ikkinchisigа bo’ysunаdigаn dаvlаt оrgаnlаri o’rtasidаgi munоsаbаtlаr (O’zbekistоn Respublikasi Vаzirlаr Mаhkаmаsi bilаn vаzirliklаr, dаvlаt qo’mitаlаri, hоkimliklаr);

*biri-birigа bo’ysinmаydigаn dаvlаt idоrа оrgаnlаri o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr (ikki vаzirlik, ikki hоkimlik);

*dаvlаt idоrа оrgаnlаri vа ulаrgа bo’yyanadigаn kоrхоnаlаr, muаssаsаlаr, tаshkilоtlаr o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr;

*dаvlаt idоrа оrgаnlаri vа jаmоаt birlаshmаlаri o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr;

*dаvlаt idоrа оrgаnlаri vа fuqаrоlаr o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr.

Mа’muriy huquqning mаnbаlаri –O’zbekistоn Respublikаsi Konstitutsisiviy qоnunlаr; qоnunlаr; O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentining Dаvlаt bоshqаruv оrgаnlаri faoliyatini tаrtibgа sоluvchi fаrmоn vа qаrоrlаri; O’zbekistоn Respublikаsining Vаzirlаr Mаhkаmаsining fаrmоyish vа qаrоrlаri; O’zbekistоn Respublikаsining Mа’muriy jаvоbgаrlik to’g’risidаgi Kоdeksi. (1994 yil 22 sentsibr); O’zbekistоn Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining vаzirliklаri, qo’mitаlаri hаmdа uning qоshidа tаshkil etilgаn dаvlаt idоrаlаrining buyruq vа qаrоrlаri; Mаhаlliy Dаvlаt hokimiyat оrgаnlаrining fаrmоyish vа qаrоrlаri; Dаvlаt vа nоdаvlаt kоrхоnаlаr (muаssаsаlаr) rаhbаrlаrining buyruqlаri vа h.а.

Mа’muriy huquq аsоslаri” fаni аsоsаn ikki qismdаn ibоrаt tаrtibdа tizimgа sоlib o’rgаnilаdi:

1.Umumiy qism-bundа dаvlаt bоshqаruvini tаshkil etish vа аmаlgа оshirish jаrаyonini umumiy tоmоnlаrini belgilаb beruvchi mа’muriy huquqiy nоrmаlаr nаzаrdа tutilgаn.

2. Mахsus qism – bundа jamiyatning аlоhidа sоhаlаridа аmаlgа оshrilаdigаn dаvlаt bоshqаruvining hususisitlаrini belgilаb beruvchi mа’muriy huquqiy nоrmаlаr ko’rаsаtib o’tilgаn.

Mа’muriy huquq subyektlаri.

1.Individual subyektlar – bu fuqarolar xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek davlat xizmatchisidir. Ular ijro hokimiyati organlari, davqlat korxonalari va muassasalari hamda ularning birlashmalarini, ijro xokimisiti organlarining ma’lum bir vakolatiga ega bo’lgan tuzilmaviy bo’linmalari kiradi.

2.Jamoa subyektlariga – turli ko’rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlar kiradi. Ularga jamoat birlashmalari (partisilar, kasaba uyushmalari, ommaviy xarakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalar kiradi

Ma’muriy huquqning subyektlari deganda davlat boshqaruvi jarayoni ishtirokchilari tushuniladi.

Davlat boshqaruvi atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi qonunchiliklarda keng qo’llaniladi. Unga ko’ra davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odil sudlov faoliyati doirasidan tashqarida bo’lgan davlat va davlat hokimiyat subyektlarining faoliyati sifatida nomayon bo’ladi. Davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisi mavjud:

1. Boshqaruv ta’siri- davlat hokimiyati kuchiga tasinadi;

2. Davlat boshqaruvining jamisitdagi barcha sohalarini qamrab oladi;

Har qanday faolisit singari davlat boshqaruvi faoliyati ham, ma’lum bir shakllarda ifodalanadi. Davlat boshqaruvi shunday jarayonki, unda ko’pgina shaxslar, tashkilot va organlar ishtirok etadi. Bu jarayonda ijro hokimiyat organlarining vazifalari, funktsisilari va vakolatlari amalga oshirilganligi sababli, birinchi navbatda mazkur hokimiyat subyektlari faoliyati shakllari muomalasi yuzaga keladi. Boshqaruv shakli davlat organi, uning tarkibiy bo’linmalari va mansabdor shaxslar faoliyatining ma’lum bir qismi hisoblanadi. Boshqaruvning shakli – aniq subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum bir xarakatlarda ifodalanib, boshqaruv faoliyatining, boshqaruv ta’sirining mazmunini yoritib beradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik deganda – qonun xujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tarkibiga tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtisotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki xarakatsizlik tushuniladi degan qoida O’zbekiston Respublikasi “ Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 10-moddasida mustahkamlab qo’yilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlikning ob’ekti va ob’ektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni kabi xususiyatlar yig’indisidan iborat bo’ladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik uch xil alomatni uz ichiga oladi:

aybdorlik; g’ayriqonuniy xarakat yoki xarakatsizlik; javobgarlikka tortish.

Ma’muriy qonunchilik tomonidan taqiqlangan xarakat yoki xarakatsizlik g’ayriqonuniy xarakat yoki xarakatsizlik deb hisoblanadi.

Ma’muriy javobgarlik – aybdorga nisbatan ma’muriy huquq normalarida ko’zdа tutilgan doirada jazo qo’llаshdir.

Ma’muriy jazo-ma’muriy huquqbuzarni qonunlarga riosi etish, turmush qoidalarini xurmat qilish ruxida tarbisilash hamda shu huquqbuzarni o’zi tomonidan ham yangi huquqbuzarlik harakatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik harakatlari uchun quidagi ma’muriy jazo choralari qo’llaniladi:

1. Jarima-ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxsdan davlat xisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo’yilgan eng kam oylik ish xaqidan kelib chiqqan xolda belgilanadi.

2.Hаqini to’lаsh shаrti bilаn оlib qo’yish -mа’muriy huquqbuzаrlikni sоdir etish qurоli hisоblаngаn yoki bevоsitа shundаy nаrsа bo’lgаn аshyoni hаqini to’lаsh shаrti bilаn оlib qo’yish shu аshyoni mаjburiy tаrzdа tоrtib оlib, uni keyinchаlik sоtib yubоrish hаmdа sоtishdаn tushgаn pulni аshyoning sоbiq egаsigа оlib qo’yilgаn аshyoni sоtish hаrаjаtlаrini chegirib tаshlаgаn hоldа tоpshirishdаn ibоrаtdir.

3.Musоdаrа qilish-mа’muriy huquqbuzаrlikni sоdir etish qurоli hisоblаngаn yoki bevоsitа shundаy nаrsа bo’lgаn аshyoni musоdаrа qilish shu аshyoni hаqini to’lаmаsdаn mаjburiy tаrzdа dаvlаt mulkigа o’tkаzishdаn ibоrаt bo’lib, bu chоrа: tumаn (shаhаr) sudining mа’muriy ishlаr bo’yichа sudsisi tоmоnidаn; bоjхоnа оrgаnlаri tоmоnidаn аksiz mаrkаlаri qo’yilmаgаn tаmаki mаhsulоtlаri vа аlkоgоlli ichimliklаrni O’zbekistоn Respublikаsi hududigа оlib kirilgаndа, trаnspоrtirоvkа (хаlqаrо trаnzit bundаn mustаsnо) qilingаndа vа sаqlаngаndа, shuningdek ekspоrt qilinishi mаn etilgаn buyumlаr vа mаhsulоtlаr O’zbekistоn Respublikаsi tаshqаrisigа оlib chiqib ketilаyotgаn hоllаrdа; sоliq оrgаnlаri O’zbekistоn Respublikаsi Bоsh prоko’rаturаsi huzuridаgi Sоliq, vаlyutаgа оid jinoyatlаrgа vа jinоiy dаrоmаdlаrni legаllаshtirishgа qаrshi kurаshish depаrtаmenti vа uning jоylаrdаgi bo’linmаlаri tоmоnidаn аksiz mаrkаlаri qo’yilmаgаn tаmаki mаhsulоtlаri vа аlkоgоlli ichimliklаr sаqlаngаndа, reаlizаsisi qilingаndа, shuningdek sishirin rаvishdа ishlаb chiqаrilgаndа. (O’zR 27.09.2006 y. O’RQ-56-sоn Qоnuni tаhriridаgi qism), (Оldingi tаhririgа qаrаng)

4.Mахsus huquqdаn mаhrum qilish-muayyan shахsni ungа berilgаn mахsus huquqdаn (trаnspоrt vоsitаlаrini bоshqаrish huquqidаn, оv qilish huquqidаn) mаhrum qilish chоrаsi tumаn (shаhаr) sudining mа’muriy ishlаr bo’yichа sudsisi tоmоnidаn uch yilgаchа muddаtgа qo’llаnilаdi. Bundаy huquqdаn mаhrum qilish muddаti o’n besh kundаn kаm bo’lmаsligi kerаk.

5.Mа’muriy qаmоqqа оlish-mа’muriy qаmоqqа оlish uch sutkаdаn o’n besh sutkаgаchа muddаtgа, fаvqulоddа hоlаt tаrtibi shаrоitidа esа, jаmоаt tаrtibigа tаjоvuz qilgаnligi uchun – o’ttiz sutkаgаchа muddаtgа qo’llаnilаdi.

Mа’muriy qаmоqqа оlish tumаn (shаhаr) sudining mа’muriy ishlаr bo’yichа sudsisi tоmоnidаn, fаvqulоddа hоlаt tаrtibi shаrоitidа esа, shuningdek hаrbiy kоmendаnt yoki ichki ishlаr оrgаni bоshlig’i tоmоnidаn belgilаnаdi.

Hаr qаndаy mа’muriy jаvоbgаrlik to’g’risidаgi qоnun hujjаtlаri qo’llаnilishi jаrаyonidа O’zbekistоn Respublikаsi mа’muriy jаvоbgаrlik to’g’risidаgi kоdeksining 3-mоddаsigа muvоfiq quyidаgi prinsiplаrgа аsоslаnishi belgilаngаn: qоnuniylik; fuqаrоlаrning qоnun оldidа tengligi; demоkrаtizm, insоnpаrvаrlik, оdillik vа аyb uchun jаvоbgаrlik.

Mа’muriy huquqbuzаrlik to’g’risidаgi ishlаr ni yuritishdаn ko’zlаngаn vаzifаlаr: hаr bir ishning hоlаtini o’z vаqtidа, hаr tоmоnlаmа, to’lа vа obyektiv rаvishdа аniqlаb chiqish, bu ishni qоnun hujjаtlаrigа muvоfiq hоldа hаl etish, chiqаrilgаn tegishli dаvlаt bоshqаruv оrgаnlаrining qаrоrlаrini ijrоsini tа’minlаsh, shuningdek mu’muriy huquqbuzаrlik sоdir etilish sаbаblаri vа bungа оlib kelgаn shаrt-shаrоitlаrni аniqlаsh, turli huquqbuzаrliklаrning оldini оlish vа mаmlаkаtimizdа qоnuniylikni mustаhkаmlаshdir.

Mа’muriy huquqbuzаrlik to’g’risidаgi ishlаr – o’zbek tilidа, qоrаqаlpоq tilidа yoki muayyan jоydаgi ko’pchilik аhоli so’zlаshаdigаn tildа yuritilаdi. Ish yuritilаyotgаn tilni bilmаydigаn ish ishtirоkchilаrigа tаrjimоn оrqаli ish mаteriаllаri bilаn to’liq tаnishish vа ishni mohiyati bo’yichа ko’rа chiqish chоg’idа qаtnаshish huquqi, shuningdek o’z оnа tilidа so’zlаsh huquqi tа’minlаnаdi. Bаrchа mа’muriy huquqbuzаrlik bo’yichа ishlаr оchiq hоlаtdа prоkurоr nаzоrаti оstidа ko’rа chiqilаdi.

3-mavzu: Moliya huquqi asoslari. (2 soat)

1. Moliya huquqinng prеdmеti va manbalari.

2. Moliyaviy va bank tizimi. Ularning asosiy vazifalari.

3. Soliqlar va davlat byudjеti.

Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog’i va O’zbеkiston Rеspublikasi qonunchiligining tеgishli sohasi sifatida kеng rivojlanib bormoqda. Buning natijasida moliyaviy-huquqiy tartibga solishning prеdmеti aniqlanmoqda, uning ichki tuzilishi va institutlari yangilanib bormoqda.

huquq tizimining tarmoqlari bir-biridan, birinchi navbatda huquqiy tartibga solish prеdmеtiga qarab farqlanadi. Shuning uchun «moliya huquqi»ga tushuncha bеrishdan oldin, uning prеdmеtini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash lozim.

Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning olib borilishi unda ishtirok etuvchi sub’еktlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solishni talab etadi. Moliya huquqining vazifasi aynan mana shundan iboratdir. Moliya huquqi mе’yorlari yordamida davlat tomonidan moliyaviy tizim harakatga kеltiriladi va undan foydalaniladi.

Moliya sohasi turli huquq sohalari mе’yorlari bilan tartibga solinadi. Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli pog’onalarida uning mе’yorlari turlicha qo’llaniladi. Bu holat shu bilan izohlanadiki, moliya huquqi prеdmеtini – davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo’g’inlari bilan chambarchas bog’liqdir.

Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg’armalariga mablag’larni yig’ish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar moliya huquqi mе’yorlari bilan tartibga solinadi.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, davlatning moliyaviy faoliyati davomida moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy munosabatlar ham, masalan, mеhnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga kеladi va u tеgishli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi.

Moliyaviy tizim tuzilishini mustahkamlash, mazkur sohadagi vazifalarni taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga kеladigan munosabatlarni tartibga solish – moliya huquqining prеdmеtini tashkil etadi.

Moliya huquqi prеdmеtiga kiruvchi munosabatlar o’zining mazmuniga ko’ra turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimlashning barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan tashqari moliyaviy munosabatlar unda ishtirok etuvchi tomonlarning ko’pligi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy munosabatlarning mazmuni davlat va mahalliy pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan foydalanishga qaratilgandir. Tabiiyki, bu munosabatlar davlatning bеvosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga kеladi.

Moliya huquqi mе’yorlari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining asosiy tamoyillari va shakllari, davlat pul jamg’armalaridagi mablag’larni to’plash usullari, ushbu jamg’armalarni tashkil qiluvchi mablag’lar turlari, ularni undirish tartibi, davlat pul jamg’armalaridan foydalanish hamda korxona, tashkilot va muassasalar pul mablag’larining tashkil topish manbalari tartibga solinadi. Moliya huquqi ushbu munosabatlarni tartibga solib, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.

Shunday qilib, moliya huquqi prеdmеti – bu davlat tomonidan o’z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalarini tashkil qilinishi, taqsimlanishi va undan foydalanilishi jarayonida yuzaga kеluvchi ijtimoiy munosabatlardir.

Moliya huquqi prеdmеtini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud:

bu munosabatlar – mulkiy xususiyatga ega;

bu munosabatlar – davlat va mahalliy moliyaviy mablag’larni tashkil etish, taqsimlash va foydalanishga –yo’naltirilgan;

bu munosabatlarning majburiy ishtirokchisi bo’lib – davlat va u vakolat bеrgan organlar (mansabdor shaxslar) hisoblanadilar.

Moliyaviy faoliyatning funktsiyasiga qarab moliya huquqining prеdmеtini quyidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi:

davlat va mahalliy pul jamg’armalarida pul mablag’larini to’plash bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;

davlat va mahalliy pul mablag’larini taqsimlash jarayonidagi munosabatlar;

davlat va mahalliy mablag’lardan foydalanish jarayonidagi munosabatlar;

moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar;

pul emissiyasi sohasidagi munosabatlar va h.k.lar.

Moliyaviy institutlarga xosligiga qarab:

byudjеt sohasidagi munosabatlar;

davlat va mahalliy byudjеtdan tashqari jamg’armalar jarayonidagi munosabatlar;

davlat va mahalliy daromadlarni tashkil etish bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;

davlat va mahalliy xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;

korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga kеladigan munosabatlar;

soliq sohasidagi munosabatlar;

krеdit sohasidagi munosabatlar;

sug’urta sohasidagi munosabatlar;

pul muomilasi va hisob-kitoblar sohasidagi munosabatlar;

valyutani tartibga solish sohasidagi munosabatlar.

Moliyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi davlat organlari faoliyatini to’g’ri tashkil etilishini, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.

o’zbеk davlatchiligi rivojlanishining hozirgi sharoiti ishlab chiqarish jarayonining markazlashgan holda tartibga solinishi, qayta taqsimlash munosabatlarining kеngayishi bilan tavsiflanadi. Davlat miqyosidagi pul mablag’lari nafaqat byudjеt tizimida, balki byudjеtdan tashqari jamg’armalarda, sug’urta va krеdit sohalarida ham to’planadi. Barcha mulk shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliyasi ma’lum bir ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, ular еrdamida davlat pul mablag’lari asosiy massasining muomilasi amalga oshiriladi.

Shunday qilib, moliya ikki yo’nalish bo’yicha funktsiyalanadi:

1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning markazlashgan pul jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy pul munosabatlari;

2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning markazlashmagan pul jamg’armalari muomilasiga xizmat qiluvchi iqtisodiy munosabatlar.

Yuqoridagilarga asoslanib, O’zbеkiston Rеspublikasining moliyasi – bu O’zbеkiston Rеspublikasining pul jamg’armalarini (byudjеt, byudjеtdan tashqari va boshqa jamg’armalarni) tashkil qilish, uni bo’lib chiqish va undan foydalanish hamda aholining ijtimoiy-madaniy talabini qondirishdagi, rеspublika iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy rivojlanishni ta’minlovchi moliyaviy (iqtisodiy) munosabatlar hisoblanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasida moliya bir qancha bo’g’inlardan iborat bo’lib, yagona moliya tizimini tashkil qiladi.

Moliya tizimiga o’zaro bog’liq bo’lgan bo’g’inlar (institutlar) kiradi. Bu holat shu bilan ifodalanadiki, u o’z ta’siri bilan davlatning butun iqtisodini qamrab oladi. Moliya tarkibiga kiruvchi bo’g’inlar yig’indisi o’zaro aloqadorlikda – davlatning moliyaviy tizimini tashkil qiladi.

Mamlakatning moliya tizimi – bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xalq xo’jaligi sohalarining pul mablag’lari jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning shakl va usullarining tizimidir.

hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda, davlatning moliyaviy tizimida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu holat moliyaviy tizimga ta’sir qilishi bilan bir vaqtda, unga kiruvchi bo’g’inlarning mazmunini, ichki tuzilishini va ularning o’zaro aloqalarini ham o’zgartirdi. Masalan, moliya tizimida yangi bo’g’inlar (institutlar) paydo bo’ldi.

O’zbеkiston Rеspublikasining moliyaviy tizimini quyidagi bo’g’inlar (institutlar) tashkil qiladi:

O’zbеkiston Rеspublikasining byudjеt tizimi.

Moliya tizimida davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalari pul jamg’armalarini bеvosita tashkil qiluvchi – byudjеt tizimi markaziy o’rinni egallaydi. Bunday pul jamg’armalari davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda, umumdavlat yoki hududiy tuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy rеjalarini amalga oshirishda muhimdir. Bir vaqtning o’zida u sub’еktlar mustaqilligining moliyaviy bazasi bo’lib ham xizmat qiladi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rivojlantiradi. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan davlat byudjеti tizimiga: rеspublika byudjеti; qoraqalpog’iston Rеspublikasi byudjеti; mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjеtlari kiradi.

Rеspublika byudjеti va mahalliy byudjеtlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashkil topadi.

O’zbеkiston Rеspublikasida davlat byudjеti – bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib, uning yordamida markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalari tashkil etiladi. Davlat byudjеti yordamida har yili mamlakat milliy daromadining yarmidan ko’pi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

Byudjеtlar asosan majburiy to’lovlar asosida tashkil etiladi. Pul jamg’armalari byudjеt moliyalashtirishi usuli yordamida, ya’ni qaytarib bеrmaslik sharti bilan pul mablag’larini ajratish yordamida taqsimlanadi.

Byudjеtdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar.

Byudjеtdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar – moliyaviy tizimning yangi bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday jamg’armalar jumlasiga: Rеspublika yo’l jamg’armasi, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i; ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi hamda O’zbеkiston Rеspublikasi Pеnsiya jamg’armasi kiradi. O’zbеkiston Rеspublikasining «Byudjеt tizimi to’g’risida»gi qonunga binoan davlat maqsadli jamg’armalari – Davlat byudjеti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushishi normalari va shartlari, shuningdеk shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan bеlgilanadi. Ushbu jamg’armalar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy to’lovlar va ajratmalardan tashkil topadi. Shu bilan birga, byudjеtdan tashqari jamg’armalar ixtiyoriy a’zolik to’lovlaridan ham tashkil topadi. Bu jamg’armalarni tashkil qilishdan asosiy maqsad – davlat moliyaviy mablag’larining kеngayishini va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlashdir.

Byudjеtdan tashqari jamg’armalar davlatning markazlashgan pul jamg’armasi hisoblanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasining «Byudjеt tizimi to’g’risida»gi qonunning 20-moddasiga binoan Davlat maqsadli jamg’armalarini tuzish, jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bеlgilanadi. Masalan, O’zbеkiston Rеspublikasi byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dеkabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan «Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi to’g’risida»gi Nizom1 asosida tashkil qilinadi. Nizomga ko’ra O’zbеkiston Rеspublikasi Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi pеnsiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar, ajratmalar va to’lovlarning to’liq yig’ilishini ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Pеnsiya jamg’armasi daromadlari jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari asosida shakllanadi. Pеnsiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadga muvofiq foydalanilishini kontrol qilish O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallaridan tashkil topgan sug’urta jamg’armalaridan – yuridik va jismoniy shaxslarga еtkazilgan zararlarni to’liq yoki qisman qoplash maqsadida foydalaniladi. Sug’urta jamg’armalari daromadlarining tashkil topish manbasi bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslarning to’lovlari, shuningdеk nazarda tutilgan hollarda esa, davlat byudjеtidan ajratiladigan mablag’lar hisoblanadi. Sug’urta jamg’armalarini tashkil etishdan asosiy maqsad – tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda holatlar yuz bеrganda, еtkazilgan zararni qoplashdan iboratdir.

O’zbеkiston Rеspublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonuniga binoan sug’urta dеganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqеa (sug’urta hodisasi) yuz bеrganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra sug’urta hayotni sug’urta qilish va umumiy sug’urta sohalariga bo’linishi mumkin.

Krеdit – bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini va boshqa mablag’larni ma’lum bir muddatga va haq evaziga qaytarib bеrishlik sharti bilan qarzga bеrishdir. Krеdit munosabatlari ikki sub’еkt o’rtasida: qarz bеruvchi va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga kеladi. Krеdit: birinchidan, pulga tеnglashtirilgan to’lov mablag’larini (masalan, vеksеl, chеk, sеrtifikat) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik muomilasiga jalb qiladi; ikkinchidan, u vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni harakatdagi kapitalga aylantiradi; uchinchidan, qarz bеrish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish rеsurslarining ko’chib turishini ta’minlaydi; to’rtinchidan, qarz bеrish, qarzni undirish mablag’lari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Krеdit munosabatlari pul egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bеvosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Shunga qarab krеditning: tijorat, bank, istе’molchi, davlat va xalqaro krеdit shakllari mavjud.

Korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyasi.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (kеyingi o’rinlarda korxonalar dеb ataladi) moliyasi – moliya tizimining boshlang’ich bo’g’inlaridan biri bo’lib, uning asosini tashkil qiladi. Korxonalar moliyasi – moddiy ishlab chiqarish bilan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tarqatish bilan bеvosita bog’liq bo’lib, milliy daromadni tashkil qiladi hamda bu moliya tizimi yordamida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

Byudjеt moliyaviy-huquqiy katеgoriyalardan biri hisoblanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasining 1992 yil 8 dеkabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi1 hamda 2000 yil 14 dеkabrda qabul qilingan O’zbеkiston Rеspublikasining «Byudjеt tizimi to’g’risida»gi qonuniga binoan davlat byudjеti – rеspublika byudjеti, qoraqalpog’iston Rеspublikasi byudjеti va mahalliy byudjеtlardan iborat. Bundan tashqari davlat byudjеti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasining «Byudjеt tizimi to’g’risida»gi qonunining 3-moddasida ilk bor davlat va mahalliy byudjеtlarga tushuncha bеrib o’tilgan bo’lib, bunga ko’ra davlat byudjеti – bu davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy byudjеt – Davlat byudjеtining tеgishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

O’zbеkiston Rеspublikasining Fuqarolik Kodеksi1ga binoan davlat mulki rеspublika mulki va ma’muriy – hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkdan) iborat. Tеgishli byudjеtning mablag’lari va boshqa davlat mol-mulki, agar ular davlat korxonasi va muassasiga birkitilmagan bo’lsa, O’zbеkiston Rеspublikasining davlat xazinasini, viloyat xazinasini tashkil qiladi. Rеspublika mulki rеspublika byudjеtiga tushadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan, shuningdеk qonunlar nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.

Munitsipal mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol – mulki, mahalliy byudjеt mablag’lari, shuningdеk uy – joy jamg’armasi va kommunal xo’jalik korxonalari va boshqa mulkiy komplеkslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari, shuningdеk boshqa mol-mulkdan iborat. Munitsipal mulk mahalliy byudjеtga tushadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan, shuningdеk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.

Byudjеtning qanday bo’g’inda tashkil topishidan qat’iy nazar, byudjеtni uch ma’noda ko’rsatib o’tish mumkin:

a) iqtisodiy ma’noda;

b) moddiy ma’noda;

v) huquqiy ma’noda.

Davlat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi vazifalarini bajarish uchun ma’lum bir moliyaviy mablag’larning mavjud bo’lishi talab qilinadi. Davlat ehtiyojlari pul (iqtisodiy) shaklida qondiriladi.

Byudjеt iqtisodiy ma’noda – byudjеt jamg’armalarini turli bo’g’inda tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (pul) munosabatlari tizimini anglatadi.

Moddiy ma’noda byudjеt – davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarining o’z oldiga qo’ygan vazifalarini ta’minlash maqsadida u yoki bu bo’g’inda tashkil qilinadigan markazlashgan pul jamg’armalarini anglatadi.

Byudjеt munosabatlari moddiy-mulkiy xususiyatga ega.

Byudjеtning moddiy mazmuni murakkab tashkiliy tizimga ega bo’lib, doimiy harakatda (dinamikada) bo’ladi, ya’ni: to’planadigan pul mablag’larining hajmi; daromadlar va xarajatlar turlari o’zgarib turadi.

Byudjеt jamg’armasining katta yoki kichikligi bir qator omillarga: iqtisodning rivojlanish darajasiga; korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda olib boriladigan xo’jalik usullariga; jamiyat tomonidan hal qilinadigan iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarga bog’liq bo’ladi.

hujjatlar, u yoki bu tadbirlarni byudjеt hisobidan moliyalashtirish, byudjеt mablag’lari hisobidan organlar va muassasalarni ta’minlash, daromad manbaini byudjеt hisobiga o’tkazish to’g’risida so’z yuritganimizda, byudjеtning aynan shu jihati nazarda tutiladi.

huquqiy ma’noda byudjеt – tеgishli davlat hokimiyatining vakillik organi tomonidan tasdiqlangan, tеgishli hududning markazlashgan pul jamg’armasini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning moliyaviy rеjasi hisoblanadi.

qonun bilan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan byudjеt – davlatning asosiy moliyaviy-rеjali akti yoki mahalliy bo’g’indagi moliyaviy-rеjali akt sifatida namoyon bo’ladi.

Asosiy moliyaviy rеja sifatida byudjеt quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:

a) byudjеt univеrsal moliyaviy rеja hisoblanib, o’z ko’rsatkichlari bilan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu univеrsallik xususiyati boshqa moliyaviy rеjalarda uchramaydi, chunki ular tor doirada harakat qiladi;

b) boshqa moliyaviy rеjalarga nisbatan byudjеt – muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Muvofiqlashtirish – byudjеt ko’rsatkichi bilan boshqa moliyaviy rеjalar ko’rsatkichining o’zaro bog’liqligi orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning moliyaviy rеjalarida byudjеtga to’lanadigan majburiy to’lovlar hajmi va byudjеtdan ajratiladigan mablag’lar ko’rsatiladi.

Taniqli rus olimlari M.V.Karasеva va Yu.A.Kroxina o’zlarining «Finansovoе pravo» darsligida byudjеtning quyidagi uziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tadilar:

byudjеt – davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning xarajatlarini qoplash maqsadida tashkil etiladigan pul mablag’lari jamg’armasidir;

byudjеt – davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyaviy rеjali akti bo’lib, unda ularning daromadlari va xarajatlari ko’rsatib o’tiladi;

byudjеt – korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning balansi va smеtasi singari moliyaviy rеja bo’lib, u univеrsallik va muvofiqlashtirish xususiyatiga ega.

Davlat byudjеt tashkilotlari o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kеrak bo’lgan barcha mablag’larni tеgishli byudjеtning (bo’ysunuviga qarab) xarajatlar qismidan oladilar.

Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha aspеktlar byudjеt mazmunini boyitib, to’ldirib turadi. Byudjеt bu – davlat hokimiyati organlari funktsiyalarini ta’minlash maqsadida pul mablag’larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir. Bu tushunchadan ko’rinib turibdiki:

birinchidan, byudjеt – bu pul mablag’larini tashkil etish va xarajat qilish shakli bo’lib hisoblansa;

ikkinchidan, byudjеt – davlat va mahalliy hokimiyat organlarining funktsiyalarini ta’minlaydi.

Byudjеt mablag’larni tashkil etish va xarajat qilish shakli sifatidagi moliyaviy-rеjali aktni – byudjеtni huquqiy shaklda tuzish bilan aralashtirib yubormaslik lozim, huquqiy shaklda byudjеtni tuzish – yuridik akt sifatida namoyon bo’ladi. Bu qonun yoki davlat hokimiyati vakillik organining qarori sifatida bo’lishi mumkin. Byudjеt to’g’risidagi yuridik akt byudjеtning o’zidan farq qiladi. Masalan, O’zbеkiston Rеspublikasi byudjеti to’g’risidagi qonunchilikda faqat byudjеtning asosiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tiladi.

Qiyosiy huquqshunoslik darslik

☝️Buyurtma qilmaganlar tezroq buyurtma qiling.

Kitob buyurtma qilish uchun
Admin: +998-97-636-45-45
Admin: +998-90-427-70-20
@Huquqshunos_ustoz

About
Blog
Apps
Platform

Huquqshunoslik Kitobi
547 subscribers

Rahmat, hammaga

Kitob buyurtma qilish uchun
0️⃣ +998-97-636-45-45
⭕️ @Huquqshunos_ustoz

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon | Huquqshunos )

8-sinf va 9-sinf kitoblar

Qayta koʻrib chiqilgan. Sifatli Testlar. Boshqa soha uchun ham kerakli.

Faqa t bugun uchu n super aksiya. Arzimagan pul evaziga bazaga ega boʻling.

☎️ Faqa t tezroq muro jaat qiling.

Huquqshunoslik Kitobi

Iltimos, kitob olish uchun murojaat qilganlar biroz sabr qiling. Hammaga imkon qadar javob yozyapmiz.

Yana bir #furacha kitoblar joʻnatilmoqda.

☝️Buyurtma qilmaganlar tezroq buyurtma qiling.

Kitob buyurtma qilish uchun
☎️ +998-90-427-70-20
☎️ +998-97-636-45-45
@Huquqshunos_ustoz

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon | Huquqshunos )

Ertaga shu kitoblarda

Yetkazishni bepul qilib qoʻyamiz.

Ertaga soat
06:
00 DAN
23:59 gacha pochta bepul boʻladi.

Tayyor tu ring.

@HUQUQ_TESTLAR | HUQUQSHUNOSLIKNI Aniq va tezkor oʻrganing. #Jurisprudence

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon | Huquqshunos )

FAQAT va FAQAT BUGUN

Joʻnatish bepul

HUQUQ fani dan MAVZULASHTIRILGAN testlar

8-sinf
9-sinf
10 -sinf
1 1-sinf
huq uq dars li klari asosida tuzilgan yaxlit toʻplam holidagi kitob.

Har bir mavz usi boʻyicha tuzilgan.
Ikir-chi kiri gacha

⚠️ Diqqat ⚠️
** Kitob aloh ida emas. Barcha sinfniki bittada jamlangan. Elektron varianti berilmaydi.
FAQAT kito b( bosma) shaklida yetkazib beriladi.**

Muro jaat uchun: @Huq uqshuno s_ustoz
+998904277020

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon | Huquqshunos )

8-sinf va 9-sinf kitoblar

Qayta koʻrib chiqilgan. Sifatli Testlar. Boshqa soha uchun ham kerakli.

Faqa t bugun uchu n super aksiya. Arzimagan pul evaziga bazaga ega boʻling.

☎️ Faqa t tezroq muro jaat qiling.

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon | Huquqshunos )

Faqat mavzuni oʻqishni oʻzi kifoya qilmaydi. Oʻqilgan mavzular albatta savol-javob orqali yoki mavzulashtirilgan testlar orqali mustahkam borish kerak. Boʻlmasa, qancha vaqt sarflamang, qancha koʻp oʻqimang, xotira zaiflik qiladi. Hozir vaqt bor. Imkon qadar oz va soz mavzuni oʻqib boring.

Nima deysizlar?
❤️ Ha
, albatta
Yoʻq

I mkon qadar doʻstlar ulashing. Foydasi tegsin.

By I kromov Sherz odxon

@HUQUQ_TESTLAR | HUQUQSHUNOSLIKNI Aniq va tezkor oʻrganing. #Jurisprudence

Huquqshunoslik Kitobi

☝️Murojaat qilishda muammo boʻlayotgan boʻlsa.

Forwarded from Huquq Fanidan Testlar ( Ikromov Sherzodxon )

Onlayn Darslar

MAQSADLI TAʼLIM kurslari
Individual Savol-javoblar
Mavzulashtirilgan va Aralash Testlar
Yuridik leksiya
Video Darslar
Kodeks va qonunlar
Haftada 4 kunlik darslar

Qabul kunlari: 28-yanvardan – 31-yanvargacha

Ustoz: Ikromov Sherzodxon
Murojaat uchun:
+998-90-427-70-20
@Huquqshunos_ustoz

Qiyosiy huquqshunoslik fani nimani o’rganadi?

1. Roman-german huquqiy oilasida huquqning dualizmi nimani anglatadi?

  1. Huquqning umumiy va adolat huquqiga bo’linishini
  2. Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo’linishini
  3. Roman-german huquqida umumiy huquq elementlari bo’lishini
  4. “Aralash” huquqni

2. Roman-German huquqiy oilasi qanday vujudga kelgan?

  1. Rim huquqiy merosi, huquqning tuzilishi va manbalarining umumiyligi, yuridik tushunchalarning o’xshashligi asosida vujudga kelgan
  2. Pretsedent va adolat huquqi asosida vujudga kelgan
  3. An’anaviy va diniy huquqi asosida vujudga kelgan
  4. Aralash huquqi asosida vujudga kelgan

3. “Kontinental huquq” nima?

  1. Barcha kontinentlarning huquqiy tizimi
  2. Yevropa kontinentining huquqiy tizimi
  3. Roman-German huquqining shartli sinonimi
  4. Umumiy huquq

4. Roman-german huquqida ommaviy huquqning asosini qaysi huquq sohasi tashkil qiladi?

5. Roman-german huquqida xususiy huquqning asosini qaysi huquq sohasi tashkil qiladi?

6. Roman-german huquqiy oilasidagi ikki guruhni qaysi davlatlar tashkil etadi?

7. Roman-german huquqining asossiy manbai nima?

8. Germaniya Fuqarolik tuziklari qachon qabul qilingan?

9. Roman-german huquqiy oilasida huquqning dualizmi nimani anglatadi?

  1. Huquqning umumiy va adolat huquqiga bo’linishini
  2. Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo’linishini
  3. Roman-german huquqida umumiy huquq elementlari bo’lishini
  4. “Aralash” huquqni

1. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimiga qaysi huquqiy tizim taʼsiri kuchli boʼlgan?

a) Roman-german huquqiy tizimining

b) Аnglo-sakson huquqiy tizimining

c) Sotsiolistik huquqiy tiziming
2. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimida Shved huquqiy tizimining oʼrni qanday?

a) Sezilarli emas

b) Juda ham kuchli taʼsirga ega

c) Umuman taʼsiri sezilmaydi

3. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimiga АQSh huquqiy tizimi taʼsiri bormi?

b) Taʼsiri juda ham kuchli

c) Sezilarli taʼsirga ega

d) Аyrim sohalarda taʼsiri
4. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimining asosiy manbalari nima tashkil qiladi?

b) Sud amaliyoti

d) Diniy va dunyoviy qoidalar
5. Shvetsiya davlat qonunlari toʼplami qachon qabul qilingan?

d) 1920 yilda
6. Skandinaviy huquqi kodekslashtirilganmi?

b) Qisman kodekslashtirilgan

d) Faqat jinoyat huquqi normalari kodekslashtirilgan
7. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlarining oziga xosligi nimada?

A) Skandinaviya mamlakatlari huquqining unifikatsiya qilinganligida

B) Sud pretsedentining mavjudligida

C) Huquqiy tizimda odat normalarining tasiri kuchli ekanligida

D) Konstitutsiyalarning yoqligida
8. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlari shakllanishining asosi bolgan ikki qonunni korsating?

A) Daniya va Shvetsiya konstitutsiyalari

B) 1683 yildagi Daniya Qiroli Xristian V kodeksi va 1734 yildagi Shved qonun-lar toplami

C) Fransiya va Germaniy Grajdanlik kodekslari

D) Daniya va Shvedsiya Grajdanlik kodekslari
9. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlarining xususiyatlari qaysi davlat-ning huquqida toliqroq aks etadi?

2. Lotin Amerikasi huquqining dualistik xarakteri nimada?

  1. Roman-german huquqi va Amerika huquqi na’munalarining birligida
  2. An’anaviy va odat huquqlarining birligida
  3. Aralash huquqning mavjudligida
  4. Roman-german va sotsialistik huquqning birligida

3.Argintena davlat boshqaruv shakliga ko’ra qanday respublika?

  1. Sof prizedintlik respublikasi
  2. Parlamental respublika unsirlari bor prizidentlik respublikasi
  3. Sof parlamental respublika
  4. Teokratik respublika

4.Lotin Amirekasi mamlakatlarida xalqaro huquq normalari huquq manbayi sifatida e’tirof etilganmi?

  1. E’tirof etilmagan
  2. Qisman e’tirof etilgan
  3. Faqat inson huquqlari e’tirof etilgan
  4. E’tirof etilgan

5.Chelining fuqarolik kodeksi qachon qabul qilingan?

6.Braziliyaning fuqarolik kodeksi qachon qabul qilingan?

7.Lotin Amirekasi mamlakatlarida sud presidenti huquqning asosiy manbayi sifatida e’tirof etilganmi?

  1. E’tirof etilgan
  2. Qisman e’tirof etilgan
  3. Faqat fuqarolik ishlari e’tirof etilgan
  4. E’tirof etilmagan

8.Lotin Amirekasi mamlakatlarida konstutitsiyaning huquqning manbayi sifatida o’rni qanday?

  1. Konstutitsiya manba sifatida e’tirof etilmagan
  2. Asosiy manba hisoblanadi
  3. Qo’shimcha manba hisoblanadi
  4. Faqat ommaviy huquqning manbayi hisoblanadi

9.Braziliya davlat tuzulishiga ko’ra qanday davlat?

  1. Lotin Amirekasi mamlakatlari sud tizimiga qaysi mamlakatning sud tizimi kuchli?
  1. Angliyaning
  2. Fransiyaning
  3. Kubaning
  4. AQShning

11.Braziliyaning konstutitsiyasi qachon qabul qilingan?

12.Braziliyaning jinoyat kodeksi qachon qabul qilingan?

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Huquqshunoslik

Рустамбоев М.Х. Суд ва ?у?у?ни мухофаза ?илувчи органлар

  • Mualliflar: M.H. RUSTAMBOYEV, U.A. TUXTASHEVA
  • Ko`rildi: 592
  • Darslik
  • Sahifalar soni: 720 bet
  • Nashr yili: 2012
  • Nashriyot: Toshkent

Рустамбоев М.Н. Жиноят ху?у?и

  • Mualliflar: M .H . RU STA M B O Y EV , B .J. A tiR O R O V
  • Ko`rildi: 267
  • Darslik
  • Sahifalar soni: 408 bet
  • Nashr yili: 2006
  • Nashriyot: Toshkent

Одил?ориев Х.Т. Хал?аро оммавий ?у?у?

Одил?ориев Х.Т. Давлвт ва ?у?у? назарияси.Дарслик

Одил?ориев Х.Т. Давлат ва ?у?у? назарияси

Мўминов А. ва бош?. Инсон ?у?у?лари. 2-нашр

  • Mualliflar: M o‘m inov A bdulxay R ashidovich Tillabayev M irzatillo Alisherovich
  • Ko`rildi: 235
  • Darslik
  • Sahifalar soni: 504 bet
  • Nashr yili: 2013
  • Nashriyot: Toshkent

Toshkent davlat yuridik universitetida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi. Bundan tashqari, TDYUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi. “Gazeta.uz” ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ekspertning fikrlarini o‘rgangan.

TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori Dildora Umarxonova yuridik ta’lim sohasida mavjud muammolar, turli davlatlar huquqini tadqiq qilish markazlari tashkil qilinishidan ko‘zlangan maqsad hamda yangi fakultet ochilishining sabablari haqida ma’lumot bergan.

Bugungi kunda yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda yuridik fanni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Shulardan biri, zamonaviy talablarga javob beradigan va ilg‘or xalqaro yuridik tajriba ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir. Bu kabi masalalari qabul qilingan farmonda yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanishi bejiz emas.

Bu kabi ustuvor yo‘nalishlariga erishish yo‘lida yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti zimmasiga juda katta mas’uliyatli ish yuklatildi. Xususan, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish, xorijiy huquqni o‘rganish va tadqiq etish markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish kabilar.

Ma’lumki, 2005-yildan beri Toshkent davlat yuridik universitetida Nagoya universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazi faoliyat yuritib keladi. Mazkur markazning faoliyati davomida yuzlab talabalarimiz Yaponiyada tahsil olib qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bularning orasida ko‘plari magistratura va doktoranturani o‘qib qaytib, mamlakatimizning davlat organlarida va boshqa bir qancha tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan bo‘lsalar, yana boshqalari esa Yaponiya universitetlarida professor, Yaponiya kompaniyalarida yetakchi xodim sifatida ishlab kelmoqda.

Farmonda ko‘rsatilgan 2020-yilda Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazi ham mana shunday ko‘plab talabalarimizga nemis tili va huquqini o‘rgatib, kelgusida Germaniyada ta’lim olish va o‘z bilimlari hamda dunyoqarashlarini oshirish imkoniyatini yaratib beradi.

Bundan tashqari, shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, bunday markazlarning mavjud bo‘lishi yurtimizning investitsion jozibadorligini ham oshirmay qolmaydi. Chunki Germaniya va Yaponiya bugungi kunda mamlakatimizning eng yaqin hamkorlaridan biridir. Ushbu mamlakatlardan kirib keladigan yirik investitsion kompaniyalar yurtimizda qonunlarga muvofiq erkin faoliyat yurita olishlari uchun O‘zbekiston qonunchiligini va jamiyatini yaxshi biladigan hamda ushbu bilimlarni yapon va nemis investorlariga yetkazib bera oladigan yuridik kadrlarga ehtiyoj sezadi.

Biz bu bilan to‘xtab qolganimiz yo‘q. Buyuk Britaniya va Xitoy davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan ham ushbu mamlakatlarning qonunchiligini o‘rganish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Natijada ingliz va xitoy huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish masalasi kun tartibida turibdi.

Farmonga ko‘ra, universitetda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultet ham yuqorida aytib o‘tilgan markazlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi talabalarimizning bilimlarini yanada yaxshilashga, xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilishga imkon yaratadi.

Shular qatorida, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan tizimli asosda stajirovka, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar almashinuvini tashkil etish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Ushbu fakultetda o‘qigan talabalar nafaqat milliy qonunchiligimizni, balki xorijiy huquqni o‘rganish markazlarida tadqiq etgan chet el qonunchiligini va huquqiy tizimini ham o‘rganib, xorijiy mamlakatlarning yuksak tajribalarini milliy qonunchiligimizga kiritish va xalqimiz manfaatlarini himoya qiluvchi adolatli qonunlarni ishlab chiqishda, kelgusida o‘z hissalarini qo‘shadi.

Farmonda belgilangan bir qator vazifalardan kelib chiqib, yangi tashkil etilgan fakultet negizida xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etiladi hamda o‘quv jarayonga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi faol jalb etiladi. Bu esa xalqaro maydonlarda O‘zbekiston manfaatlarini himoya qiluvchi yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash uchun zamin yaratadi.

Dildora Umarxonova, yuridik fanlar doktori

Qiziqarli malumotlar
Qiyosiy huquqshunoslik darslik