Qiymali quymoq
Kerakli mahsulotlar: 2ta tuxum, 1 osh qoshiq shakar, 1, 5 stakan un, 2, 5 stakan sut, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, salat bargi, mayonez. Tayyorlanishi: tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtiriladi. So‘ngra sut, un, oxirida esa tuz va yog‘ni qo‘shib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan suyuqlik qopqog‘ida teshigi bor biror idishga quyiladi. Shundan so‘ng qizib turgan tovaga ushbu suyuqlik yordamida ingichka bo‘lmagan kataklar chizib chiqiladi. Tovadagi masalliqning bir tomoni qizargach, uni ehtiyotkorlik bilan aylantirib, ikkinchi tomoni ham pishirib olinadi. Tayyor bo‘lgan quymoqqa salat bargi qo‘yilib, ta’bga ko‘ra mayonez va qayla solinadi. So‘ngra o‘rama shaklida o‘ralib, tanovul qilinadi. Yoqimli ishtaha! BEGOYIM soglom.uz/tavsiya/qiymali-quymoq/Qiymali quymoq
DO`STLARGA ULASHING:
Qiymali quymoq