Qisqa video epidemiyasi

Qisqa video epidemiyasi

Qisqa video epidemiyasi

O’zbekistonda Instagram ishlatadiganlar 10 yilda qancha bo’lgan bo’lsa, o’tgan yilda ham o’shancha qo’shilibdi.

Sabablar — reels (qisqa videolar) ko’paygani, yoshlar telefon olayotgani, internet arzonlashayotgani.

Bu yil ham yana shuncha qo’shilsa kerak. Marketologlar, biznes egalari, blogerlarga tavsiya — o’sayotgandan bozorda o’sish oson bo’ladi, ko’zdan qochirmang.

Endi esa obunachilarga tavsiya:

30-60 sekunddan video ko’raman deb soatlaringizni isrof qilganingizni bilmay qolasiz.

Qisqa videolarni ko’p ko’rish diqqatsiz qilib qo’yadi. Uzun narsalarga sabrsiz bo’lib qolasiz. Dars qilish va biron nimaga erishish qiyinlashadi.

Asimmetrik natijalar assimmetrik harakatlardan keladi.

Hamma qisqa videolarni ko’rayotganda, siz uzunlarini ko’ring. Matn o’qing. Kitob varaqlang. Odamlar bilan real gaplashing.

Umumiy degradatsiya davrida, sizda o’sish bo’ladi. O’zingizni qutqarsangiz atrofdagi hammani qutqara olasiz.

Instagramga kirsangiz, video ko’rishga emas, qo’yish uchun kiring.

Ramazonda instagramni tashlab sinab ko’ring, hotirjamligingiz oshadi. Bir marta his qila olsangiz, boshqa qaytgingiz kelmay qoladi.

Manba:

Yangiliklar
Qisqa video epidemiyasi