QISHLOQ XOʻJALIGI XARITASI haqida
QISHLOQ XOʻJALIGI XARITASI
QISHLOQ XOʻJALIGI XARITASI — q. x. ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, q. x. ni boshqarishning iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarini aks ettiruvchi maxsus geografik xarita. Q. x. ishlab chiqarishini rejalashtirishda, q. x. ni boshqarishning amaliy masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, yerdan oqilona foydalanish, uning sifati va maydonini hisobga olishda maʼlumotnoma-qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Melioratsiya, yer tuzish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va b. agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda, oʻquv va ilmiy ishlarda, maʼlum bir hududping q. x. geografiyasi va iqtisodiyotini batafsil oʻrganishda qoʻllaniladi. Xari-tada qishloq xoʻjaligi yerlari, irriganiya va kollektor-drenaj tarmoqlari, maʼmuriy va xoʻjalik chegaralari, yoʻllari va b. elementlar tasvirlanadi. Xarita aerofotosyomka materiallari asosida tayyorlanadi. Masshtabi q. x. zonalariga qarab 1:25000 — 1:200000, sugoriladigan zonalar uchun 1:25000, lalmi yaylovlar uchun 1:50000 va undan kichik. Qishloq xoʻjaligi xaritasi seriyasi ham mavjud, bularga yerdan foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, yaylov tiplari, q. x. ni r-nlashtirish va ixtisoslashtirish, q. x. ekinlarining tarqalishi, q. x. ni mexanizatsiyalash, agroiqlim va b. xaritalar kiradi.
Ensiklopediya.uz
QISHLOQ XOʻJALIGI XARITASI