QISHLOQ HAYOTI

QISHLOQ HAYOTI

«QISHLOQ HAYOTI» — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974-y. 1 yanv. dan «Qishloq haqiqati» (1974—89 y. larda ruschaga oʻgirilib «Selskaya pravda») nomi bilan oʻzbek va rus tillarida chop etilgan. 1993-y. dan hoz. nomda. Toshkent sh. da nashr etiladi. Respublika qishloklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer hoʻjaliklarining hayoti, muammolari, urugʻchilik va seleksiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining «Nigoh», «Tahlil», «Buni hayot deydilar», «Qishloqsagi duv-duv gap», «Bunga nima deysiz», «Hangoma», «Gurung» va b. rukunlari omma-bopligi bilan ajralib turadi. 1999-y. dan bosh muharrir Oʻtkir Rahmat. Adadi 18—25 ming nusxa.

Ensiklopediya.uz
QISHLOQ HAYOTI