Qishki parhez to’liq malumot oling
Sovuq kunlarda quyosh nurini qumsaydigan va qish fasliga qarab parhezini o’zgartirishni xoxlagan barcha uchun maxsus parhez. Yoz va qish fasli davomida bizning organizmimizning kaloriyalarga bo’lgan talabi unchalik farq qilmasa ham taomlar turini har xil qilishimiz kerak.
Ko’proq energiya
Organizmimiz haroratni muvozanatlab turishi uchun iste’mol qilayotgan taomlarimizdan ko’proq quvvat talab qiladi, shuning uchun ham kaloriyaga boy taomlarni xush ko’rib boshlaymiz.
Foydali maslahatlar, ya’ni nima iste’mol qilish kerak va nima iste’mol qilmasligimiz kerak
• donli mahsulotlar, loviya mahsulotlari, yog’siz go’sht, jigar temir va B, E kabi charchoqning oldini oluvchi vitaminlarga boy manbaalardir.
• Kuniga necha marta ovqatlanishingiz muhim hisoblanadi. Kuniga kamida to’rt mahal ovqatlanish. Har 3 soatda ovqatlanish tana haroratini ushlab turishga yordam beradi.
• Yaxshigina nonushta sovuqdan saqlaydi,ertalab yog’larni biz tezroq kuydiramiz va shuning uchun ham ortiqcha yog’li to’qimalar orttirmaymiz, va bundan tashqari ozuqali elementlarni yaxshiroq singdiramiz.
• meva va sabzavotlar: pomidor, qalampir, brokkoli, Bryussel karami, piyoz, selderey, apelsin, greipfrut, qovun, A, C va E vitaminlarga boy (taomlardan quvvatni foydalanishga va immunitetni kuchaytiruvchi) kivi mevasi har kungi taomimizga qo’shishimiz kerak.
• sut maxsulotlari, parranda go’shti, baliq, buzoq go’shti, nox’ot, don maxsulotlari, Bryussel karami, yong’oqlar B vitaminlar guruhiga ajoyib manbadir, chunki u immunitetimiz uchun juda muhim va antidepressant xususiyatlari bilan muhimdir.
• go’sht, loviya barglari, yasmiq va turli xil yormalar bizni kerakli bo’lgan temir moddasi bilan anemiya va immunitet sustlashishidan saqlaydi.
• don va qora non, yormalar to’qimalarga boy bo’ladi va shu bilan birga ular qish faslida 50% uglevodlardan qabul qilinadigan ajoyib quvvat manbasidir
• baliq, parranda go’shti, tuxum, brokkoli, jo’xori, grek no’xotlari organizmingizni shirinliklarga bo’lgan ishtahamizni pasaytiradigan xrom moddasi bilan boydir.
• loviya maxsulotlari, soya, zig’ir, kunjut, don maxsulotlari, baliq, yong’oq, donlar, brokkoli tarkiblarida yog’ bo’lgani uchun metabolic hazm qilishni tezlashtiradi.
• sut, sut maxsulotlari, yormalar, loviya maxsulotlari, soya, baliq (suyaklari) kalsiyga boy bo’lgan unsurlarga ega bo’lgani uchun bizni to’q tutadi.
• oq non, pirog va pechenielar iste’molini kamaytirish ortiqcha va semirtiruvchi oddiy shakarlar xavfini kamaytiradi.
Ovqatlanib vazn orttirmaslik…
Eng muhimi bizning parhezimiz yaxshi muvoznatlangan bo’lishi kerak, ya’ni u bizni ko’p quvvat bilan ta’minlashi kerak va immunitetimizni kuchaytirishi kerak, lekin shu vaziyatda bizni vazn orttirishimizdan saqlashi kerak.
Balkim organizmingizning o’zi sizga aytsa kerak immunitetni kuchaytirish uchun, infeksiyalarga qarshi kurashish uchun va ortiqcha yog’li to’qimalar to’planishiga qarshi nima qilish kerakligini.
Kun tartibi
Nonushta:
2 burda non, pishloq, yumshoq qaynatib pishirilgan tuxum, pomidorli gazak, malinali choy.
Tushlik:
Vetchina va kurka bilan ikkita bug’doy donli bulochkalar, toza apelsin sharbati
Kechki ovqat:
Duxovkada pishirilgan grudinka, brokkoli, kartoshka, limonli mineral suvi
Tushdan keyingi ovqat:
Banan, olma, apelsin, kivili mevali gazak
Kechqurungi ovqat:
Pishirilgan loviya, bug’doy unli oladya, skumbriya bilan pasta, limonli choy.
Manba: Bonduelle.uz
Foydali Maslahatlar
Qishki parhez