QISH

QISH

QISHyil fasllaridan biri. Moʻtadil mintaqalarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) dekabr, yanvar va fevral oylarini oʻz ichiga oladi. Qish faslining astronomik davomiyligi urtacha 89,0 sutkadan iborat. Qishning boshlanishi deb Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi kunlari (21 — 22 dekabr) qabul qilingan. Oʻzbekistonda Qish fasli xiyla sovuq keladi. Eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha t-rasi tekisliklarda (Ustyurt. Churuk st-yasi) — 10°, jan. sharqda (Temir, Sherobod) 2—3°, mutlaq past t-ra jan. da —25°, —30° va shim. gʻarbda —35°, —38». Lekin tekisliklarla Qishda ham 15—20°, togʻlarda 5—10° gacha iliq kunlar boʻlib turadi (q. Yil fasllari).

Ensiklopediya.uz
QISH