Qish mavsumida voz kechish kerak bo‘lgan kiyimlar (foto)
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Kiyimning vazifasi va sinflanishi. Kiyimlar assortimenti va o’lchami
Kiyimning vazifasi va sinflanishi. Kiyimlar assortimenti va o’lchami.
Kiyimga qo‘yiladigan talablar Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘yiladi. Kiyimga 2 xil talab qo‘yiladi: iste’molchining talabi va ishlab chiqarish talabi. Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 1. Gigienik talab. 2. Ekspluatatsion talab. 3. Estetik talab.
G i g i e n i k talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar etkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar engil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigienik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, engil va qulay bo‘lishi kerak. SHuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha engil bo‘lishiga, bichimi esa qulay bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
E k s p l u a t a s i o n talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bo‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. SHuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak ya’ni cho‘ziluvchan sitiluvchan gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari englari bortlari cho‘ntak 13 og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu erlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.
E s t e t i k talablar deganda kiyimning moda yo‘nalishiga mosligi yangi gazlamalardan tikilganligi yangi bezaklar ishlatilganligi iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi.
Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 1. Bir asos bo‘yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bo‘lsin. 2. Kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan bo‘lsin. 3. Kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o‘zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan to‘liq foydalana olsin. 4. Ishlab chiqarish korxonasi tayyorlanayotgan buyum yuqori unumli bo‘lishini e’tiborga olish kerak natijada mahsulot tannarxi arzon samaradorligi yuqori bo‘ladi.
1.4
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qish mavsumida voz kechish kerak bo‘lgan kiyimlar (foto)
Qishki libosga boshqalariga qaraganda ko‘proq talab qo‘yilishi tabiiy. Ular o‘z o‘rnida issiq, qulay hamda tendensiyaga mos bo‘lishi zarur. Ammo ularning orasidan unutish kerak bo‘lganlari ham talaygina.
1. Yorqin rangda to‘qilgan shapkalar
Quloqchali, dumli, turli xil gullar bilan bezatilgan yorqin shapkalar ochiqchasiga kulgili ko‘rinadi. Bunday quvnoq bosh kiyimlar ko‘proq yosh bolalar, ayniqsa, bog‘cha yoshidagi kichkintoylar yoshiga mos keladi. Ayni mavsumda qizlar uchun ko‘proq bosiq va bir xil rangdagi nafis shapkalar kiyish tavsiya etiladi.
2. Barmoqsiz to‘qilgan qo‘lqoplar
Bu kabi qo‘lqoplarning vazifasi deyarli natijasiz. Unda barmoqlar sovqotadi, qizaradi, ko‘karadi. XVIII asrda ko‘cha savdogarlari tomonidan qo‘llanilgan ushbu qo‘lqoplar asosan pul sanashga qulaylik tug‘dirish maqsadida foydalanilgan. Ammo keyinchalik urfga kirgan. Lekin hozirda issiq, barmoqlari butun bo‘lgan qo‘lqop kiyish maqsadga muvofiq.
3. Shahar ko‘chalarida “uggi”lar
Issiq hamda yassi etiklar shahar uchun mo‘ljallanmagan. Shuningdek, qorli va nam havolar uchun ham unchalik mos emas. Ammo ushbu ma’lumotlar uni kiyuvchi xonimlarni qiziqtirmaydi va ular hamon savdo do‘konlaridan xarid qilinmoqda.
4. Oq rangli etik
Qish mavsumida yana bir voz kechish kerak bo‘lgan oyoq kiyimlardan biri oq etikdir. Qachonlardir uni kiyish ayollar orasida urfga kirgan bo‘lsada, lekin moda olami mutaxassislari buni hech qachon yoqlamagan. Shuningdek, oq rangdagi etiklar hech qanday libos bilan to‘g‘ri kelmaydi.
5. Mo‘ynali nimcha
Mo‘ynali nimchalar qishning sovuq kunlarida kiyishga to‘g‘ri kelmaydigan yana bir libosdir. Sababi u tanani butunlay isitmaydi, shunchaki chiroyli bezak vazifasini bajarishi mumkin xolos. Bu kabi bichimdagi nimchalarni kiyganlar o‘z sog‘ligini xavf ostiga qo‘yishi shubhasiz.
6. Teri rangli kolgotki
Qishda ham go‘zallikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan ayollar badanrang kolgotka kiyishni afzal deb biladi. Bu, albatta, atrofda issiq va qalin kiyingan odamlar orasida xunuk ko‘rinadi. Shuningdek, ushbu yupqa kolgotkalar hech qachon oyoqlarni isitmasligi ham hammaga ma’lum. Shunchaki, qizlar ko‘rinishi uchun salomatlikning qadriga vaqtida yetmaydi.
7. Yorqin rangdagi turli naqshli kurtkalar
Kurtka tanlashda rangiga va tushirilgan naqshlarga e’tiborli bo‘lish zarur. Sababi uni har qanday joyga kiyish mumkin bo‘lishi va odamlar orasida unchalik ham e’tiborni tortmasligi kerak.
8. Pavloposad ro‘mollari
O‘tgan asr ayollarining asosiy bezagi hisoblangan ushbu ro‘mollar hozirda ham ayrim qizlar tomonidan yangicha uslubda foydalaniladi. Endilikda ro‘mol boshga emas, bo‘yinga sharf o‘rniga o‘ralmoqda. Lekin bu kabi ro‘mollar ko‘proq klassik uslubdagi liboslar va aynan o‘tgan asrning modalariga to‘g‘ri keladi.
9. Jinsi va uzun etik
Jinsi va uzun etik kombinatsiyasi bundan 10 yil avval ham urfda edi. Lekin modaning tinimsiz o‘zgarib turishi natijasida endi jinsi shimlar bilan kalta va qulay etiklar kiygan ma’qul.
10. Shapka va qo‘lqop to‘plami
Shapka va qo‘lqop to‘plami biroz zerikarli ko‘rinishi shubhasiz. Uning o‘rniga alohida xarid qilingan shapkaga shunchaki mos keluvchi qo‘lqopni uyg‘unlashtirish ancha chiroyli ko‘rinish beradi. Moda ixlosmandlari orasida to‘plamlarga bo‘lgan talab avvalgiga qaraganda ancha susaygan.
- Puli bor-u didi yo‘q: Qishda qanday kiyinmaslik kerakligi yulduzlar obrazi misolida
- Sviter bilan obrazning muvaffaqiyatsiz chiqishi yulduzlar misolida (foto)
- Qishki obraz yaratamiz: yubka bilan qanday kurtka kiygan va kiymagan yaxshi?
O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi qoidalari o‘zgardi
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:
tantanali formali kiyim-bosh – rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida;
dala formali kiyim-bosh – o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni o‘tkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;
maxsus formali kiyim-bosh – vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan;
identifikatsiya raqamli metall jyetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni – Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.
Mazkur tartib 2020 yilning 1 yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qolinadi:
kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari xodimlari;
faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati bo‘linmalari xodimlari;
bo‘linmalarning sohasidan qat’i nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.
IIVga ommaviy va qishloq xo‘jaligi tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash, yo‘l-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni o‘tashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.
IIV va DBQ oliy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ta’lim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jyetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.
Qiziqarli malumotlar
Qish mavsumida voz kechish kerak bo‘lgan kiyimlar (foto)