Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar
Qish — bizning mamlakatimizda bu dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon bo’lsa, janubiy yarimsharda — iyun, iyul va avgust oylarida mehmon bo’ladi. Astronomik qish 21dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik o’rtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi. Ba’zan qish hukmdorlardan birining buyrug’i bilan kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hechqanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan tayyorlangan qor yo’lagi qurildi. Yevropalik sotsiologlar aholi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi — qishda tug’ilganlarda o’zlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% ko’proq bo’larkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va ko’pincha sportda yuqori natijalarga erishadilar. 1468 yilda Burgundiya yerto’lalarida qattiq sovuq tufayli sharoblar muzlab qolgan. Inson qo’liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan. Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo’rqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qo’rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar. Agar bizda qish — dekabr, yanvar va fevral oylari bo’lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz bo’lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to’g’ri keladi.
Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar
DO`STLARGA ULASHING:
Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo’lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog’liq — ba’zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko’radi. Qizig’i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko’rmagan.
Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga to’satdan kuchli qor yog’ishi bilan sodir bo’lgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga o‘xshab, insonlarning kaftiday katta edi.
2012 yilda Venetsiyada shunday sovuq qish bo’lganki, gondolalar muzga botgan va suv ustida harakatlana olmagan. Bungacha shunga o’xshash holat 1985 yilda kuzatilgan.
Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi.
Ko’p yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.
Qishda eng past harorat ko’rsatkichlari qayd etiladi. Shunday qilib, Yerdagi eng sovuq vaqt 2013 yil 8-dekabr edi — Antarktidada Yaponiya stantsiyasida harorat -91,2ºS da qayd etilgan.
Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar