QIRQBOʻGʻIM
QIRQBOʻGʻIM — qirqboʻgʻimdoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda dala qirqboʻgʻimi va tarnovchoʻp Qirqboʻgʻim turlari uchraydi. Poyasi qattiq, tik, boʻgʻimli, qobirgʻali, sershox. Boʻyi 40-60 sm. Boʻgʻimlaridan gʻuj shoxchalar chiqadi. Qizgʻish-koʻngʻir novdalari uchida sporali boshoq hosil boʻladi. Ildizpoyalari va sporalari koʻpayadi. Qirqboʻgʻim bedazor, paxta maydonlari, sholipoyalarda, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, zax va botqoq yerlarda oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
QIRQBOʻGʻIM