Qayta moliyalash stavkasi amaldagi darajada qoldirildi

Qayta moliyalash stavkasi amaldagi darajada qoldirildi

 

qayta moliyalash stavkasi amaldagi darajada qoldirildi 660bb107d0f1a2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 

 

Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalash stavkasining amaldagi qiymati 2018 yil 25 sentyabrda belgilangan. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oʻzgarish dinamikasi – bu yerda.

 

Mazkur qaror inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini saqlash, ijobiy real foiz stavkalarini qoʻllab-quvvatlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish zaruratiga asoslangan.

 

Regulyatorning хabarida inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar, iqtisodiy faollikning ichki va tashqi sharoitlari, qabul qilingan qarorning pul-kredit sharoitlari toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek prognozlar va asosiy хatarlar taqdim etilgan.

 

Markaziy bank Boshqaruvining qayta moliyalash stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2019 yilning 20 apreliga rejalashtirilgan.

Savollarga javoblar
Qayta moliyalash stavkasi amaldagi darajada qoldirildi

manba:norma.uz