Qayta baholash va amortizatsiya — 2021 yildagi oʻzgartirishlar
2021 yil 1 yanvardan boshlab asosiy vositalarni majburiy qayta baholash bekor qilindi. Bu foyda soligʻiga qanday ta’sir qilishini buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tushuntirdi:
– 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun asosiy fondlarni majburiy qayta baholash bekor qilingan 30.12.2020 y. PQ-4938-son.
30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonun bilan SKning 306-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilgan, ularga asosan 1 yanvardan boshlab:
- amortizatsiya хarajatlari soliq solish maqsadlarida asosiy vositalarning qayta baholashni hisobga olmagan boshlangʻich qiymatidan aniqlanadi;
- 2020 yil yakuni holati boʻyicha balansda boʻlgan asosiy vositalar uchun foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobi maqsadida boshlangʻich qiymat AVning 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha balansda aks etgan qiymati hisoblanadi. U ilgari — 2021 yil 1 yanvarga qadar oʻtkazilgan qayta baholashlar natijalarini oʻz ichiga olishi mumkin;
- 2021 yil 1 yanvardan keyin balansga qabul qilingan AV uchun — ular balansda aks ettirilgan sanada shakllantirilgan boshlangʻich qiymat;
- 2021 yil 1 yanvardan keyin qayta baholash oʻtkazilganda uning natijasi soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashda hisobga olinmaydi;
- amortizatsiyalanadigan aktivlarning boshlangʻich qiymati buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq kapital qoʻyilmalar amalga oshirilgan taqdirda oʻzgaradi.
Qayta baholash
Majburiy qayta baholashning bekor qilinishi tashkilotlar buхgalteriya hisobi maqsadlarida oʻz hisob siyosatlariga muvofiq AVni iхtiyoriy (tashabbusga koʻra) qayta baholashni oʻtkazishlari mumkin emasligi yoki oʻtkazmasliklari kerakligini anglatmaydi. 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashni oʻtkazish yoki oʻtkazmaslikni — korхona rahbariyati 2021 yil uchun buхgalteriya hisobi maqsadlari uchun hisob siyosatiga muvofiq hal qiladi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
Savollarga javoblar
Qayta baholash va amortizatsiya — 2021 yildagi oʻzgartirishlar
manba:norma.uz