Qaysi ranglar ishtahani kuchaytiradi va qaysi biri susaytiradi? to’liq malumot oling
Qaysi ranglar ishtahani kuchaytiradi va qaysi biri susaytiradi?
Ishtahani oshirish uchun — qizil, sariq va to‘q sariq ranglardan foydalaning. Ushbu ranglar miyamizga ovqat iste’mol qilinayotgani to‘g‘risida nisbatan kuchliroq signal beradi. Bu aksariyat meva-sabzavotlarimizning rangi bilan bog‘liq.
Ishtahani kamaytirish uchun — to‘q ko‘k, binafsharang, nosrang va qora ranglar. Sovuq ranglar ishtahani sezilarli darajada pasaytiradi. Organizm ushbu ranglar fonida himoya reflekslarini faollashtiradi va ishtaha ikkinchi planga o‘tib qoladi.
Havorang esa neytral bo‘lib, ishtahaga ta’sir etmaydi. Oq rang esa kontrastlikni oshirib ishtahani kuchayishiga sabab bo‘ladi. Semirib ketishdan qo‘rqadiganlar ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun oq rangdagi idishlardan foydalanmagani maqul.
@doctor_Muminov
Boshqa mavzular
Qaysi ranglar ishtahani kuchaytiradi va qaysi biri susaytiradi?